Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana26.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#470160
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kadirova I 2021 6 soni

1.
 
Kirish.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, liberallashtirish va modernizatsiyalash, uchun milliy 
valyuta va narx barqarorligini ta‘minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor 
mexanizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, 
eksportga yo’naltirilgan mahsulot materiallarni ishlab chiqarish uchun zamonaviy 
texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish 
hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq mamurchiligini 
yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prensiplarini joriy etish, turizm 
industuriyasini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratishni talab etadi (Farmon, 
2017). Albatta, bunday dolzarb vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim 
ahamiyatga ega.
Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini jahon fanida chuqur va har tomonlama o‘rganish 
XX- asrning 70- yillarida boshlandi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida, mamuriy hujjatlarda, 
amaliyotda, erkin iqtisodiy hududlarni bildiruvchi xilma-xil atamalar qo‘llashadi: “erkin 
iqtisodiy hudud”, “Texnologik hudud”, “Erkin bojxona hududi”, “Maxsus iqtisodiy hudud”, 
"Erkin tadbirkorlik hududi", “Erkin eksport hududi”, “erkin savdo hududi”, "Bojsiz hudud”, 
“Qo‘shma tadbirkorlik hududi”. XX - asrning 80- yillarida erkin iqtisodiy hududlarning 20ta 
(Smorodinskaya, 1993), 90-yillarida 30 ta (Dankko, Okrut, 1998) shakli bor deb 
VI СОН. 2021 


20 www.economyjournal.uz 
hisoblaganlar. Biz, iqtisodiy adabiyotlarni o‘rganib, erkin iqtisodiy hududlarni ta’riflovchi 40 
dan ortiq atamalar borligiga amin bo‘ldik. 
2. Adabiyotlar sharhi.
Iqtisodiy adabiyotlarda erkin iqtisodiy hududlarni ta’riflash turlicha. Rus olimi 
Fominskiy (1995) rahbarligi ostida chiqqan o‘quv qo‘llanmada, erkin iqtisodiy hududlarga 
ushbu mamlakatda qabul qilingan umumiy xo‘jalik faoliyati tartibiga nisbatan imtiyozlar 
beruvchi ma’lum bir teritoriya deb ta’riflanadi (Fominskiy, 1993).
Rossiyada qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyatning lug‘at ma’lumotnomasida, “erkin 
iqtisodiy hudud - xorijiy kapital bilan faoliyat olib borish rag‘batlantiriluvchi imtiyozli valyuta 
- moliya va soliq tartiblariga ega bo‘lgan maxsus maydon” deb qaraladi (Ribalkinna, 1994). 
Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini aniqlashda turli 
xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara asosan ikki muammoni tahlil qilishga borib taqaladi:
- Umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash;
- Hodisani kengroq, to‘laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini topish. 
erkin iqtisodiy hududlarni ta’riflovchi terminlarning xilma-xilligi quydagilar bilan 
bog‘liq:
- ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o‘zgarib, takomillashib boradi. Bu 
rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo‘lgan turli tuman iqtisodiy muhitda 
sodir bo‘lgan va bo‘lmoqda;
- ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o‘ziga xosligi, 
jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bog‘likdir; 
- ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvda darajaning 
yetarli emasligidir.
Advokushin (1998) erkin iqtisodiy hududlarni “Maxsus iqtisodiy hudud” deb aytish 
kerak, degan tushunchaga qo‘shila olmaymiz. Bu hududlarning eng muhim xususiyati – 
boshqa hududlarga nisbatan davlat aralashuvining kamayishi va iqtisodiy erkinligining 
ortishi degan fikrga qo‘shilamiz (Advokushin, 1998).
Bobinsov va Valliunillar (1992) esa, “Alohida iqtisodiy hudud” terminini ishlatadi. Bu 
ham unchalik to‘gri emas, chunki alohidalikni har xil tushunish mumkin”. 
Shermuhammedov (1998) “Ochiq iqtisodiy mintaqa” terminini ishlatgan, bizningcha bu 
ham unchalik to‘g‘ri emas. Ochiq so‘zi rus va boshqa tillarda erkin iqtisodiy hududga 
nisbatan kam ishlatiladi, bu faqat tor manoda jahon iqtisodiyotiga nisbatan mamlakatning 
milliy iqtisodiyotga qaraganda qaysidir aniqlovning ancha ochiqligi ma’nosida tushunish 
mumkin. Bu erkin iqtisodiy hududlarning bir qirrasigina, xolos.
Basel va Germidislarning (1994) erkin iqtisodiy hududga bergan ta’rifi bu fenomenning 
ayrim qirralarini ochib beradi: erkin iqtisodiy hudud - bu maxsus maqomga ega bo‘lgan 
ma’muriy jihatdan, ayrim holda geografik jihatdan aniqlangan maydon bo‘lib, eksport ishlab 
chiqarishga mo‘ljallangan uskuna va boshqa tovarlarni erkin import qilishni ko‘zda tutadi. 
Maxsus maqom, odatda, xorijiy investorlar uchun imtiyozlar beradigan qulay huquqiy 
sharoitlarni va soliq solish tartibini o‘z ichiga oladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish