21 www.economyjournal.uz
Investitsiya sub’ekti bo‘lib, investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va
jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari,
mahalliy
davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona
va tashkilotlar, mulk egasi bo‘lgan
fuqarolar, shu jumladan chet el fuqarolari, fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investor tomonidan tanlangan sohalar, hamda investitsiyalar
sarflanishi lozim bo‘lgan maqsadlar bilan, ya’ni investitsiya ob’ektlari bilan bog‘liqdir.
Investitsiyalarni yo‘naltirish sohalari, ishlab chiqarishda ishtiroki va sarflanish ishlariga
binoan investitsiya faoliyatining quyidagi ob’ektlarini farqlash mumkin:
-
xalq
xo‘jaligining
barcha
tarmoqlaridagi
yangidan
yaratilgan
va
modernizatsiyalashtirilgan (yangilangan) asosiy fondlar va aylanma mablag‘lari;
-
fan-texnika mahsulotlari, izlanishlar, ta’limot, kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash;
- intellektual g‘oyaviy boyliklar, mualliflik, ixtiro, kashfiyot huquqlari, tajriba;
- qimmatbaho qog‘ozlar, maqsadli pul jamg‘armalari;
- boshqa mulkchilik ob’ektlari;
- mulkiy huquqlar.
Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni
mohiyatini chuqur anglagan holda ish yuritishi lozim. Investitsiya faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi mulk egasi tez o‘zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning ko‘p qirrali
munosabatlarini har tomonlama anglay bilishi lozim. Investitsiya
faoliyatini yuritishda
iqtisodiy axborotga tayangan soha bir butun iqtisodiyot va mamlakat miqyosida marketing
bilimlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda
investor pul muomalasi, moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay
turib, investitsiya faoliyatini tashkil etish tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lib,
qisqa davr
ichidagi inqirozga uchrashi mumkin. Bozor munosabatlari rivojlangan yetuk jamiyatda
investitsiya faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
-
fuqarolar, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar, xo‘jalik assotsiatsiyalari, jamoa va
o‘rtoqlik xo‘jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan tashkilotlar, nodavlat
korxonalari va muassasalari tomonidan;
-
davlatni ma’muriy va boshqaruv bo‘linmalari, tashkilotlari
hamda davlat korxonalari
va muassasalari tomonidan;
-
chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar,
kompaniyalar va huquqiy
shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va xalqaro moliya-kredit muassasalari tomonidan;
Do'stlaringiz bilan baham: