3. =2-i+j+2k kvaternionga teskari kvaternionni aniqlang:
4. va kvaternionlar uchun
1)
2) 2-2=(-)(+)
ayniyatlar o’rinli emasligini asoslang.
5
1)
2) =?
XULOSA
Mamlakatimiz yuksalishiga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil-bu ta’lim tarbiya tizimidir. Shu sababli yoshlarga ta`lim – tarbiya berishga iqtidorlilarini rag`batlantirish va qo`llab – quvvatlashga katta e`tibor qaratilmoqda. Istiqlolimizning istiqboli buyuk kelajak yaratish yo`lidagi maqsadlarimiz, hatti-harakatlarimizning pirovard natijasi bevosita ta`lim tizimidagi isloxotlarimizga bog`liqdir.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimiz havas qilarli darajada o`zgarishlarga erishdi, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni qancha g`ururlanib gapirsak arziydi.
Zamon shuni taqozo qilayaptiki, insoniyat axborot oqimidan uzilgan holda normal faoliyat yurita olmaydi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida hayotni anglash, uni o`rganish, tahlil qilish va qilish axborotlarni yig`ish va o`zlashtirish, saralash va qayta ishlash orqali kechadi.
Hayotimizda matematika fanining o‘rni juda kattadir
Ona yurtimiz O‘zbekiston jahon ilm-u fani, madaniyatiga yuzlab buyuk olimlar, shoirlar, davlat arboblari, rassomlarni yetishtirib bergan. Bilingki, siz ularning ezgu ishlari davomchisisiz!
Yoshlik bilim olish davridir. Allomalar aytganlaridek, «Yoshlikda olingan bilim toshga bitilgan yozuv kabi o‘chmasdir». Matematikani o‘rganish qunt va izchillikni, ko‘plab masala va misollarni tushunib, idrok qilib yechishni talab etadi.
Respublikamizda ta’lim sohasining isloh qilinishi munosabati bilan umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari Matematika ta’limi tarkibiy tuzilishi va mazmunini hozirgi davr talablariga mos ravishda takomillashtirish modernizatsiyalash, uzviyligini ta’minlash zaruriyati vujudga keldi.
Ta`lim tizimi yoshlar intellektual faolligini oshirishning eng muhim omilidir. Ta`lim jarayonini zamon, fan-texnika taraqqiyoti talablari darajasiga ko`tarmoq bu murakkab jarayonni har tomonlama taraqqiy ettirish zarur.
Keyingi yillarda o’qitishning yangi pedagogik texnologiyalari pedagog mutaxasislar orasida eng ko’p tarqalgan fikrlardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab o’qituvchi faol bo’lib, ta’lim oluvchi esa tinglovchi passiv, faqatgina ob’ekt vazifasini bajaruvchi- o’qitishning avtoritar usuli deb baholanadigan an’anaviy usulning zamonaviy ta’lim tizimi talablariga javob bera olmayotganligi.
Hanuzgacha jahonda eng ko’p tarqalgan o’qitishning an’anaviy usulida o‘quv mash-g’ulotining asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag’ishlanadi va o’qituvchi tomonidan boshqariladi. Avtoritar o’qitish texnologiyasida ta’lim oluvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo’qoladi, o’qitish majburiy yo’sinda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |