MB yaxlitligi. Ma`lumotlar yaxlitligi yoki butunligi deganda ma`lumotlarni alohida olingan tarkibiy qismlarining o`zaro mutanosibligi tushuniladi.
MB ning mustaqilligi. MB o`z ichki tuzilmasiga ega bo`lgan mustaqil ob`ekt bo`lib, u amaliy dasturlarga bog`liq emas. Ma`lumotlarni ma`lumot tashuvchilarga yozish va ularga murojaat qilish uslublari amaliy dasturiy mahsulotlarga bog`liq emas. MB ga har qanday amaliy dasturiy mahsulot orqali murojaat qilish mumkin va bu vaqtda MB mustaqil ravishda amaliy dasturlarga bog`liq bo`lmagan holda o`z uslublarini qo`llaydi.
1.6. Ma`lumotlar bazasiga qo`yiladigan asosiy talablar.
MB ni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
unumdorlik;
ortiqchalik;
butunlik;
xavfsizlik;
maxfiylik;
eng kam sarf va himoya.
- Unumdorlik. Foydalanuvchini MB bilan bog`lovchi, maxsus ishlab chiqilgan ilovalar foydalanuvchi bilan muloqotni qanoatlantiradigan vaqtni ta`minlab berishi zarur. Bundan tashqari MB tizimi kelib tushgan ma`lumotlarni qayta ishlashni ta`minlashi zarur.
- Ortiqchalik. MB da har bir ma`lumot faqat bir joyda saqlanishi va u takrorlanmasligi lozim. Agar ma`lumot faqat bir joyda saqlansa, ular qiymati o`zgartirilganda MB yaxlitligi ta`minlanadi. Chunki, u boshqa joyda takrorlanmasligi sababli boshqa aynan shunday qiymatni o`zgartirishga ehtiyoj yo`q. MB ning unumdorligi ortiqcha ma`lumotlarning bo`lmasligiga bog`liq bo`ladi.
- Butunligi. Agar MB tarkibida ko`p foydalanuvchilar ishlatadigan ma`lumotlar bo`lsa, unda ma`lumotlar elementlari va ular orasidagi bog`lanish mumkin qadar buzilmasligi kerak. Ma`lumotlarni saqlash, ularni yangilash, ma`lumotlarni qayta ishlash tartibi shunday bo`lishi kerakki, mabodo tizimda biror o`zgarish bo`lib qolsa, ma`lumotlarni yuqotishsiz qaytadan tiklash mumkin bo`lsin. Bulardan tashqari, ma`lumotlarni har xil tizimli o`zgarishlardan saqlash uchun ularning qiymatlarini biror aniq o`lchovlarga mos kelishligini ta`minlashda oldindan ko`zda tutilgan butunligini tekshirish amalga oshiriladi.
- Xafvsizlik va maxfiylik. Ma`lumotlar yashirilishi va maxfiy saqlanmoqligi lozim. U yo`qotilmasligi yoki o`g`irlanmasligi kerak. Ma`lumotning yashash chidamligini oshirish uchun uni texnik yoki dasturiy o`zgarishlardan, tabiiy va sun`iy vaziyatlardan va yomon niyatda foydalanishlardan saqlamoq lozim.
Ma`lumotlarning xavfsizligi deganda, ma`lumotlarni tasodifiy yoki ularga bila turib kirishga haqqi yo`q shaxslardan himoya qilinishi tushuniladi.
Maxfiyligi esa ayrim shaxslarning yoki takshilotlarning qachon va qanday miqdorda boshqa shaxslarga yoki tashkilotlarga ma`lumotlarni berish huquqi bilan aniqlanadi.
- Eng kam sarf. (Minimal harajatlar) MB ni tuzish va undan foydalanishdagi xarajatlarni kamaytirish maqsadida, tashkil qilishni shunday usullari tanlanadiki, ular vaqt va xarajatlarni imkon darajada kamaytirsin.
- Qidiruv imkoniyatlari. MB dan foydalanuvchi MB ga, turli xil shakldagi ma`lumotlarni olish uchun murojaat qilishi mumkin. Tizim oldindan rejalashtirilmagan turli talablarni qayta ishlashni ta`minlashi yoki shunday javoblarni tuza olishi kerak.
- O`tgan zamon bilan bog`lanish. Tashkilot ixtiyoriy vaqtda oldingi, eski ma`lumotlarini ko`ra olishi lozim.
- Kelajak bilan bog`lanish. Kelajak bilan bog`lanishni tasavvur etish muhimdir. Kelajakda ma`lumotlar va ularni saqlash muhiti ko`p yo`nalishlar bo`yicha o`zgaradi. Har qanday tijorat tashkiloti vaqt o`tishi bilan o`zgarishlarga duchor bo`ladi. Ayniqsa, bu o`zgarishlar ma`lumotlarni qayta ishlaydigan foydalanuvchilar uchun qimmatlidir. Oddiy o`zgarishlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan juda katta xarajatlar, bu tizimlarning rivojlanishiga ko`chli to`siq bo`ladi. MB ni sinchiklab o`rganishda muhim masalalardan biri, MB ni shunday loyihalash kerakki, ularning o`zgarishini amaliy dasturlarni o`zgartirmasdan to`rib bajarish mumkin bo`lsin.
- Sozlash. Ma`lumotlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida uning bazasini qayta ko`rish – MB ni sozlash deyiladi.
MB ni sozlash va ishlashga administrator javobgar bo`ladi. U mumkin qadar, amaliy dasturlarning butunligini saqlab qolgan holda MB ga qanday o`zgarishlarni kiritish etarliligini malakali aniqlay bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |