Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар


Predmet sohani tasvirlash usullari



Download 2,75 Mb.
bet11/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

2.2. Predmet sohani tasvirlash usullari.
Ma`lumotlar modeli va modellashtirish. Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) ob`ekt, ob`ektlar majmuasi yoki biron jarayonni matematik munosabatlar, tekst, jadvallar yoki boshqa yo`l bilan formal ta`riflashdir. U, ob`ekt yoki ob`ektlar majmuasining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Erning modeli globus, osmon va undagi yulduzlar modeli planetariy ekrani, odam suratini shu surat egasining modeli deyish mumkin. Model o`rganilayotgan hodisa va jarayonni iloji boricha to`la aks ettirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko`rinishda namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, tajriba o`tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi, olinayotgan natijaning aniqligiga ta`sir etadi. Samolyotning ob-havo sharoitini hisobga olmay tuzilgan uchish jadvali, aeroflot ishining taqribiy modelini ifodalaydi va h-zo.
Modellashtirish – bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamda tadqiq qilish, mavjud narsa va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdan iborat.
Modellashtirish uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy-tadqiqot jarayonini osonlashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Modellashtirishning, ayniqsa, mavhum ob`ektlarni, olis-olislarda joylashgan ob`ektlarni, juda kichik hajmli ob`ektlarni o`rganishda ahamiyati kattadir. Modellashtirish uslubidan fizika, astranomiya, biologiya, iqtisod fanlarida ob`ektning ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi.
MB ni yaratish bosqichlari. MB ni yaratishda quyidagi bosqichlarni ajratib ko`rsatish mumkin:
1. Muammoning qo`yilishi. Bu bosqichda MB ni yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ushbu MB da qanday turdagi ishlarni bajarish mo`ljallanayotganligi (tashlash, qo`shish, ma`lumotlarni o`zgartirish, hisobotni ekranda chiqarish yoki chop etish va h-zo) sanab o`tiladi.
2. Ob`ektning tahlili. Bu bosqichda MB qanday ob`ektlardan tuzilishi mumkinligi
va ularning xususiyatlari, ya`ni ob`ekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko`rib chiqiladi. Barcha ma`lumotlarni alohida yozuvlar yoki jadvallar ko`rinishida tasvirlash mumkin. Shundan so`ng, har bir alohida yozuv birligining turi (matnli, sonli va h-zo) aniqlanadi.
3. Model sintezi. Bu bosqichda yuqoridagi tahlil asosida MB modeli tanlanadi (Relyatsion, ierarxik, tarmoqli va h-zo). Modelning yaratilayotgan MB talablariga javob berishligi, qo`yilgan masalani echish imkoniyatiga ega bo`lishligi singari xususiyatlari ko`rib chiqiladi.
4. MB jadvallarining tuzilmasini yaratish. (Hozirgi kunda relyatsion model eng ko`p ishlatilayotganligi bois MB tuzilmasini yaratishni jadval nuqtai nazaridan ko`rib chiqamiz). Tanlangan modelga muvofiq MB sxemasi, jadvallar, jadval maydonlari, jadvallar va tugunlar orasidagi bog`lanishlar yaratiladi.
MB ning yangi jadvalini shakllantirish, uning tuzilmasini yaratishdan boshlanadi. Ushbu jarayon maydonlar nomlarini, ularning turlari va o`lchamlarini aniqlashni o`z ichiga oladi.
5. Axborotni tasvirlash usullari, dasturiy uskunasi. MB sxemasi yaratilgandan so`ng dasturiy mahsulotga bog`liq holda axborotni tasvirlash usulini aniqlab olish kerak. Ko`pchilik MBBT da ma`lumotlarni ikki xil ko`rinishda tasvirlash mumkin:
- shakllardan foydalanib;
- shakllardan foydalanmasdan;
Shakl-foydalanuvchi tomonidan MB ga ma`lumotlarni kiritish va ma`lumotlarni tasvirlash uchun yaratilgan ekran grafik interfeysidir.
6. Ob`ektning kompyuter modeli sintezi va uni yaratish texnologiyasi. Tanlab olingan dasturiy mahsulotning uskunaviy imkoniyatlarini ko`rib chiqib, kompyuterda MB ni bevosita yaratishga kirishish mumkin. MB ning kompyuter modelini yaratish jarayonida har qanday MBBT uchun tipik bo`lgan ayrim bosqichlarni ajratib ko`rsatish mumkin:

  • MBBTni ishga tushirish, MB ning yangi faylini yaratish yoki oldindan yaratilgan bazani ochish;

  • dastlabki jadvalni yoki jadvallarni yaratish:

  • interfeysni yaratish;

  • MB ni to`ldirish.

MB ni to`ldirish ikki ko`rinishda olib boriladi: Bunda sonli va matnli maydonlarni jadval ko`rinishida, MEMO va OLE turidagi maydonlarni shakl ko`rinishida to`ldirish lozim.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish