1.5. Asosiy tushuncha va ta`riflar.
MB ob`ektlar holatini, ularning qaralayotgan soha predmetidagi munosabatini akslantiruvchi ma`lumotlar to`plami hisoblanadi.
MB (date base) – bu o`zaro bog`langan va tartiblangan ma`lumotlar majmuasi bo`lib, u ko`rilayotgan ob`ektlarning xususiyatini, holatini va ob`ektlar o`rtasidagi munosabatni ma`lum sohada tavsiflaydi.
MB, kompyuterning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob`ektlar, jarayonlar, holatlarning o`zaro bog`liq va tartiblashtirilgan majmuasidir.
MB, diskda saqlanadigan, maxsus ravishda tashkil qilingan ma`lumotlar turkumlarining jamlanmasidir.
Ma`lumotlar banki (MBN) – MB, MBBT va ularni amalga oshiruvchi texnik vositalar majmuasidir.
MB, bu maxsus formatga ega bo`lgan muayyan tuzilmali fayl bo`lib, u yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo`ladi.
Yozuv-o`zaro bog`langan ma`lumotlarning bir qismidir.
Har bir yozuv maydon deb ataladigan bo`laklardan tashkil topadi. Maydon ma`lumotlarning eng kichik qismi hisoblanadi. U ma`lumotlarning, imkoni boricha, qisqa to`plamidan iborat bo`lishi lozim. Ammo, u foydalanuvchi uchun ma`nosini yo`qotadigan darajada kichik bo`laklarga bo`linishi mumkin emas. Har bir maydon, o`zi ifodalaydigan ma`lumotlariga ko`ra biror nomga ega bo`ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, ta`lim muassasida o`qiydigan 1 - kurs talabalarini informatika, matematika va huquqshunoslik fanlaridan o`zlashtirish darajasini aniqlovchi bazani yaratishimiz kerak. Ma`lumotlarni jadval shaklida taqdim qilamiz. Bu jadvalni MB ning bir qismi deb olamiz. Unda 6 ta yozuv bo`lib, ularning har biri 7 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri, mos ravishda ‘Familiyasi’, Ismi’, ‘Guruh raqami’, ‘Informatika %’, ‘Matematika%’ ‘Huquqshunoslik%’ deb nomlangan.
T
|
Familiyasi
|
Ismi
|
Guruhi №
|
Informa-tika %
|
Matematika %
|
Huquq-shunoslik %
|
1
|
Abdullaev
|
Mahmud
|
11
|
80
|
100
|
100
|
2
|
Dadaboev
|
Rahim
|
16
|
60
|
80
|
80
|
3
|
Axmedov
|
Adham
|
12
|
80
|
80
|
80
|
4
|
Sobirov
|
Ilhom
|
18
|
100
|
100
|
100
|
5
|
Jabborov
|
Islom
|
18
|
80
|
80
|
80
|
6
|
Halimov
|
Rustam
|
14
|
60
|
80
|
80
|
Jadval yaratilgan bo`lsa, unga qo`shimcha qatorlarni qo`shib, qiymat kiritishimiz mumkin. Ammo, lozim deb topilmasa, unga yangi ustun qo`sha olmaymiz.
Endi biror oliy o`quv yurtining aniq fakul’tetida tahsil olayotgan biror guruh talabalari to`g`risidagi ma`lumotlar bitilgan jadvalni ko`raylik:
Familiyasi
|
Ismi
|
Tug`ilgan sanasi
|
Guruhi
|
Turar joyi
|
Qiziqqan fani
|
Ochilov
|
Alisher
|
2.05.1978
|
5-M
|
A.Somiy,4
|
Matem.
|
Qobulov
|
Farhod
|
2.12.1982
|
6-E
|
I.Sino,1
|
Adabiyot
|
Aminov
|
San`at
|
3.6.1980
|
5-M
|
6 mkr-2,12
|
Tarix
|
Tolipov
|
Jasur
|
24.5.1979
|
6-E
|
Beruniy,2
|
Iqtisod
|
Bu jadvalda 4ta yozuv bo`lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri, mos ravishda ‘Familiyasi’, Ismi’, ‘Tug`ilgan sanasi’, ‘Guruhi’, ‘Turar joyi’ va ‘Qiziqqan fani’ deb nomlangan.
Jadvalga aniq ma`lumotlar kiritildi va har bir yozuv aniq ma`lumotlardan iborat. Bu ma`lumotlar birlamchi hisoblanadi.
Ma`lumotlar elementi o`rtasidagi o`zaro aloqani ifodalovchi ma`lumotlar to`plami kortej deyiladi. Lekin, dastur ta`minotining xar xil tizimlarida bu ibora o`rnida ma`lumotlar elementlari guruhi, satr, segment, yozuv kabi so`zlar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda umumiy qabul qilingan ibora yozuvdir.
Maydonlar turli xil qiymatlarni qabul qiladi va ularning ba`zi biri yozuvda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, biror bir oliy ta`lim muassasi xodimlari haqidagi ma`lumotlar to`plamini tuzaylik. Unda ‘Tartib raqami’, ‘Familiyasi’, ‘Ismi’, ‘Tug`ilgan sanasi’, ‘Lavozimi’, ‘Ish staji’ va ‘Ishlaydigan bo`limi’ singari maydonlar mavjud bo`lsin. ‘Ishlaydigan bo`limi’ maydonidagi qiymatlar har doim takrorlanmasligi uchun shartli ravishda qisqa belgilash, ya`ni kodlash (FIZ-fizika-matematika fakul’teti, XIM-kimyo fakul’teti, ATM-axborot texnologiyalari markazi va h-zo singari) kiritilsa ish ancha osonlashganiga guvoh bo`lamiz.
T
|
Familiyasi
|
Ismi
|
Tugilgan yili
|
Lavozimi
|
Ish staji
|
Ishlaydi-gan bo`limi
|
1.
|
Axmedov
|
Ikrom
|
1954
|
Dekan
|
20
|
FIZ
|
2.
|
Sobirov
|
Akram
|
1949
|
Dekan muovin
|
15
|
FIZ
|
3.
|
Jumanazarov
|
Siroj
|
1968
|
Bo`lim boshligi
|
10
|
ATM
|
4
|
Sattorov
|
Jamol
|
1956
|
O`qituvchi
|
12
|
XIM
|
Juda ko`p axborotlarda davlat klassifikatori ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish, yaratuvchining xohishiga ko`ra amalga oshiriladi.
Jadvalda har bir yozuv o`zining bosh kalitiga ega bo`lishi va uning qiymati yagona bo`lishi kerak. Bosh kalit ikkita xossaga ega bo`ladi:
1.Ustundagi qiymatning yagonaligi, ya`ni takrorlanmasligi.
2. Kalitdagi qiymat imkon darajasida o`zgarmasligi lozim.
Bizning misolimizda bosh kalit ‘Tartib raqami’ maydonidir.
Har bir MB quyidagi muhim xossalarga ega bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |