Маълумотлар омбори ва уни бошкариш тизими хакида умумий тушунчалар



Download 2,75 Mb.
bet10/83
Sana18.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#819472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
MBBT-маъруза матни-лотин1

Nazorat savollari.

  1. Bilim nima va ET lar soxasidagi mutaxassislari uchun bmlim nimani bildiradi?

  2. Bilimlar bazasiga ta’rif bering.

  3. Bilimlar bazasining asosiy komponentlariga nimalar

kiradi?

  1. Ma’lumotlar bazasidan foydalanishning texnologiyasini sxematik tasvirlang?

  2. Ekspert kim?

  3. Bilimlarga erishish bloki nimalarni aks ettiradi?

  4. Mantikiy xulosalar bloki nimalarni yaratadi?

  5. «Intellekt» suzi kanday ma’noni beradi va unga ta’rif bering.

  6. Ekspertli tizimga ta’rif bering.

  7. ET lar foydalanuvchilarga nima beradi?

  8. Amalda ET lardan kanday foydalaniladi?

  9. Tipik ET kanday asosiy tarkibiy kismlardan iborat?

  10. ETdagi bilimlar bazasi kanday maksadlar uchun muljallangan?

  11. Axborot ta`minoti deganda nimani tushunasiz?

  12. Axborot tizimlariga qo`yiladigan talablar haqida tushuncha bering.

  13. MB ni rivojlanish evolyutsiyasini ayting.

  14. MB ni rivojlanish bosqichini ayting.

  15. MBBT nima?

  16. MB nima?

  17. Ma`lumotlar banki nima?

  18. Yozuv nima?

  19. Maydon va unga qo`yiladigan talablarni ayting.



2 - Mavzu. Predmet sohani tasvirlash usullari


Reja:

  1. Predmet sohani tasvirlash.

  2. Predmet sohani tasvirlash usullari.

2.1. Predmet sohani tasvirlash.
Hozirgi kunda insonning ish faoliyatida MB da kerakli ma`lumotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Sababi: jamiyatning qaysi jabhasiga nazar solmaylik kerakli ma`lumotlarni olish uchun MB ga murojaat qilishga to`g`ri kelishini ko`ramiz. Demak, MB ni yaratish va undan foydalanishni tashkil qilish, axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Shuning uchun, MB ni yaratishga e`tibor qaratilmoqda. Amaliyotda MB lar asosan chegaralangan predmet soha uchun yaratiladi. Shu sababli, bir tashkilot uchun bir qancha MB lar yaratilishi mumkin.
Predmet sohasi - bu boshqarishni tashkil qilish va uni avtomatlashtirish maqsadida o`rganilishi lozim bo`lgan ob`ektiv dunyoning ma`lum bir qismidir.
Predmet soha ma`lumotlaridan foydalanish uchun ularning mazmuniy berilishi - semantikasi berilishi lozim. Ma`lumotlar semantikasini tasvirlashning asosiy vositasi - tabiiy tildir. Ba`zan, formallashtirilgan tillardan ham foydalanish mumkin.
Agar MB ning vazifasi faqat ma`lumotlarni saqlash bo`lganida, uning tasnifi juda oddiy bo`lar edi. Ammo, uning boshqa har xil ma`lumotlar elementlari bilan aloqasini ta`minlashi kerakligi, MB tasnifini murakkablashtiradi. Shuning uchun, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma`lumotlar turi, ko`rinishi, ularni qo`llaydigan dasturlarga bog`liq bo`lmasligi lozim. Ya`ni, MB ga yangi ma`lumotlarni kiritganda yoki ma`lumotlar turini o`zgartirganda, dasturlarni o`zgartirish talab etilmasin.
Ikkinchidan, MB dagi kerakli ma`lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
SHu sabali, MB ni tashkil etishda ma`lum qonun va qoidalarga amal qilish talab qilinadi.
Ma`lumotlar hajmi oshib borishi bilan masalalarni hal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo ob`ekt va ma`lumotlarni tizimga solish yo`li bilan hal qilinadi.
Ob`ekt - bu mavjud va farqlanishi mumkin bo`lgan narsadir.
Ob`ektlarga tegishli bir qator ma`lumotlar borki, ularning to`plami MB bo`la oladi. Masalan, har bir ta`lim muassasasi ob`ekt bo`lsa, ulardagi o`quvchilar haqidagi ma`lumotlar to`plami MB ga misol bo`la oladi.
Har qanday jiddiy MB ning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB ni loyihalashtirishda faoliyat sohasi tahlil qilinadi va barcha foydalanuvchilar talablari o`rganib chiqiladi. Odatda, MB ni loyihalash vazifasi bir kishiga yoki guruhga yuklatiladi. Ularga tashkilot tomonidan asosiy ish jarayonlarini tushunadigan va qiymatlarga kompyuter orqali ishlov berish haqida tushunchaga ega bo`lgan xodim biriktiriladi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi ob`ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma`lumotlar orasidagi bog`liqliklarni o`rnatishdan iborat. MB ni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma`lumotlarni turli belgilar bo`yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo`yicha zarur ma`lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma`lumotlar tuzilmalangan (strukturalangan) bo`lgandagina bajarish mumkin.
Tuzilmalash - bu ob`ektlar va ma`lumotlarning o`zaro bog`lanishini tasvirlash
usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
3.1.1-misol. Tuzilmalanmagan ma`lumotlar.
Shaxsiy ish №16493; Aliev Karim ergashevich; tug`ilgan sanasi 1 yanvar 1979 yil; Shaxsiy ish №16498; Boqiev Dilmurod Rahmatullaevich; tug`ilgan sanasi 5 dekabr 1985 yil; Shaxsiy ish №16595; Zokirov Anvar Rashidovich; tug`ilgan sanasi 15 may 1984 yil.
3.1.2-misol. Tuzilmalangan ma`lumotlar.

SHaxsiy ishi №

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tug`ilgan sana

16493

Aliev

Karim

Ergashevich

01.01.79

16498

Boqiev

Dilmurod

Rahmatullaevich

05.12.85

16595

Zokirov

Anvar

Rashidovich

15.05.84

Ma`lumotlarni saqlash - kompyuterning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. MB esa bu jarayonda ishtirok etuvchi eng muhim omil sanaladi.
Hozirgi kunda MB larining aksariyat ko`pchiligi jadvalsimon tuzilishga ega. Jadvalsimon tuzilishda kerakli ma`lumotlar qator va ustunlarning kesishishi bilan aniqlanadi. MB da ustunlar - maydonlar, qatorlar - yozuvlar deyiladi. Maydonlar MB tuzilmasini tashkil qilsa, yozuvlar esa unda saqlanuvchi ma`lumotni o`zida aks ettiradi.
Maydon yoki rekvizit – ma`lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo`lib, u axborotning alohida, bo`linmas birligidir.
MB tuzilmasining asosiy elementlari — bu maydonlardir. Ular bir qancha xususiyatlarga ega. Xususiyatlarga bog`liq holda maydonga qanday axborot kiritish mumkin va undagi axborot bilan qanday vazifani bajarsa bo`ladi singari ishlar bajariladi.
Masalan, ‘Narx’ maydonida joylashgan ma`lumotlarni qo`shish yo`li bilan ma`lum bir natija olishimiz mumkin. Lekin, ‘Telefon nomeri’ deb nomlangan maydondagi ma`lumotlarni (telefon nomerlari raqam bilan yozilgan bo`lsa ham) qo`shish mumkin emas. Demak, bu maydonlar turli xususiyatlarga ega va har xil tiplarga taaluqlidir.
Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligi hisoblanadi. Maydonga qancha ma`lumot joylashishi uning uzunligiga bog`liq. Maydon uzunligi ramziy belgilar bilan ifodalanadi. Ramziy belgilar baytlar bilan kodlanadi hamda maydon uzunligini shartli ravishda baytlarda o`lchash mumkin. Maydonning noyob xususiyatlaridan biri — uning nomidir. MB ning bir ob`ekti bir xil nomdagi ikki maydonga ega bo`la olmaydi, chunki kompyuter ularning tarkibidan adashib ketadi. Ammo, maydonning nomidan tashqari — imzo deb nomlangan yana bir xususiyati bor. Imzo — ustunning sarlavhasini ifodalovchi axborotdir. Agar imzo berilmagan bo`lsa ham, uni maydon nomi bilan almashtirmaslik lozim. Turli maydonlarga bir xil imzo berish mumkin. Bu kompyuterni ishiga xalaqit bermaydi, chunki maydonlar turli nomlarga ega bo`lib qolmoqda.
Turli tipdagi maydonlardan har xil maqsadda foydalaniladi va ular turli xususiyatlarga egadir.
Matnli maydonning asosiy xususiyati uning hajmidir.
Raqamli maydon raqamli ma`lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladi va u ham o`lchamga ega. Raqamli maydonlar har xil bo`ladi. Masalan, butun va haqiqiy sonlarni kiritish uchun. Oxirgi holatda maydon o`lchamida sonning o`nlik qismini o`lchami ham bo`ladi.
Vaqt yoki sanani kiritish uchun maydonlar sana\vaqt ko`rinishiga egadir.
Ikki xil qiymatga ega bo`lgan mantiqiy ma`lumotlarni kiritish uchun esa (Ha yoki
Yo`q, 0 yoki 1 va h.k.) maxsus tip— mantiqiy maydon xizmat qiladi. Bunday maydonning o`lchami 1 baytga teng. Bu mantiqiy qiymatni ifodalash uchun etarlidir.
Zamonaviy MB o`zida faqat raqam va harflarnigina emas, balki rasm, musiqali klip va videoyozuvlarni ham saqlashi mumkin. Bunday ob`ektlar uchun mo`ljallangan maydon — OLE ob`ekti maydoni deb ataladi.
Yozuv – mantiqan bog`langan maydonlardir. Har bir yozuvda yagona yozuv kaliti mavjud bo`lib, ular dastlabki (birlamchi) va ikkilamchi bo`lishi mumkin.
Dastlabki kalit (DK) – yozuvni ma`no jihatdan birxillashtiruvchi bir yoki bir necha maydonlardir. Dastlabki kalit bir maydondan iborat bo`lsa u oddiy, agar bir necha maydonli bo`lsa – tarkibli kalit hisoblanadi.
Ikkilamchi kalit (IK) – dastlabki kalitdan farqli maydon bo`lib, u yagona emas. Agar dastlabki kalitning mazmuniga ko`ra faqat bitta yozuv nusxasi topilsa, ikkinchi kalit bo`yicha bir necha nusxa topilishi mumkin.
Yangi yaratilgan MB da hech qanday ma`lumot yo`q deb tasavvur qilamiz. Ammo, unda baribir ma`lumot bor. Bu ma`lumot MB ning tuzilmasi, ya`ni maydonlar to`plamidir. Ular bu bazaga nima va qanday holatda yozilishini aniqlab beradi

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish