Ma’lumki iqtisodiyot rivojlangan sari milliy chegaralar kesib o’tiladi, transchegaraviy faoliyatlar paydo bo’ladi, xalqaro miqyosda ishlar olib borila bshlaydi


O’zbekiton Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlar



Download 82,62 Kb.
bet8/12
Sana26.06.2022
Hajmi82,62 Kb.
#707082
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Chet mamlakatlari soliq tizimi kurs ishi

O’zbekiton Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlar


Yuqorida ko’rgan xalqaro shartnomalarimiz ham bu qonunning bajarishga doir chora-tadbirlar izchil olib borilayotgani ma’lum. Bu qonun asosida tuzilgan xalqaro shartnomalarni bajarishga oid chora- tadbirlar bu qonunning 4-bobida yoritib o’tilgan va bu bob asosida tuzilgan xalqaro shartnomalar amalda qo’llanilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining soliqqa xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro huquq normalariga muvofiq tarzda bajariladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatini qabul qilish zarur bo‘lgan hollarda, davlat soliq organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi normalarini implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha tegishli hujjat qabul qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda takliflar taqdim etadi. Davlatimiz rahbari tuzilgan xalqaro shartnomalarga va bu shartnomalar orqali vujudga kelgan majburiyatlarga rioya qilinishimi ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘radi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi uchun javobgarlik o‘z zimmasiga yuklatilgan soliq organlarini o‘z vakolatlari doirasida belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan soliq organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini, bunday shartnomalardan kelib chiqadigan, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan huquqlarga rioya etilishini ta’minlaydi va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining boshqa ishtirokchilari tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishini kuzatib boradi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar ikki yoki undan ortiq davlat organlarining vakolatlariga kirsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirish o‘z zimmasiga yuklatiladigan soliq organini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro soliq shartnomalari qoidalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro soliq shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat soliq organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda yozma shaklda beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring elektron ma’lumotlar bazasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat soliq organlari har yili 31-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq axborot yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organlarining axborotini o‘rganish asosida:
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishi holati samaradorligiga baho beradi;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini tegishli tarzda ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Har yili 1-martga qadar bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumlashtirilgan axborotni tegishli takliflar bilan kiritadi.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar soliq organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida monitoringni amalga oshiradi.
Dunyo mamlakatlari o'rtasida ko'p sonli soliq shartnomalari tuzilishi bir qator tan olingan xalqaro standartlarning rivojlanishiga olib keldi. O'zbekiston tomonidan tuzilgan va tuzilgan shartnomalar OECD tomonidan ishlab chiqilgan kelishuv modeliga asoslanadi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish va daromad va kapitalga soliq to'lashdan qochishning oldini olish to'g'risida 50 ta kelishuv mavjud. Bunday shartnomalar korporativ daromad solig'i, shaxsiy daromad solig'i va mulk solig'i bilan bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasiga muvofiq yuqoridagi shartnomalar xalqaro xarakterdagi hujjat sifatida milliy qonunchilik normalaridan ustundir.
Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish va daromad va kapital soliqlarini to'lashdan bo'yin tovlashning oldini olish to'g'risidagi tuzilgan shartnomalar tizimi O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan iqtisodiy hamkorligini, eng avvalo - o'zaro investitsiyalarni jalb qilish va tashqi savdoni oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda soliq qonunchiligiga rioya qilish, soliq sohasida ma’lumot almashish bo’yicha o’zaro yordam va hamkorlik borasida 14 ta shartnoma mavjud. Shu bilan birga, MDHning qator mamlakatlari, shuningdek, Latviya, Ummon va Koreya bilan hamkorlik va tajriba almashish to'g'risida idoralararo bitimlar tuzildi. Davlat soliq qo'mitasi ushbu shartnomalarni amalga oshirishda vakolatli organ hisoblanadi.
Boshqa davlatlarning soliq organlari bilan o'zaro yordam va hamkorlik shartnomalari quyidagi imtiyozlarni beradi:
- teng huquqli asosda, soliqni buzish holatlarini aniqlashda va oldini olishda soliq nazorati sohasida shartnoma tuzayotgan davlatlarning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish;
- soliq ma'muriyatchiligi sohasidagi xorijiy davlatlar soliq organlarining ijobiy tajribasini o'rganish va undan foydalanish;
- O'zbekiston Respublikasi soliq xizmati xodimlarining kasbiy o'sishi uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yaratish.
Bugungi kunda egri soliqlarni yig’ish tog’risida 4 shartnoma MDHning qator davlatlari bilan amal qilmoqda. Ular eksport-import operatsiyalariga, tovarlar va xizmatlarning o'zaro etkazib berilishiga qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'ini to'lash tartibini tartibga soladi, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, halol raqobat va tadbirkorlik sub'ektlari uchun teng imkoniyatlar yaratadi.
Ta'kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga yordam beradi, xalqaro bozorda mamlakatning iqtisodiy subyektlari manfaatlarini himoya qiladi.



  1. Download 82,62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish