1-rasm. O'zbekiston Respublikasining xalqaro sharrtnomalari va konvensiyalari statistikasi7
Bu rasmdan ko’rishimiz mumkinki davlatimiz tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalar xorij davlatlari bilan aloqamizning 55% gi asos sifatida xizmat qilmoqda. Xalqaro konvensiyalar esa 45% xalqaro munosabatlarga asos bo’lmoqda ekan. Shuningdek 55% xalqaro tuzilgan hujjatlar xalqaro shartnoma tartibida tuzilgan. Shuning uchun ham aksariyat xalqaro munosabatlarimiz ham shartnomalar tartibida amalga oshirilmoqda.
O’zbekiton Respublikasining xalqaro shartnomalarini e’lon qilish, ro’yxatdan o’tkazish va saqlash
Xalqaro shartnomalarni e’lon qilish, ro’yxatdan o’tkazish va saqlash “O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunning 3-bobida yoritib o’tilgan. Xalqaro shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasarrufida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat reyestri xalqaro shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning elektron nusxalarini saqlashning yagona davlat tizimidir. Xalqaro shartnomalar tasdiqlangandan keyin 2 hafta ichida ichida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga saqlash uchun topshiriladi. Shartnomalarning nusxalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shartnoma tasdiqlangan kundan ikki hafta ichida soliq organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan idoralararo shartnomalarining asl nusxalari mazkur shartnomalar soliq organlari nomidan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha davlat organlarida saqlanadi, ushbu shartnomalarning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari esa, ular imzolangan va depozitariydan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari rasmiy tarjimalari olingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi va undan so’ng boshqa manfaatdor davlat organlariga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifalarini, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar O‘zbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama idoralararo shartnomalari depozitariysining vazifalari, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar O‘zbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi o‘ziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Bu qoida idoralararo tuziladigan xalqaro shartnomalariga ham qo’llaniladi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama idoralararo shartnomalari depozitariysining vazifalari, agar ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq bunday vazifalar O‘zbekiston Respublikasining zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ushbu shartnomalar qaysi davlat organlarining nomidan tuzilgan bo‘lsa, o‘sha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu tariqa tuzilgan xalqaro shartnomalar depozitariyasi amalga oshiriladi. Buning natijasida mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda boshqa sohalardagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorligi tobora rivojlanib bormoqda. Keyingi yillar mobaynida yurtimiz tashqi siyosati borasida sifat jihatidan yangi, salmoqli ishlar amalga oshirildi. Yetakchi xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qoʻshnilarimiz bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha aniq natijalarga erishildi. Koʻplab oliy darajadagi tashrif va uchrashuvlar, qator dolzarb muammolar yechimini topishga qaratilgan yangi shartnoma va kelishuvlar prinsipial jihatdan yangi mazmundagi hamkorlik uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda. Birgina 2018 yil mobaynida Qonunchilik palatasida Gruziya, Yaponiya, Germaniya, Qozogʻiston, Chexiya, Rossiya, Janubiy Koreya, AQSH, Falastin, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Qirgʻiziston parlamentlari delegatsiyalari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Mamlakatimiz parlamentida qabul qilingan xorijiy delegatsiyalar soni 47 tani tashkil etdi. Shundan 25 tasi parlament va hukumat vakillari hamda 22 tasi mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan elchixonalar va xalqaro tuzilmalar vakillari tarkibidagi delegatsiyalardir.
Shu bilan birga, milliy parlamentimizda tashkil etilgan parlamentlararo hamkorlik guruhlari mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Qonunchilik palatasida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik boʻyicha 21 parlamentlararo hamkorlik guruhi faoliyat koʻrsatmoqda, shundan 17 tasi Senat bilan hamkorlikda tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |