Ma’lumki iqtisodiyot rivojlangan sari milliy chegaralar kesib o’tiladi, transchegaraviy faoliyatlar paydo bo’ladi, xalqaro miqyosda ishlar olib borila bshlaydi


Yillar Ikki tomonlama soliqqa tortmaslikni oldini olish uchun tuzilgan shartnoma va konvensiyalar soni



Download 82,62 Kb.
bet6/12
Sana26.06.2022
Hajmi82,62 Kb.
#707082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Chet mamlakatlari soliq tizimi kurs ishi

Yillar

Ikki tomonlama soliqqa tortmaslikni oldini olish uchun tuzilgan shartnoma va konvensiyalar soni

1

1986

1

2

1993

2

3

1994

3

4

1995

3

5

1996

12

6

1997

3

7

1998

4

8

1999

3

9

2000

3

10

2001

2

11

2002

3

12

2003

2

13

2004

1

14

2007

1

15

2008

3

16

2009

2

17

2010

1

18

2012

2

19

2013

2

20

2018

2



  1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi


Xalqaro shartnomalarni tuzish tartibi ushbu qonunning 2-bobida belgilab qo’yilgan. Xorij davlatlari bilan tuziladigan xalqaro shartnomalarni O’zbekiston Respublikasi nomidan tuzish huquqi faqat davlatga berilgan va “O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunning 7-moddasida belgilangan. Bu modda xalqaro shartnomalar turlari haqida quyidagicha belgilan:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar;
davlat organlari nomidan o‘z vakolatlari doirasida — idoralararo shartnomalar.
Davlatlararo shartnomalar mamlakatmiz mustaqillikka erishgandan so’ng mustaqil davlatlar bilan ko’p sohalarda tuzilmoqda. Bu borada soliq siyosatida ham izchil ishlar olib borilmoqda. Xalqaro huquqning to'laqonli sifatida O'zbekiston dunyoning boshqa mamlakatlari bilan soliq sohasida hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo'yicha izchil siyosat olib bormoqda. 1993 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan soliqqa tortish sohasida xalqaro shartnomalar tizimini shakllantirish ustida ish olib bormoqda. Xalqaro shartnomalar tuzish tartibini soliq sohasida ko’rib o’tamiz. Xalqaro shartnoma tuzish soliq organlari o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda xalqaro shartnoma loyihasini yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqidagi taklifi bilan chiqishi mumkin.
Ayrim hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga ko‘ra soliq organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritishi mumkin.
Xalqaro shartnoma loyihasiga doir tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomani tuzish soliq tizimida maqsadga muvofiqligining va amaliy ahamiyati, shu jumladan uning tuzilishidan kutilayotgan natijalar, xalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solish talab etiladigan masalalar haqidagi ma’lumotlar;
xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi va o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi axborot;
Tushuntirish xati xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan soliq organi tomonidan tayyorlanadi va ushbu soliq organ rahbari tomonidan imzolanadi. Ekspertlar darajasida ishlab chiqish xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan manfaatdor davlat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro shartnoma matnini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishini muhokama qilish uchun soliq organlarining vakillari, mutaxassislar hamda mustaqil ekspertlardan iborat bo‘lgan idoralararo ishchi guruh tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan davlat organining zimmasiga yuklatiladi.
Chet el tomoni bilan xalqaro shartnoma loyihasining yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi to‘g‘risidagi masalaning keyingi ishlab chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy qarori olinganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan soliq organining rahbari xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishning butun jarayoni uchun javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat rahbari sifatida xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi hamda xalqaro huquqqa va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘z vazifalariga ko‘ra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasi boshlig‘i xalqaro shartnoma matnini qabul qilish maqsadida diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki mazkur xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga haqli.
Davlat organining rahbari o‘z vakolati doirasida vakolatlarini ko‘rsatish zaruratisiz muzokaralar olib borishga va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli.6
Xalqaro shartnomalar tuzish tartibi shuningdek shartnoma turini tanlash va buning tomonlar rioziligini olish ham muhim ro’l o’ynaydi. Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish maqsadida tuzilgan xalqaro shartnomalar ham ikkiga bo’linadi. Ular xalqaro shartnomalar va xalqaro konvensiyalar.


Download 82,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish