Kasallikning sabablari.
Kasallik tashqi va ichki sabablar tufayli kelib chiqadi. Kasallikning tashqi sabablariga fizik, kimyoviy, biologik, harakat faoliyatining kamayishi, harakat faoliyatining oshishi va boshqalar sabab bo’ladi.
1.Kasallikning fizik sabablari: mexanik, termik shikastlanishlar, elektr toki, atmosfera bosimining o’zgarishi fizik sabablar jumlasiga kiradi. Mexanik shikastlar o’tmas (lat yeish, urilish) va o’tkir asboblar (kesilgan va sochilgan yaralar), o’qotar qurollar, yuqori joylardan tashlangan buyum va Shunga o’xshash narsalar ta’sirida paydo bo’ladi. Mexanik shikast natijasida to’qimalar qisman nobud bo’ladi, ular eziladi, ba’zan cho’zilib, uzilib ketadi va Shu bilan birga, suyaklar sinadi. Mexanik shikast qon tomirlar butunligining buzilishi va ulardan qon oqishi bilan namoyon bo’ladi.
SHikastlanishlarning asorati tez yoki uzoq vaqt o’tgandan so’ng paydo 6o’lishi mumkin.
SHikastlanishlarning tez yuzaga keladigan asoratlari shikastlangan joyning hajmiga va qaysi a’zo shikastlanganligiga boliq 6o’ladi. hayotiy muhim a’zolar (miya, Yurak, arteriya va vena qon tomirlari)ning ozgina joyi shikastlanganda ham tezda o’limga sabab bo’lishi mumkin. Travmatik shok — shikastlanishning tez orada yuzaga keladigan asoratlaridan biridir. Tashqi ta’sir natijasida to’qimalar uncha shikastlanmasada, umumiy oir holatlarni paydo qilishi mumkin. Miyaning chayqalishi o’limga olib kelishi mumkin.
Bo’shliqdagi (qorin, ko’krak, bosh, bo’imlar) mexanik shikastlar yopiq (bo’shliq dyevoridan o’tmagan) va ochiq (bo’shliq devoridan teshib o’tgan) bo’lishi mumkin.
Orqa miya shikastlanganda oyoq to’liq, falajlanadi, chanoq a’zolari funktsiyasi buziladi (siydik va najasni to’ta olmaslik kuzatiladi).
Issiqlikdan shikastlanish. Issiqlikdan shikastlanish deganda, quruq, qattiq va suyuq issiq momalar, bu, issiq havo, olov, radiy, ryentgyen, quyosh nuri, kuydiruvchi kimyoviy moddalar va boshqalar tuShuniladi. Quyidagi darajasi kuydiruvchi moddaniig haroratiga va uning badanga nyecholi ta’sir qilishiga boliq. Kuyish to’rt darajaga bo’linadi:
Birinchi darajali kuyishda - badan qizaradi, tyeri sathi bir oz yallilanadi.
Ikkinchi darajali kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi.
Uchinchi darajali kuyishda kuygan joy jonsizlanadi, Shu joyning tyerisi ko’chib tushadi va yara hosil bo’ladi.
To’rtinchi darajali kuyishda kuygan joy butunlay ko’mirga aylanadi.
Turli ko’rinishdagi nur enyergiyalari (ultrabinafsha, rentgyen, radiy nurlari) organizmga ta’sir qilishi natijasida oir kasalliklar ro’y berishi mumkin. Ultrabinafsha nurlar organizmga ta’sir qilganda (baland toli joylarda quyosh nuri ta’sirida badanning ochiq joylarini byokitmasdan yurish, nurlantirish asboblari ta’sirida uzoq nurlanish va hokazolar), oir buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Badanning ultrabinafsha nur ta’sir qilgan joylaridagi tyeri yallilanadi yoki nyerozga uchraydi. Ultrabinafsha nur yuz to’r pardasiga ta’sir qilishi tufayli ko’rish yomonlashadi. Ryentgyen va radiy nurlarning katta dozalari ta’sirida oir nur kasalligi ro’y beradi. Bunda qon ishlab chiqarish tizimi ko’proq zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |