Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1.  Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola shaxsining shaklla-

nishida ijtimoiy muhitning o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?

2.  Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro 

munosabat qoidalari nimalardan iborat? 

3. Bolalarning tengoshlari bilan munosabatlari qanday ke-

chadi?

4. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va 



nutq ning qanday o‘rni bor?

5. Bola shaxsining shakllanishiga o‘yin faoliyatining ta’siri 

nimada?

6. Bolaning axloq motivlari butun bolalik davri davomida 

qanday o‘zgaradi?



388

9.3.  Katta bog‘cha yoshida (5–7 yosh) shaxsning shakllanishi. 

Maktabgacha yoshda o‘z-o‘zini anglash

Maktabgacha yoshda axloq motivlarining rivojlanish 

yo‘llaridan biri bu ongning yuksalishidir. 5–7 yoshga kelib 

bola o‘zidagi faoliyatga undovchi kuch va o‘z harakatlari-

ning oqibati haqida borgan sari aniqroq hisob bera boshlay-

di. Bu bolada o‘zini anglash xislati rivojlanayotganini bildira-

di, ya’ni u o‘zi kim ekanligi, qanday fazilatlarga ega ekanligi, 

atrofdagilar unga qanday munosabatda ekanligi va bu muno-

sabat nima bilan izohlanishini tushunadi. Bu xislat o‘z yu-

tuq va omadsizliklarini, o‘z fazilatlari va imkoniyatlarini bola 

qanday baholashida, yanada kuchli namoyon bo‘ladi.

O‘zligini anglash zamirida katta bog‘cha yoshining oxirlari-

da sodir bo‘ladigan, boshqa odamlardan o‘zini ajratish yotadi. 

Katta bog‘cha yoshiga kelib, bola o‘z fazilatlari haqida hech ni-

ma bilmasada, o‘zining mavjudligini his qiladi. Katta bog‘cha 

yoshidagi bolada hali o‘zi haqida asosli va to‘g‘ri fikr mavjud 

emas. Bola kattalar tomonidan ma’qullanadigan ijobiy xislat-

larni ko‘r-ko‘rona o‘zlashtiradi. O‘zini tartibli deb hisoblay-

digan boladan, «Tartiblilik nima?» – deb so‘ralganda: «Men 

qo‘rqmayman» deb javob beradi. Boshqa o‘zini tartibliligi haqi-

da gapirgan bolalar ham bu savolga: «Bilmayman», – deb javob 

beradilar. O‘zini to‘g‘ri baholashga o‘rganish uchun, bola avval 

boshqalarni, atrofdagi odamlarni baholashni o‘rganishi kerak. 

Bu esa darhol amalga oshmaydi. Bu davrda bola tengdoshlari-

ni baholayotib, kattalarni ular haqida aytgan fikrini takrorlay-

di. O‘zini baholashda ham bu holat takrorlanadi: «Men yaxshi 

bolaman, oyim shunday deydilar».

Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil ba-

holashi, uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu 

asosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bi-

linadi. Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy bahola-

nadi, «salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-asta 

personajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiy 

munosabatdan ajraladi, va vaziyatni bu harakat va fazilatlarga 

ega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini  



389

eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiq 

yaxshi ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?», 

«Chunki u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadi-

mi?», «Yoqadi». «Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman».

O‘zlashtirilgan axloq qoidalari bolaning boshqalarni baho-

lashida foydalanadigan me’yorlarga aylanib qoladi. Lekin bu 

me’yorlarni o‘zida qo‘llashi ancha murakkab kechadi. Bolani 

qamrab olgan, uni u yoki bu harakatni amalga oshirishga un-

dovchi kechinmalar, undan bajarayotgan harakati ning asl maz-

munini yashiradi, ularni beg‘araz baholashiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Bunday beg‘araz baho faqatgina o‘z harakatlari va imkoni-

yatlarini boshqalar harakati, fazilati va imkoniyatlari bilan 

taqqoslaganda amalga oshishi mumkin. O‘zini boshqalar bi-

lan taqqoslay olish bilan bola katta bog‘cha yoshiga kelib to‘g‘ri 

baholash malakasiga ega bo‘ladi.

Katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z afzalliklari va kamchi-

liklarini yaxshi biladilar hamda atrofdagilarning bunga muno-

sabatini inobatga oladilar. Bu bolada shaxsning rivojlanishida

axloq motivlarini o‘zlashtirishida, ijobiy axloq namunalariga 

ergashi shida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bola 

atrof dagilarni u yoki bu harakatiga va fazilatiga bo‘lgan muno-

sabatidan biror maqsadda foydalanishga qodir bo‘ladi. Bolalar 

bu yoshda, ko‘pincha qaysarlik axloq me’yorlarining buzilishi 

ekanligini yaxshi biladilar va ularga yon beradigan kattalarga 

ataylab qaysarlik qiladilar. Bola o‘z onasiga bolalik xislatlari-

ni ko‘rsatgan holda, bola rolini o‘ynashi mumkin. Bu onada 

mehr uyg‘onishiga va ko‘ngli yumshashiga olib keladi va bola 

shu tariqa turli xil xursandchiliklarga erishadi.

Bu yoshda bola ataylab o‘z foydasiga yolg‘on gapirishi, hasad 

yomon xislat ekanligini bilib, atrofdagilardan yashirincha ha sad 

qilishi mumkin. Ammo maktabgacha yoshdagi bola o‘zining 

ijobiy xislatlari va kamchiliklariga uzoq ahamiyat bermay-

di. Bolada tahlil qilish kerakli darajada rivojlangan bo‘lsada, u 

ko‘proq o‘ziga emas, boshqa shaxslarga qaratilgan bo‘ladi.

Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishiga 

qiziqa boshlaydi. «Men kichkinaligimda qanday edim, gapirib 

bering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushu-




390

nish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina bosh-

laydi. Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikr-

lar bildirilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrda 

kelajakka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan 

sari oshib va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqi-

da gapirib be rishlarini so‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘zi 

ham o‘zi haqida eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xo-

lis muhokama qiladi, bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildi-

rishiga imkon beradi. Bola uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuni 

va kelajagi hayotda o‘z o‘rnini anglash vositasi sifatida namo-

yon bo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi hayotida baholash va kela-

jakni tasavvur qilish imkonini beradi. Bola hayotida istiqbol 

rejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsiya darajasi ning oshi-

shiga imkon beradi va bu o‘z navbatida uning shaxsining ri-

vojlanishini belgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon va omadli 

bo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli bola, agar 

qiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubhasiz doim 

o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim yaxshi 

ko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘ va 

baxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shi-

fokor, bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi. Shaxs xislatlari 

to‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, bu 

unga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi muno-

sabatda bo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish