da, axloqiy me’yorlarni bilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ilk
axloqning ijtimoiy me’yorlarini egallaydi. Me’yorlarni egallash,
boshlashini nazarda tutadi. Me’yorlarni egallash, ikkinchidan,
391
da axloqiy odatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bola emotsional his
qi linadigan odatiy qilmishlarini buzgan holda harakat qilsa,
bu unda noqulaylikni keltirib chiqaradi. Me’yorlarni egallash,
uchin chidan, bolaning ushbu me’yorlarga bo‘lgan ma’lum bir
psixik munosabatga kirishishini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlar
va ularni bajarishga bo‘lgan aqliy va axloqiy munosabat bolalar-
da kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Katta odam lar
bolalarga ma’lum bir axloqiy xatti-harakatning to‘g‘riligi yo-
ki kerakligi haqida fikrlashga yordam beradilar, katta odam-
lar bolaning ma’lum bir xatti-harakatiga nisbatan o‘z munosa-
bati bilan ko‘rsatma beradi. Katta odamlarga hissiy bog‘liqlik
zamirida bolada tan oli nishga intilish rivojlanadi.
Kattalar tomonidan tan olinishga intilish va tan olinish bola-
ning eng muhim ehtiyojlaridan biridir. Uning jamiyat ijtimoiy
talablariga javob berishi o‘z yutuqlariga yuqori baho berili shiga
bo‘lgan intilishiga asoslanadi. Katta bog‘cha yoshida yangi ijti-
moiy mazmundagi harakat va faoliyatga bo‘lgan motivlarning
ko‘rinishi sodir bo‘ladi. Bu davrda butun motivatsion soha qay-
ta quriladi, shu jumladan tan olinishga bo‘lgan ehtiyojning vu-
judga kelishi o‘zgaradi. Bolalar o‘zlarining intilishlarini yashira
boshlaydilar, o‘z-o‘zini ochiq maqtash kamdan kam hollarda-
gina uchraydi. Tan olinishga bo‘lgan intilishning amalga oshi-
rilmasligi, bola ataylab yolg‘onni o‘ylab topishi yoki maqtani-
shi kabi noma’qul xatti-harakat turlariga olib kelishi mumkin.
Maktabgacha yoshda tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj bolada-
gi o‘z axloqiy sifatlariga ishonch hosil qilishida ko‘rinadi. Bola
o‘zining kelgusi harakatlariga nisbatan boshqalarning muno-
sabatini tasavvur qiladi va bunda u insonlar undan minnatdor
bo‘lishlari, uning yaxshi ishlarini tan olishlarini xohlaydi. Tan
olinishga bo‘lgan intilishni amalga oshirishga ehtiyoj bolalar-
ning o‘z faoliyatlari natijalarini hamda shaxsiy yutuqlari-
ni baholash maqsadida kattalarga yanada ko‘proq murojaat
qilishlarida ko‘rinadi. Bunday holatda bolani qo‘llab-quvvat-
lash juda muhim. Bolaga hech qachon: «Sen buni qila ol-
maysan», «Sen buni bilmaysan», «Qo‘lingdan kelmaydi», «Be-
korchi sa vollar bilan boshimni qotirma» va hokazo qabilidagi
iboralarni qo‘llamaslik kerak. Kattalarning bunday hurmat-
392
siz iboralari bolada o‘z imkoniyatlariga nisbatan ishonchsiz-
likni keltirib chiqaradi. Bolada nomukammallik kompleksi,
o‘zining ojiz ligi hissi paydo bo‘ladi. Nomukammallik kom-
pleksi – insonning eng murakkab axloqiy kamchiliklaridan
biri bo‘lib u boshqa insonlar bilan muloqotga kirishishni mu-
rakkablashtiradi hamda og‘ir ichki hissiyotini keltirib chi qa-
radi.
O‘g‘il va qiz bolalar
Do'stlaringiz bilan baham: