Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bola shaxsining shakllanishida o‘yin faoliyatining ta’siri

Kattalar va tengdoshlarning ta’siri asosan faoliyatda amal-

ga oshi riladi. Bolalarning faoliyatini tashkillashtirib kattalar 

o‘yin sujeti, rasmlar to‘g‘risida maslahat va ko‘rsatmalar be-

radilar. Bolalarni tasvirlangan odamlarning o‘zaro munosaba-



382

ti va ishi bilan tanishtiradilar, bolalarning ishi va harakatlari-

ga ham ma’lum talab qo‘yadilar, baholaydilar, faoliyat paytida 

vujudga keladigan qiyinchilik va nizolarni hal qilishga yordam 

beradilar. O‘zaro birgalikdagi faoliyatda bolalar birlashadilar, 

bolalar jamoasi asosi bo‘lgan va uning a’zolarida shaxsni rivoj-

lanishiga yordam beradigan o‘zaro aloqaga kirishadilar. 

Shaxsning rivojlanishida o‘yin muhim rol o‘ynaydi. Kat-

talar rolini o‘z zimmasiga olayotib, ular faoliyatini va o‘zaro 

munosabatlarini tasvirlayotib, bola ularga xos bo‘lgan qoida va 

axloq motivlari bilan tanishadi. Ulardan o‘zaro muloqot pay-

tida foydalanadilar. Masalan, ustaxonadagi ishchi rolini baja-

rayotib, bola o‘z ishiga javobgarlik bilan yondashadi, shifokor 

rolini bajarayotib kasallarga jonkuyarlik va e’tiborlilik muno-

sabatida bo‘ladi va h.k..

O‘yin bolalarni o‘ziga jalb qiladi, ularni tasvirlanayotgan 

personajlar hissiy holatini – mayl, kasallarga, bolalarga ham-

dardlikni haqiqatdan ham qilishga majbur qiladi. O‘yin davomi-

da qo‘g‘irchoqlarga va o‘yinchoq hayvonlarga bola muloyimlik 

bilan munosabatda bo‘ladi. O‘yinga qiziqish, rolni yaxshi ba-

jarish istagi bolalarda shunchalar yuqoriki, bunday sharoitlarda 

o‘zlari uchun murakkab, yoqimsiz harakatlarni bajaradilar yoki 

boshqa xohishlarni qoniqtirishdan o‘zlarini tiyadilar. Maktab 

o‘quvchilarini tasvirlayotib, maktabgacha yoshdagi bolalar uzoq 

vaqt va hafsala bilan zerikarli, bir xil ish bilan shug‘ullanadilar, 

ya’ni bir xil harflarni bir necha marta ko‘chirish ular uchun 

qizi qarli emas. Sotuvchi rolini o‘ynayotib, besh yoshli qizaloq 

o‘z tasarrufidagi pechenyelarni yemaydi, chunki bu xaridorlar-

ga tegishli, sotuv chi manfaatlariga esa zid.

Lekin o‘yin davomida erishilgan yutuqlar bolalar tomo-

nidan boshqa sharoitlarga, kundalik xulq-atvorlariga bevosita 

ko‘chirilishi mumkin deb o‘ylash noto‘g‘ri. Shifokor rolida be-

mor qizga g‘amxo‘rlik qilayotgan bola, o‘yin tugagandan so‘ng 

shu qizdan, ko‘z yoshlariga ahamiyat bermay o‘yinchoqni tor-

tib olayotganini ko‘pincha ko‘rish mumkin.

O‘z zimmasiga rol olish tufayli bolalar ma’lum xulq-at-

vor motivlari, kattalar harakati, hissiyotlari bilan tanishadilar. 

O‘yin bolalarni faqat mazmuni, tavsirlanadigan rollari tomo-




383

ni bilan tarbiyalamaydi. O‘yin xususida bo‘lgan real munosa-

batlar paytida, o‘yin mazmunini muhokama qilishda, rollarni, 

o‘yin materiallarini bo‘lishishda bolalar o‘z o‘rtog‘ining qizi-

qishlarini inobatga olishni, unga hamdard bo‘lishni, yon berish-

ni, umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishni o‘rganadilar. Bolalar 

orasida o‘yinni kim tashkillashti rishi yoki o‘tkazishi xususida 

nizo chiqadi. Bunday nizo sa babi, odatda, o‘z reja va harakat-

larini muvofiqlashtira olmaslik 

ning nati 

jasidir. Bunday holda 

yordamga tarbiyachi keladi.

O‘yin qancha murakkab bo‘lsa, qatnashchilar soni ko‘p 

bo‘lsa, mazmuni ular orasida birdamlikni, bog‘liqlikni ta lab 

qilsa, tarbiyachini bolalar xulqiga, o‘zaro munosabatlariga, 

ular ning ha rakatlarini muvofiqlashtirishga bo‘lgan talabi ham 

shuncha katta bo‘ladi. Shuning uchun o‘yinning murakkabligi 

bilan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining rivojlanishida-

gi ahamiyati ham oshadi.

Aksariyat o‘yinlarda turli xil bolalar tomonidan ijro etila-

digan rollar bir xil bo‘lmaydi. Asosiy rollar (kapitan, shifokor

tarbiyachi ayol) va ikkinchi darajali (matros va yo‘lovchilar, 

hamshiralar, sanitarlar va bemorlar, enaga va bolalar) rol-

lar bo‘ladi. Asosiy rollar ko‘proq e’tiborga ega bo‘lganligi 

uchun, ular bolalarni o‘ziga ko‘proq jalb qiladi. Bola yolg‘iz 

o‘ynayotganda va boshqa personajlarni, qo‘g‘irchoqlarni aks 

ettirayotganda asosiy rolni albatta o‘ziga oladi. O‘yinda bir ne-

cha bola qatnasha yotganda esa, tabiiyki, ularning bari asosiy 

rolga da’vo qila olmaydilar. Odatda, bolalar bog‘cha guruh-

laridanoq o‘yin o‘ylab topadigan va uni tashkillashtiradigan, 

rol bo‘lishni boshqaradigan, bolalarga kerakli harakatlarda yo‘l 

ko‘rsatadigan bolalar ajralib turadilar. Ular odatda asosiy rolni 

ijro etadilar, yoki uni olishni xohlagan boshqa bolaga beradilar.

Bu o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan real munosabatlar qanday 

ruhda kechishi, bunday «yo‘lboshchilarni» axloq xususiyatlari-

ga, ular qanday yo‘llar bilan o‘z talablari bajarilishiga erishish-

lariga yetarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda 

alohida e’tibor, mehr qozongan, tengdoshlari bilan kelisha ola-

digan, ularning istaklarini hisobga oladigan, tushunmovchi-

liklarni bartaraf etadigan bolalar bo‘lishi mumkin. Boshqa hol-




384

larda esa «yo‘lboshchi» sifatida buyruq berishga intiladigan, 

boshqalarni bo‘ysundiradigan, buyruq beradigan, jismoniy ta’sir 

o‘tkazadigan bolalar paydo bo‘ladi.

O‘yin orqali bolalar orasida bunday munosabatlarni tashkil-

lashtirish tarbiyachiga bog‘liq. Ular bola shaxsining rivojiga 

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zarur paytda tarbiyachi bolalarga o‘yin 

mazmunida yordam beradi, rollar taqsimlanishini tekshirib bo-

radi (ba’zida aralashish kerak bo‘ladi), bolalar kelishib harakat 

qilishlarini kuzatib boradi. Bolalar asta-sekin oddiy qatnashuv-

chilardan o‘zaro munosabatlar talab qiladigan, bir-birlari bilan 

ko‘proq maslahatlashishga majburlaydigan o‘yinlarga o‘tishi 

lo zim. O‘yin «yo‘lboshchilari»ga alohida e’tibor berish zarur. 

Boshqa bolalar ularga taqlid qilganliklari sababli ularning 

harakatlarini boshqa rish kerak.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish