Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Melanxolik 

   

Xolerik

Flegmatik 

 

  Sangvinik

introversiv 0   

 

 

 24 ekstroversiv



12

0

Flegmatik 



    

Melanx


o

lik 



213

 

Xolerik  



  

 

 



 Sangvinik

5.3. Xarakter.  

Xarakter haqida umumiy tushuncha

Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug‘ullanar 

ekan, o‘zini shaxs sifatida namoyon qiladi, o‘zining atrof-

muhitga, odamlarga, o‘z ishiga va o‘z-o‘ziga munosabatini 

ifodalaydi. Ba’zan ana shu munosabatning ko‘rinishlari odat-

dan tashqari, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masa-

lan, maktab o‘quvchisi o‘z o‘rtoqlari uchun kutilma ganda ar-

zimagan narsadan jahli chiqib ketadi. O‘rtoqlari  

uning bu 

xulqidan taajjublanadilar, chunki odatda bu bola yuvosh

xushmuomala edi. Uning uchun qo‘pollik tipik hodisa emas 

edi. Boshqa bir o‘quvchi ko‘pincha atrofdagilar bilan keskin va 

qo‘pol muomalada bo‘ladi. Bu narsa uning uchun tipik barqa-

ror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo‘lib, bu uni shaxs 

sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xu-

susiyatni uning xarakteriga xos xususiyatlardan biri deb hisob-

lash mumkin.

Jamiyat a’zosi, kishining voqelikka munosabatida vujud-

ga keladigan va uning xulq-atvori hamda harakatlarida ta’sir 

qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui 



xarakter (yunon. charaktir – belgi, nishon, xislat) deyiladi.

Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni 

yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni 



214

ifodalaydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif 

kishini «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazar-

dan qaraganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz» 

kishida ham xarakter bor.

Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan 

juda oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun 

ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qan-

day tutishini oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi 

ko‘p narsa kishi ning dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ide-

allariga, ijtimoiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq 

bo‘ladi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarning xarak-

terlaridagi farqlarning sa babi ana shundadir.

Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mut-

laqo bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilar-

ning xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yo-

ki hatto butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki 

xarakter to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab 

fikr yuri tish mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning 

kim ekanligini hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi. 

Shuning uchun ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar 

ekanlar, ularning asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga inti-

ladilar. Kishi faoliyatida qanday psixik jara yonlar ustun turishi-

ga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emotsional va iro-

da xususiyatlariga ajratish mumkin.

Xarakterning fiziologik asoslari

Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyati-

ning tug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining 

fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv siste-

masining tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga muno-

sabati haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv 

faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq tu-

ri genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi 

sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat 

bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoli-

yat bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hay-

vonning mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqi 




215

muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan, 

xarakterdan iboratdir».

Garchi I.P. 

Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa 

ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shu-

ni esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishi-

ga faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi 

ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi tempe-

rament xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat 

nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xu-

susiyatlar belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliya-

ti jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik 

jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan tempera-

mentga bog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks eta-

di. Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sha roit, 

ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega 

bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi.

Xarakterda munosabatning ifodalanishi

Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan 

xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabati-

ni ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik, 

hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik, 

beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilar-

ga nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.

2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalov-

chi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, 

mas’uliyatlik va aksi.

3.  Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususi-

yatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.

4. 


Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi 

xususi 


yatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik, 

mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm 

(o‘z-o‘zini ha misha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish