Maktabgacha yoshdagi


Bolalar temperamentiga tavsifnoma



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolalar temperamentiga tavsifnoma

Flegmatik mijozli bolalar

Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib, 

uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib, 

tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi 

va faoli yatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mum-

kin. O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay ba-

jaradi. Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi. 

U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi 

mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nis-

batan puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga 

ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-tu-

rib javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bo-

la o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u 

zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya 

va kashfiyotlardan yiroq dir. Murg‘aklik chog‘laridanoq uning 

tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini 

taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech 

kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini 

xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashi-

shi mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq 

bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi ku-

zatiladi. Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma 

uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qil-

maydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun 

katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javob-

garlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bola-

lar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday 

bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.



Xolerik mijozli bolalar

Bunday bola o‘z istagi va maqsadini amalga oshirishi uchun 

hech narsadan tap tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi, 



205

qaysarlik qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsa  

uning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz ifodasi jonli. U 

goho qaysar, intiluvchan va tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz, 

beixtiyor «bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyuk 

xayolpa rast», O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-tomizmay 

san’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera oladi. Xolerik mi-

jozli bolani olov bilan qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasm 

solganda qizil, to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqea-

hodisa larni ifodali qilib aks ettiradi.

O‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga nisbatan oqibatli bo‘lib, ular-

ga qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ta’lim jarayoni uni biroz 

qiy nasa ham o‘qish zarurligini sezgan holda, bor kuchini aya-

maydi. U kam uxlasada tetik yuradi, ishtaha bilan ovqatlanadi.  

Uning fikr-mulohazalari o‘rinli ekani sizni hayratga sola-

di, bu tabiiy hol. Uning fikrlash jarayonini ta’riflash va 

sharhlash qiyin bo‘ladi. U kuch ta’siri ostida o‘z tuyg‘ularini, 

kechinmalarini va jahlini tizginlay bilmaydi. Lekin bi-

roz vaqt o‘tgach so‘ngan vulqondek osoyishta bo‘lib qola-

di. Uni to‘g‘ri tushunish va  

sabr-toqatli bo‘lish ke 

rak. 


Kuch-g‘ayratini namoyon qilishiga imkoniyat yaratish va 

ma’lum natijaga erishish yo‘lini izlash lozim. Arzima-

gan narsaga «pov» etib yonadigan bolaga uy ham ko‘cha 

ham torlik qiladi unga miriqib o‘ynash, yugurish, o‘mbaloq  

oshish uchun sharoit yaratish kerak. Kesatiqqa, masxaraomuz 

gaplarga o‘ta sezgir bo‘lib, salbiy javob qaytaradi, o‘chakishadi.



Sangvinik mijozli bolalar

Bola harakatchan, epchil. Diqqati o‘zgaruvchan, bir nar-

saga bir daqidadan ko‘p e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni 

kichkina chumchuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyga 

bo‘lishga ulguradi, hamma narsani bilishga intiladi. Katta-

larga uning xatti-harakati yoqavermaydi. Barcha uni bir dek 

jiddiy emas, e’tiborsiz, o‘z-o‘zini boshqara olmaydi deydilar-

u, baribir yaxshi ko‘radilar, ko‘rmasalar sog‘inadilar. Chu-

chuktomoq, tez-tez va oz-ozdan tamaddi qiladi. Mevalar-

ga o‘ch, tuzlamalarni jon-jon deb yeydi. Tez uxlab, erta 

uyg‘onadi. Uning  ichki dunyosi tuyg‘ularga boy, ammo bu 



206

munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday bola-

ga ta’sir ko‘rsatish uchun  uning hurmatini, ijobiy munosa-

batini qozonish lozim. Kayfiyatining o‘zgaruvchanligini 

hisobga olib, kun tartibini qiziqarli tashkil qilish ke 

rak. 


Bunday bola yangi ishga berilib kirishib ketadi, lekin ish-

dan tez sovushi mumkin. Darsda pari 

shonxotirligi bi-

lan ajralib turadi. Tevarak-atrofda ro‘y berayotgan ham-

ma narsa uning diqqatini o‘ziga tortadi. U qobiliyatli, kitob 

o‘qishni yaxshi ko‘radigan, hamma narsaga qizi qadigan bo-

la bo‘lsada, unda yetarlicha matonat yo‘q. Shoshqaloq-

ligidan yozma ishda ko‘p xato qiladi. Yomon baho olgandan 

keyin yig‘lab yuborishi mumkin, lekin 5 daqiqadan keyin  

uning quvnoqligi tutib, kulib turganini ko‘rasiz. Bu bolalar 

hech narsani o‘zlariga qattiq olmaydilar, bergan va’dalarini 

tez unutib qo‘yadilar. Biror narsaga qiziqib ketsa, dunyoda-

gi hamma narsani unutadi va bu qiziqish barqaror xarakter 

kasb etadi. Bunday bola o‘zining harakatchanligi, quvnoqli-

gi, gapga kirishi, yuz ifoda sining jonliligi bilan yoqimlidir. 

Lekin unga ko‘proq tanbeh be rishga to‘g‘ri keladi.



Melanxolik mijozli bolalar

Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish 

mumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga torta-

di, tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qi-

yin. Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldi-

rish amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning 

mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Le-

kin unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, bar-

moqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar 

g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob 

o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli 

ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-er-

kin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin, 

u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani, 

uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bi-

lan shug‘ullanishi sa babli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida 

be zovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi, 



207

qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odam-

ovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasal-

mand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlari-

ga doimo yordamga tayyor.

Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining 

quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyat-

larini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bi-

lan uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish