Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Melanxolik – sentizivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz, 

arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va 

mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust 

o‘zgaradi. Rigid, interavertlashgan.



Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari

I.P. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3 

ta oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan:

1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga 

bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va 

 ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.

2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘z-

g‘alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini tuta bilishi, bosiq-

lik kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi.

3. Harakatchanlik, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jara-

yonidagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakat-

chanligi ma’nosida.

I.P. Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni 

hisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam hollar-

da namoyon bo‘ladi.

Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlar-

da qarab chiqilgan biron-bir xususiyati bilan emas, balki doi-

mo ular ning majmui bilan belgilanadi. Ko‘p sonli laboratoriya 

tajribalari ko‘rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari 

boshqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi yoki ancha yaqqol 




200

ko‘rinadi. Natijada Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy tipla-

rini yaratdi. Nerv jarayonlarining kuchiga bog‘liq holda itlar 

kuchli va kuchsizlarga bo‘linadi.

Nerv sistemasining tiplari

Kuchli 


muvozanatli 

harakatchan

Sangvinik

Kuchli 


muvozanatsiz 

behalovat

Xolerki

Kuchli  


muvozanatli 

kamharakat

Flegmatik

Kuchsiz 


(sezgir,ziyrak) 

Melanxolik

Temperament turlari

Kuchsiz jonivorlar – bir xil tipni tashkil qiladi, bu tip ning 

vakillarida ikkala nerv jarayonida, ayniqsa tormozlanish ja-

rayoni ojiz hisoblanadi, bunday itlar besaronjom bo‘lishadi, 

to‘xtovsiz akillayveradi yoki bamisoli bir xil holatda turavera-

di. Tashqi ta’sirlar hatto ba’zan arzimagan ta’sirlar ham ular-

ga ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq davom etgan qo‘zgatuvchilar 

ular da nerv sistemasini tez ishdan chiqishini keltirib chiqaradi.

Kuchli hayvonlar – muvozanatlashganlik bo‘yicha ajra-

tiladi. Kuchli muvozanatsizlar alohida tipni tashkil etadi. 

Muvozanatsiz lik kuchli itlar o‘rtasida bir xil shaklda kuchli 

qo‘zg‘alish jarayo ni bilan muvozanatlashganligi sababli bu hay-

vonlarda faoliyat juda zo‘riqqan, ko‘pincha nerv faoliyatida bu-

zilish ro‘y beradi. Ko‘p hollarda bu urishqoq, haddan tashqari 

qo‘zg‘aluvchan hayvonlardir. Kuchli muvozanatlilar o‘z nav-

batida nerv jarayonlarining almashinuviga, harakatchanligi-

ga qarab jonli va bosiq tiplarga bo‘linadi. Xatti-harakatning 

tashqi xususiyatlariga qaraboq bu tiplarning vakillari bir-biri-

dan farq qiladi. Bir xillari tez qo‘zg‘aluvchan va harakatchan, 

boshqalari sust qiyinchilik bilan qo‘zg‘aladi. Oliy nerv faoliyat-

ning 4 asosiy tipi farqlangan:



201

1.  Kuchli muvozanatli va tez (jonli).

2.  Kuchli muvozanatsiz (behalovat).

3.  Kuchli muvozanatli va sekin (osoyishta).

4.  Kuchsiz tip.

Nerv faoliyatining tipi organizmning tabiiy xususiyatidir. 

U nas liy jihatdan bog‘liq, biron-bir darajada o‘zgarmas hisob-

lanmaydi, u rivojlanadi va ma’lum darajada atrofdagi sharoit-

lar ta’siri ostida o‘zgaradi. Eksperimentlarda shu narsa aniqla-

nadiki qo‘zg‘alish ustun turgan kuchli tipda kuchli mashq qilish 

yo‘li bilan tormozlanish jarayonini mustahkamlash mumkin. Ya-

na shu narsa ma’lumki, nerv jarayoni xususiyatlari yoshga qarab 

o‘zgarishi mumkin. «Biz, – deb yozadi I.P. Pavlov, – itda aniqlan-

gan nerv sistemasi tipini... odamga tatbiq qilishga to‘la haqlimiz».



Tepmerament va tarbiya

Temperament xususiyatlarini yoshlikdan tarbiyalab borish 

ke rak. Buning uchun bolaning qaysi temperament tipiga taal-

luqli ekanini aniqlash lozim. Masalan, chaqaloq yig‘loq, besa-

ranjon bo‘lsa harakatchan tipga, tinch, kam yig‘laydigan bo‘lsa 

flegmatik bo‘lishi mumkin. Bolalar temperamentini maxsus 

o‘yinlar orqali o‘rganish mumkin. Masalan, xona ning 2 to-

moniga stol qo‘yiladi, 20 ta kubik va kurakcha qo‘yib, kubiklar-

ni kurakchaga taxlab 2-stolga ko‘chirish taklif qilinadi. Xo-

lerik tipdagi bola ishni bi rinchi bo‘lib bajaraman deb shoshilib 

kubiklarni to‘kib yuboradi. Melanxonik men buni qila olmay-

man deydi, flegmatik shoshmasdan sekin bajaradi.

Temperament odamga tug‘ma ravishda berilsa ham tarbiya-

ning ta’siri va hayot sharoiti davomida o‘zgartirish mumkin. 

Bunda o‘z-o‘zini tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Kuchsiz 

tipdagi bolalar tez charchab qoladilar. Kuchli temperamentga 

ega bola esa ishga kirishish uchun biroz taraddudlanadi, ammo 

topshiriqni uzoqroq bajaradi. Sport musobaqalarida ham kuch-

lilar yaxshiroq natija ko‘rsatadi, kuchsizlari o‘zlarini yo‘qotib 

qo‘yadilar. Qo‘zg‘aluvchan bolaga o‘zini tuta bilish malakasini 

tarbiyalash ma’lum sharoitlarda o‘zini to‘xtata olishga o‘rgatish 

lozim. Kuchsiz tipdagi bolalarga ko‘p harakat qilish, faollik 

ko‘rsatish imkonini berish lozim. Mashg‘ulotlarda bunday bola-



202

lardan tez-tez so‘rab turish kerak, ularga faollik va chaqqon-

likni talab qiladigan vazifalarni topshirish kerak. Kuchsiz tip-

dagi bolalar ishchanlik holatlarini kuchli tipdagilarga nisbatan 

tez yo‘qotadilar, shuning uchun ularni charchashlikkacha olib 

bormaslik kerak, aks holda tormozlanish jarayoni boshlanishi 

mumkin. Muntazam olib boriladigan mashqlar kuchsiz nerv 

sistemasini mustahkamlaydi, ularning ishchanlik qobiliyatini 

oshiradi. Nerv sistemasi kuchsiz bolalar yangi sharoitga qiyin 

ko‘nikadilar, yangiliklardan qochadilar.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish