Melanxolik
Xolerik
Flegmatik
Sangvinik
introversiv 0
24 ekstroversiv
12
0
Flegmatik
Melanx
o
lik
213
Xolerik
Sangvinik
5.3. Xarakter.
Xarakter haqida umumiy tushuncha
Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug‘ullanar
ekan, o‘zini shaxs sifatida namoyon qiladi, o‘zining atrof-
muhitga, odamlarga, o‘z ishiga va o‘z-o‘ziga munosabatini
ifodalaydi. Ba’zan ana shu munosabatning ko‘rinishlari odat-
dan tashqari, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masa-
lan, maktab o‘quvchisi o‘z o‘rtoqlari uchun kutilma ganda ar-
zimagan narsadan jahli chiqib ketadi. O‘rtoqlari
uning bu
xulqidan taajjublanadilar, chunki odatda bu bola yuvosh,
xushmuomala edi. Uning uchun qo‘pollik tipik hodisa emas
edi. Boshqa bir o‘quvchi ko‘pincha atrofdagilar bilan keskin va
qo‘pol muomalada bo‘ladi. Bu narsa uning uchun tipik barqa-
ror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo‘lib, bu uni shaxs
sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xu-
susiyatni uning xarakteriga xos xususiyatlardan biri deb hisob-
lash mumkin.
Jamiyat a’zosi, kishining voqelikka munosabatida vujud-
ga keladigan va uning xulq-atvori hamda harakatlarida ta’sir
qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui
xarakter (yunon. charaktir – belgi, nishon, xislat) deyiladi.
Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni
yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni
214
ifodalaydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif
kishini «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazar-
dan qaraganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz»
kishida ham xarakter bor.
Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan
juda oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun
ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qan-
day tutishini oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi
ko‘p narsa kishi ning dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ide-
allariga, ijtimoiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq
bo‘ladi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarning xarak-
terlaridagi farqlarning sa babi ana shundadir.
Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mut-
laqo bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilar-
ning xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yo-
ki hatto butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki
xarakter to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab
fikr yuri tish mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning
kim ekanligini hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi.
Shuning uchun ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar
ekanlar, ularning asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga inti-
ladilar. Kishi faoliyatida qanday psixik jara yonlar ustun turishi-
ga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emotsional va iro-
da xususiyatlariga ajratish mumkin.
Xarakterning fiziologik asoslari
Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyati-
ning tug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining
fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv siste-
masining tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga muno-
sabati haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv
faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq tu-
ri genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi
sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat
bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoli-
yat bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hay-
vonning mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqi
215
muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan,
xarakterdan iboratdir».
Garchi I.P.
Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa
ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shu-
ni esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishi-
ga faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi
ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi tempe-
rament xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat
nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xu-
susiyatlar belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliya-
ti jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik
jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan tempera-
mentga bog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks eta-
di. Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sha roit,
ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega
bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi.
Xarakterda munosabatning ifodalanishi
Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan
xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabati-
ni ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik,
hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik,
beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilar-
ga nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.
2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalov-
chi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik,
mas’uliyatlik va aksi.
3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususi-
yatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.
4.
Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi
xususi
yatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik,
mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm
(o‘z-o‘zini ha misha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |