Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Flegmatik mijozli bolalar
Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib,
uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib,
tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi
va faoli yatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mum-
kin. O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay ba-
jaradi. Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi.
U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi
mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nis-
batan puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga
ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-tu-
rib javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bo-
la o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u
zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya
va kashfiyotlardan yiroq dir. Murg‘aklik chog‘laridanoq uning
tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini
taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech
kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini
xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashi-
shi mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq
bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi ku-
zatiladi. Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma
uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qil-
maydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun
katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javob-
garlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bola-
lar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday
bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.
Xolerik mijozli bolalar
Bunday bola o‘z istagi va maqsadini amalga oshirishi uchun
hech narsadan tap tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi,
205
qaysarlik qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsa
uning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz ifodasi jonli. U
goho qaysar, intiluvchan va tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz,
beixtiyor «bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyuk
xayolpa rast», O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-tomizmay
san’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera oladi. Xolerik mi-
jozli bolani olov bilan qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasm
solganda qizil, to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqea-
hodisa larni ifodali qilib aks ettiradi.
O‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga nisbatan oqibatli bo‘lib, ular-
ga qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ta’lim jarayoni uni biroz
qiy nasa ham o‘qish zarurligini sezgan holda, bor kuchini aya-
maydi. U kam uxlasada tetik yuradi, ishtaha bilan ovqatlanadi.
Uning fikr-mulohazalari o‘rinli ekani sizni hayratga sola-
di, bu tabiiy hol. Uning fikrlash jarayonini ta’riflash va
sharhlash qiyin bo‘ladi. U kuch ta’siri ostida o‘z tuyg‘ularini,
kechinmalarini va jahlini tizginlay bilmaydi. Lekin bi-
roz vaqt o‘tgach so‘ngan vulqondek osoyishta bo‘lib qola-
di. Uni to‘g‘ri tushunish va
sabr-toqatli bo‘lish ke
rak.
Kuch-g‘ayratini namoyon qilishiga imkoniyat yaratish va
ma’lum natijaga erishish yo‘lini izlash lozim. Arzima-
gan narsaga «pov» etib yonadigan bolaga uy ham ko‘cha
ham torlik qiladi unga miriqib o‘ynash, yugurish, o‘mbaloq
oshish uchun sharoit yaratish kerak. Kesatiqqa, masxaraomuz
gaplarga o‘ta sezgir bo‘lib, salbiy javob qaytaradi, o‘chakishadi.
Sangvinik mijozli bolalar
Bola harakatchan, epchil. Diqqati o‘zgaruvchan, bir nar-
saga bir daqidadan ko‘p e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni
kichkina chumchuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyga
bo‘lishga ulguradi, hamma narsani bilishga intiladi. Katta-
larga uning xatti-harakati yoqavermaydi. Barcha uni bir dek
jiddiy emas, e’tiborsiz, o‘z-o‘zini boshqara olmaydi deydilar-
u, baribir yaxshi ko‘radilar, ko‘rmasalar sog‘inadilar. Chu-
chuktomoq, tez-tez va oz-ozdan tamaddi qiladi. Mevalar-
ga o‘ch, tuzlamalarni jon-jon deb yeydi. Tez uxlab, erta
uyg‘onadi. Uning ichki dunyosi tuyg‘ularga boy, ammo bu
206
munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday bola-
ga ta’sir ko‘rsatish uchun uning hurmatini, ijobiy munosa-
batini qozonish lozim. Kayfiyatining o‘zgaruvchanligini
hisobga olib, kun tartibini qiziqarli tashkil qilish ke
rak.
Bunday bola yangi ishga berilib kirishib ketadi, lekin ish-
dan tez sovushi mumkin. Darsda pari
shonxotirligi bi-
lan ajralib turadi. Tevarak-atrofda ro‘y berayotgan ham-
ma narsa uning diqqatini o‘ziga tortadi. U qobiliyatli, kitob
o‘qishni yaxshi ko‘radigan, hamma narsaga qizi qadigan bo-
la bo‘lsada, unda yetarlicha matonat yo‘q. Shoshqaloq-
ligidan yozma ishda ko‘p xato qiladi. Yomon baho olgandan
keyin yig‘lab yuborishi mumkin, lekin 5 daqiqadan keyin
uning quvnoqligi tutib, kulib turganini ko‘rasiz. Bu bolalar
hech narsani o‘zlariga qattiq olmaydilar, bergan va’dalarini
tez unutib qo‘yadilar. Biror narsaga qiziqib ketsa, dunyoda-
gi hamma narsani unutadi va bu qiziqish barqaror xarakter
kasb etadi. Bunday bola o‘zining harakatchanligi, quvnoqli-
gi, gapga kirishi, yuz ifoda sining jonliligi bilan yoqimlidir.
Lekin unga ko‘proq tanbeh be rishga to‘g‘ri keladi.
Melanxolik mijozli bolalar
Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish
mumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga torta-
di, tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qi-
yin. Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldi-
rish amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning
mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Le-
kin unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, bar-
moqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar
g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob
o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli
ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-er-
kin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin,
u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani,
uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bi-
lan shug‘ullanishi sa babli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida
be zovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi,
207
qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odam-
ovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasal-
mand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlari-
ga doimo yordamga tayyor.
Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining
quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyat-
larini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bi-
lan uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |