Melanxolik – sentizivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz,
arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va
mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust
o‘zgaradi. Rigid, interavertlashgan.
Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari
I.P. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3
ta oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan:
1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga
bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va
ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.
2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘z-
g‘alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini tuta bilishi, bosiq-
lik kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi.
3. Harakatchanlik, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jara-
yonidagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakat-
chanligi ma’nosida.
I.P. Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni
hisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam hollar-
da namoyon bo‘ladi.
Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlar-
da qarab chiqilgan biron-bir xususiyati bilan emas, balki doi-
mo ular ning majmui bilan belgilanadi. Ko‘p sonli laboratoriya
tajribalari ko‘rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari
boshqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi yoki ancha yaqqol
200
ko‘rinadi. Natijada Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy tipla-
rini yaratdi. Nerv jarayonlarining kuchiga bog‘liq holda itlar
kuchli va kuchsizlarga bo‘linadi.
Nerv sistemasining tiplari
Kuchli
muvozanatli
harakatchan
Sangvinik
Kuchli
muvozanatsiz
behalovat
Xolerki
Kuchli
muvozanatli
kamharakat
Flegmatik
Kuchsiz
(sezgir,ziyrak)
Melanxolik
Temperament turlari
Kuchsiz jonivorlar – bir xil tipni tashkil qiladi, bu tip ning
vakillarida ikkala nerv jarayonida, ayniqsa tormozlanish ja-
rayoni ojiz hisoblanadi, bunday itlar besaronjom bo‘lishadi,
to‘xtovsiz akillayveradi yoki bamisoli bir xil holatda turavera-
di. Tashqi ta’sirlar hatto ba’zan arzimagan ta’sirlar ham ular-
ga ortiqcha ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq davom etgan qo‘zgatuvchilar
ular da nerv sistemasini tez ishdan chiqishini keltirib chiqaradi.
Kuchli hayvonlar – muvozanatlashganlik bo‘yicha ajra-
tiladi. Kuchli muvozanatsizlar alohida tipni tashkil etadi.
Muvozanatsiz lik kuchli itlar o‘rtasida bir xil shaklda kuchli
qo‘zg‘alish jarayo ni bilan muvozanatlashganligi sababli bu hay-
vonlarda faoliyat juda zo‘riqqan, ko‘pincha nerv faoliyatida bu-
zilish ro‘y beradi. Ko‘p hollarda bu urishqoq, haddan tashqari
qo‘zg‘aluvchan hayvonlardir. Kuchli muvozanatlilar o‘z nav-
batida nerv jarayonlarining almashinuviga, harakatchanligi-
ga qarab jonli va bosiq tiplarga bo‘linadi. Xatti-harakatning
tashqi xususiyatlariga qaraboq bu tiplarning vakillari bir-biri-
dan farq qiladi. Bir xillari tez qo‘zg‘aluvchan va harakatchan,
boshqalari sust qiyinchilik bilan qo‘zg‘aladi. Oliy nerv faoliyat-
ning 4 asosiy tipi farqlangan:
201
1. Kuchli muvozanatli va tez (jonli).
2. Kuchli muvozanatsiz (behalovat).
3. Kuchli muvozanatli va sekin (osoyishta).
4. Kuchsiz tip.
Nerv faoliyatining tipi organizmning tabiiy xususiyatidir.
U nas liy jihatdan bog‘liq, biron-bir darajada o‘zgarmas hisob-
lanmaydi, u rivojlanadi va ma’lum darajada atrofdagi sharoit-
lar ta’siri ostida o‘zgaradi. Eksperimentlarda shu narsa aniqla-
nadiki qo‘zg‘alish ustun turgan kuchli tipda kuchli mashq qilish
yo‘li bilan tormozlanish jarayonini mustahkamlash mumkin. Ya-
na shu narsa ma’lumki, nerv jarayoni xususiyatlari yoshga qarab
o‘zgarishi mumkin. «Biz, – deb yozadi I.P. Pavlov, – itda aniqlan-
gan nerv sistemasi tipini... odamga tatbiq qilishga to‘la haqlimiz».
Tepmerament va tarbiya
Temperament xususiyatlarini yoshlikdan tarbiyalab borish
ke rak. Buning uchun bolaning qaysi temperament tipiga taal-
luqli ekanini aniqlash lozim. Masalan, chaqaloq yig‘loq, besa-
ranjon bo‘lsa harakatchan tipga, tinch, kam yig‘laydigan bo‘lsa
flegmatik bo‘lishi mumkin. Bolalar temperamentini maxsus
o‘yinlar orqali o‘rganish mumkin. Masalan, xona ning 2 to-
moniga stol qo‘yiladi, 20 ta kubik va kurakcha qo‘yib, kubiklar-
ni kurakchaga taxlab 2-stolga ko‘chirish taklif qilinadi. Xo-
lerik tipdagi bola ishni bi rinchi bo‘lib bajaraman deb shoshilib
kubiklarni to‘kib yuboradi. Melanxonik men buni qila olmay-
man deydi, flegmatik shoshmasdan sekin bajaradi.
Temperament odamga tug‘ma ravishda berilsa ham tarbiya-
ning ta’siri va hayot sharoiti davomida o‘zgartirish mumkin.
Bunda o‘z-o‘zini tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Kuchsiz
tipdagi bolalar tez charchab qoladilar. Kuchli temperamentga
ega bola esa ishga kirishish uchun biroz taraddudlanadi, ammo
topshiriqni uzoqroq bajaradi. Sport musobaqalarida ham kuch-
lilar yaxshiroq natija ko‘rsatadi, kuchsizlari o‘zlarini yo‘qotib
qo‘yadilar. Qo‘zg‘aluvchan bolaga o‘zini tuta bilish malakasini
tarbiyalash ma’lum sharoitlarda o‘zini to‘xtata olishga o‘rgatish
lozim. Kuchsiz tipdagi bolalarga ko‘p harakat qilish, faollik
ko‘rsatish imkonini berish lozim. Mashg‘ulotlarda bunday bola-
202
lardan tez-tez so‘rab turish kerak, ularga faollik va chaqqon-
likni talab qiladigan vazifalarni topshirish kerak. Kuchsiz tip-
dagi bolalar ishchanlik holatlarini kuchli tipdagilarga nisbatan
tez yo‘qotadilar, shuning uchun ularni charchashlikkacha olib
bormaslik kerak, aks holda tormozlanish jarayoni boshlanishi
mumkin. Muntazam olib boriladigan mashqlar kuchsiz nerv
sistemasini mustahkamlaydi, ularning ishchanlik qobiliyatini
oshiradi. Nerv sistemasi kuchsiz bolalar yangi sharoitga qiyin
ko‘nikadilar, yangiliklardan qochadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |