Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet213/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yasash kerakligi aytiladi. Eks-


417




Rasmlarning

Rasmlarning

So‘zlarning

So‘zlarning

1-seriyasi

2-seriyasi

1-qatori

2-qatori

no‘xot

chig‘anoq

karton

telefon

eshak

krovat

vagon

hafta

kalit

quvur

dehqon

so‘m

arava

nok

pianino

arra

qo‘ng‘iroqcha

supurgi

bodring

uy


va hakozo, hammasi bo‘lib 6 ta so‘zlar to‘plami mavjud.


Tajriba o‘tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 6 ta rasm ikki seriyada va 6 ta so‘zlar to‘plami 2 qatorda kerak bo‘ladi.

Ko‘rish xotirasi o‘rganilayotganda quyidagi qo‘llanma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasm- larni ko‘rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda ayta- siz. Rasmlarning har biri 2 soniya ko‘rsatiladi, 10 soniya tanaf- fusdan keyin sinaluvchi predmetlarni hamda rasmda qo‘shib qo‘yilgan predmetlarning nomini yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasi boshqa kuni, so‘zlar qatori bo‘yicha tajribalar ham boshqa kuni o‘tkaziladi.

Sinaluvchiga quyidagi qo‘llanma beriladi: «Men hozir sizga so‘zlar qatorini o‘qib beraman, siz bo‘lsa eshitib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qatoriga sinaluvchi aytgan barcha so‘zlarni takrorlan-


418





ganlarini ham, yo‘q so‘zlarini qo‘shib qo‘yganlarini ham yo- zib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o‘lchash orqa-

  1. tahlil qilinishi mumkin.

«Rasmda nima berkitilgan?» metodikasi

Ko‘rsatma: «Rasmda senga tanish bo‘lgan buyumlar chizil- gan. Ularning har birini birma-bir aytib ber».

Vazifani bajarishga bir daqiqa vaqt beriladi.

Natijalarni baholash:

10 ball — vazifani 20 sekund davomida bajardi;

8—9 ball — vazifani 21—30 sekund davomida bajardi;

  1. 7 ball — vazifani 31—40 sekund davomida bajardi;

4—5 ball — vazifani 41—50 sekund davomida bajardi;

2—3 ball — vazifani 41—50 sekund davomida bajardi;

0—1 ball — vazifani bajarishga 60 sekunddan ko‘p vaqt sarf- lab uni bajara olmadi.


Rivojlanish darajasi:

10 ball — juda yuqori, 8­2—3
ball — past, 0—1 ball -


-9 ball — yuqori, 4- juda past.


7 ball — o‘rta,





419



«Chalkashliklar» metodikasi


Bu metodika yordamida bolaning atrof-muhit to‘grisidagi obrazli tasavvurini hamda olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mantiqiy tafakkur munosabatlarini bilishini va o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifodalay olishini o‘rganishga yordam beradi.

Ko‘rsatma: «Bu rasmga diqqat bilan qarab, uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri chizilganini aniqla. Agarda xato topsang uni ko‘rsatib, nima uchun xato ekanligini tushuntirib ber. Aslida bu narsalar qanday bo‘lishi kerakligini aytib ber».

Vazifani bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.

«Nimaligini top!» metodikasi

Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatilib (qolganlari qog‘oz bi­lan berkitiladi) bu rasmda nima chizilganini topish so‘raladi. Vazifani bajarishdan avval bolaga boshqa rasm yordamida na- muna ko‘rsatiladi. Vazifani bajarishga o‘n sekund vaqt beriladi.

Agar bola ushbu vaqt davomida vazifani bajara olmasa rasmning B qismi ochib ko‘rsatiladi va hokazo. Rasmni aniq- lashga sarflangan umumiy vaqt hisobga olinadi.

Natijalarni baholash:

10 ball — vazifani 10 sekund davomida A variantida bajardi.

  1. 9 ball — vazifani 11—20 sekund davomida B varianti ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.

4—6 ball — vazifani 21—30 sekund davomida D varianti ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.

2—3 ball — vazifani 30—40 sekund davomida E varianti ko‘rsatilgandan so‘ng bajardi.

0—1— ball — A,B,D variantlar ko‘rsatilib 50 sekunddan ko‘p vaqt sarflab vazifani bajara olmadi.

Rivojlanish darajasi:

  1. ball — juda yuqori;

  1. 9 ball — yuqori;

  1. 7 ball — o‘rta;

  1. 3 ball — past;

  1. 1 ball — juda past.


420






a


b


d


e


Nazorat savollari:

  1. Psixodiagnostika fani nimani o‘rganadi?

  2. Psixodiagnostikaning vazifalari va xususiyatlari nimadan iborat?

  3. Diagnoz qo‘yish bosqich turlarining nomlarini ayting va ular haqida tushuncha bering?

  4. Psixodiagnostik tadqiqotlar qanday maqsadlarda qo‘l- laniladi?

  5. Sensomotor haqida tushunchalar bering?

  1. Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan

tayyorlash

Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, mak­tab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi.

Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini ta­lab qiladi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik his- lari bo‘lishi kerak.


421





Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bola­lar maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlari- da ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlash- gan bolalar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichki- nalar» qatoriga tulhib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak.

Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan bi- ri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ularning taraqqiyot darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida maktabdagi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’lim- tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.

Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Bolalarning maktabga chiqishlari doimo nazar­da tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol hamda tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D. Ushinlkiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egal- lashlari ularning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyor- lov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyorlashda ular­ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash- da ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta gu- ruh bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvat- lashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun mak­tab va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish ham­da yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshi


422





natija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalar­ning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab­dagi yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ularda o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktab­dagi o‘qish jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ay­rim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlashda hal qiluvchi omil emas, chun­ki bu yerda yosh masalasi ham bor.

Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugal- lanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan bosh­lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraq- qiyot darajasi bilan aniqlanadi.

Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor­ligi shaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Le- kin ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yosh­ga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi­lishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, ja­moada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning tur­mush tajribasi anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxira-


423





si ko‘payadi. Natijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladigan bo‘ladi.

Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mus- tahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurol- laridan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davr- da ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsa- lar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqa- nidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini ido- ra qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odat- lanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z nav- batida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’- lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Bolalarda 5—6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini bel- gilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kiri- shishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqish- dan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktabga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining mak­tabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixo­logik tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olish- ga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idroki- ning o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bolaning qiziquvchanli- gi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.


424



Bolaning maktabga tayyorgarligi





Ko‘rib turganimizdek, bolalarning maktabga psixologik ji­hatdan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bi- langina baholana olmaydi.

Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi ha- qida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslan- gan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazi­fasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, od­diy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim- tarbiya jarayoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblan- sa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchan-


425





ligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.

Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar tur­

  1. uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixo- log bolaning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik to- mondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyat- lari, holatlarini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalarning rivojlanishi va maktabga tayyorlash das- turining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi, ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yet- ib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tay- yorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talab- larining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tar- biyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasi- da yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishti- rish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.

Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmun- cha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i ke- yinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shu- larning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bi­


426





lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida ko‘rinadi.

Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlash- da quyidagi testlardan foydalanish mumkin.

  1. test. Ushbu test 6—7 yoshli bolalarning obrazli tafak- kurini aniqlashga qaratilgan.

«To‘rtinchisi ortiqcha».

Bolaga ketma-ket ravishda har birida 4 tadan tanish predmet- lar tasvirlangan 10 ta kartochka ko‘rsatiladi. 4 tadan 3 tasi bir guruhga taalluqli. Bola ortiqcha bo‘lgan bir predmetni aniq- lashi va nima uchun ortiqchaligini tushuntirib berishi lozim.


  1. Download 2,28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish