Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan- lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur



Download 2,28 Mb.
bet210/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan- lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

  1. tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniq- lash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatla- rini aniqlash;

  2. sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;

d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulo- qotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.

Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bola- ga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiy- nalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnos- tika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqa- loqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlar- ni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakat- larni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan top- shiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1—2 yoshli bolalar sensamo- tor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligi- ga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘rsatkichga qancha­lik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bola- lar motor harakati rivojlanishida kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifatida qalalishi kerak.


414





Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini bar­cha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xato- dir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (R.N. Myussen, 1987).

Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda pred- metlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli- gini aniqlab beradi.

Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik meto- dikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish