Bolalarning qiziqishlari va «bilishga ehtiyoj- lari» o‘rganishga turtki beradi.
|
Bolalar o‘zlarining tajribalarini bilishlari kerak. Guruh xonalarida tarbiyachi bolaning o‘rganishga qizi- qishini oshiradigan yo‘llarni topib, bolalarga muam- molarni birga hal qilishga yordam beradi. Bolalarning ehtiyojiga javob beradigan mashg‘ulotlar bilan bolaning qiziquvchanligi, e’tibori va o‘zini boshqara olishi ortadi.
|
Insonning rivojlanishi va o‘rganishi uning shaxs xususiyat- lari turli xil ekanligi bilan ta’riflanadi.
|
Shaxs xususiyatlari turli ekanliklari oddiy hayot ha- qiqatidir. Har bir shaxsning o‘ziga xos rivojlanish ja- rayoni mavjud. Oilaviy va madaniy muhit ham tur- licha bo‘ladi.
|