bo‘lib ishlayotganliklarini, qanday mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etayotganliklarini bilib oladilar.
Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nis- batan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kat- talarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalar- ning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar ona- lari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalarni (dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilar- ni yig‘ishtirib, supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayot- gan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehnatining natijasiga emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterligidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho be- rib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbi- yalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalar baja- radigan ishni kattalarning o‘zlari birpasda qilib qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol bor: «Bolani ishga buyur, ketidan o‘zing yugur». Bu juda to‘g‘ri, ha- yotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday ba- jarayotganliklarini kuzatib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki aniqovliklaridan emas, balki eplay olmas- liklaridan biron narsani tushirib, singdirib yuborishlari mum- kin. Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda bolani «An- qov, merov, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi?» deyish yoki urish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya ol- maydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.
322
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tar- biyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar birgalikda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchi- si qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stul- chalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqadi. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar. Bolalar bunday mehnatda jon-u dili bilan qatnashadilar.
O‘rta va katta guruh yoshidagi bolalarga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masa- lan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qi- lish, bog‘cha uchastkasida ishlash, oshxonada va guruhda nav- batchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar.
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan bata- mom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi- lar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lo- zimligini tushunadi. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ish- lariga zo‘r ishtiyoq bilan yordamlashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama jismoniy, psixik, estetik, axloqiy tomondan rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |