0 ‘z-o ‘zini tekshirish uchun savollar
/.
Kichik guruhda o yin faoliyatining rivojlanishi uchun zarur shartlami
aytib bering.
2. 0 ‘rta guruhda o yin faoliyatining rivojlanishi uchun zarur shartlami
aytib bering.
3. Katta guruhda o yin faoliyatining rivojlanishi uchun zarur shartlami
aytib bering.
4. Maktabga tayyorlov guruhida o yin faoliyatining rivojlanishi uchun
zarur shartlami aytib bering.
3.3. Sujetli-rolli o‘yinlarning mazmuni va usullari
Bolalami bog‘chaga kelganining birinchi kunidanoq pedagoglar ular
bilan o ‘yinchoqlarga nisbatan avaylash m unosabatida b o ‘lish
ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlami
olib borishlari kerak. Uch-to‘rt yoshli aqli zaif bolalar tarbiyachi
rahbarligida o‘yinchoqlami joy-joyiga tartibii qo‘yib chiqishga iqtidori
yetadi. Tarbiyachi bolalami kuzatmayotganida o‘yinchoqlami sindirishlari,
ulami otishlari, g‘ajishlari, so‘rishlari, nojya harakatlami qilishlari
mumkin emas. 0 ‘yinchoqlar doim tartibli bo‘lishi, ko‘rkam ko‘rinishi
kerak: qo‘g‘irchoqlar ozoda, yasangan, qulay kiyingan, mashinalarbutun,
idish-tovoqlar tokchalarda toza va tartibli qo‘yilgan va boshqalar. Kattalar
o‘yinchoqning sinishi va buzilishining har bir holatini nazorat qilishga
majbur, unga ayamasdan munosabatda boiishga yoi qo‘ymasligi kerak.
Bola tashlab yuboigan qo‘g‘irchoqni ko‘tarib olishi, bolalaming ko‘z
oldida unga rahmi kelishi, erkalashi; ag‘anab yotgan mashinani olib uni
ko‘zdan kechirishi, g‘Udiraklarining butunligini tekshirishi kerak.
Tajribaning ko‘rsatishicha, kichik yoshdagi aqli zaif bolalar bilan
o‘yinchoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha
maqsadga qaratilgan ishlar olib borish kerak. Birinchi navbatda
kichkintoylarga o‘yin jarayonida o‘yinchoqlarini almashib o‘ynashni
o‘rgatish zamr. Bu yo‘nalishda tarbiyachi maxsus o‘yin mashqlarini
tkazishi uchun, o‘yin jarayonida almashishlarni tabiiy, talablarga
muvofiq qilsagina ko‘proq samaraga erishiladi. Masalan: tarbiyachi
bolalami stulchalarga o‘tqizadi, ulardan biriga o‘yinchoqli katta savatni
yoki qutini topshiradi va bolaga o‘yinchoqlami tarqatishni taklif qiladi.
Bola o‘zida katta odamning ishonchini his qiladi va shu paytda
o‘rtoqlariga nisbatan hotamtoy boiish unga yoqadi. 0 ‘yinchoqni
topshirar ekan, u, albatta: «Ayiqchani (mashinani, qo‘g‘irchoqni) iltimos
olgin» deb gapiradi. Hamma o‘yinchoqlar tarqatilganidan keyin bolalar
o‘yin burchagida ulami o‘ynaydilar. Tarbiyachi 15—20 daqiqa vaqt
o‘tganidan keyin, bolalaming o‘yinchoq o‘ynab boiaganiga ishonch
hosil qilib, ulardan o‘yinchoqlarini olib yana stulchalaiga o‘tirishlarini
iltimos qiladi. Bundan keyin u bolalaiga o‘yinchoqlarini bir-birlari bilan
almashtirishni (Lola Naigizaga bu aravachani ber, u esa senga o‘zining
aig‘imchog‘ini beradi) taklif qiladi va bir-birlariga rahmat aytadilar.
Bunday mashqlar 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Bolalar bir necha
marta o‘yinchoqlami almashganlaridan so‘ng ular o‘yinchoqlarini ancha
xotiqamlik bilan qaytarib beradilar.
Katta yoshdagi bolalar o ‘yin tugaganidan keyin m ustaqil
o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib olishga o‘rgatiladi, ulami zarur bo‘lganida
doimiy tartibga solib turadilar, tarbiyachi rahbarligida oyda ikki marta
o‘yin burchagini tozalash ishlarini olib boradilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning o‘yin faoliyatini
rivojlantirishning muhim sharti tizimli o‘yinga o‘rgatish, hamda kundalik
turmushdagi ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish hisoblanadi.
Defektolog jadvalga muvofiq haftada bir necha marta o‘yinga o‘rgatish
mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. U « 0 ‘yin» bo‘limining dasturini amalga
oshirish ishini boshqaradi. Har kuni kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi
o‘yinga o‘rgatish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Defektolog o‘yinga o‘rgatishga kirishishdan oldin o‘quv yilining
boshida har bir bolaning o‘yin faoliyati holatini aniqlaydi. Bola uchun
odatdagi sharoitda, masalan, o‘yin xonasida unga hech narsani
aralashtirmasdan mustaqil taklif qilingan o‘yinchoqlami o‘ynash huquqi
berilishi kerak. Pedagog o‘yinda uning har bir harakatini belgilab faqat
ishtirok etadi. Kuzatuv paytida quyidagilarni belgilashi zarur:
1) bola o‘yinchoqlaiga qiziqish ko‘rsatyaptimi, bu qiziqish qanday
tusda, u tarqoq holdami (biridan boshqasiga o‘tib, hamma o‘yinchoqlami
o‘ynayaptimi) yoki tanlangan (bitta yoki ikkita o‘yinchoqni tanlab oladi
va ular bilan aniq harakatlar sodir qiladi), bolada o‘yinchoqlarga va
ular bilan bo‘lgan harakatlarga qiziqish qanchalik mustahkam (u har
bitta o‘yinchoq bilan uzoq vaqt o‘ynaydimi yoki tezda o‘yinni to‘xtatib
qo‘yadimi), uning harakatlari aynan o‘yinmi yoki rasmiy tusga egami;
2) o‘yin davomida o‘yinchoqlardan norin foydalanish (o‘yin mantiqiga
to‘g‘ri kelmaydigan harakatlami bajarish: o‘yinchoq plitaning duxovkasiga
qo‘g‘irchoqni tiqish, stolni qo‘g‘irchoq o‘ringa yotqizib qo‘yish);
3) o‘yinning xarakteri. Bolaning hamma o‘yin harakatlarini to‘la
belgilab pedagog uning xarakteri to ‘g‘risida xulosa qiladi: ular
manikulyativ, protsessual yoki sujetli ekanligini aniqlaydi. Manipulyativ
deb, shu narsa uchun xarakterli bo‘lmagan maxsus o‘yin harakatlariga
aytiladi (ko‘rish, timirskilash, taqillatish, orqaga qarash va boshqalar)—
o‘yin harakatlarini narsalar bilan rivojlanishini ancha past bosqichi.
Protsessual harakatlaiga so‘nggi natijalarga yo‘naltirilmagan harakatlar
kiradi. Bola jarayonni amalga oshishining o‘zidan qoniqish oladi
(mashinani maqsadsiz uchirish, qo‘g‘irchoqni tinmasdan kiyintirish va
yechintirish). Manipulyativ harakat bilan solishtirganda bu harakatlar
o‘yin rivojlanishining ancha yuqori bosqichdaligini ko‘rsatadi.
Protsessual o‘yinga qaraganda sujetli elementlar bilan o‘ynalgan o‘yin
ancha maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bola ishlab chiqqan harakatlarining
o‘zaro bog‘liqligini tushunib harakat qiladi. Bola o‘yin davomida kerakli
o‘yinchoqlarining yo‘qligi uchun rinbosar-narsalardan foydalanadi
(masalan, qoshiq o‘miga tayoqcha, sovun o‘miga kubikni) va sujetli o‘yinlar
uchun xos boigan tasawuridagi obyektlar harakatini amalga oshiradi;
4)
o‘yin paytida bola nutqining tahlili. Bu shunday xulosa qilishga
imkon beradi, o‘yin harakatlari munosabatida uning roli qanday boigan,
u o‘yin bilan yaxlit butunlikka egami, uning rivojlanishiga hissa qo‘shganmi.
Bolaning o‘yin o‘ynashini yakka tartibda tekshirish natijalari uning
ahvoli to‘g‘risida umumiy xulosa qilishga imkon beradi. Bu xulosa albatta
bolaning shaxsiy ishida boiishi kerak. Maxsus bolalar bog‘chasi guruhiga
kelib tushganida bolaning umumiy o‘yin o‘ynashi tasvirlangan birlamchi
tekshiruv bayonnomasini saqlab qyish ham maqsadga muvofiq boiadi.
Bolalaming o‘yin o‘ynash qobiliyatlari haqida so‘nggi xulosa qilish
uchun ulaming
Do'stlaringiz bilan baham: |