0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Sujetli-rolli o ‘yinlaming mazmuni va usullarini aytib bering.
2. Aqli zaif bolalar o yinini tashkil qilishda defektologning vazifasini
tushuntirib bering.
3.4. Aqli zaif bolalarni sujetli-rolli o‘yinlarga o‘rgatishning
xususiyatlari
Aqli zaif bolalami o‘yinga o‘igatishning muhim holati ularda o‘yin
sujeti rivojlanishining mantiqini o‘zlashtirish bo‘lib, bir harakat
boshqasiga qaraganda tayyorlovchi bo‘lishi hisoblanadi. Buning uchun
ikki turdagi ishdan foydalanish maqsadga muvofiq. Birinchidan, kundalik
hayotda, kun tartibi jarayonida maishiy harakatlaming ketma-ketligini
kuzatish va o‘matish asosida o‘rgatiladi. Masalan, bolalar qo‘llarini
yuvganlaridan keyin ovqatlanishga kirishishlari kerak, pedagog ulaming
e’tiborini oldin qo‘llarini yuvib, keyin ovqatlanishga o‘tirishga qaratadi;
bolalami yotishga tayyorlar ekan, ularning e’tiborini oldin kiyimlarini
yechib, tun ko‘ylaklarini kiyishga diqqatlarini qaratadi (o‘ringa ko‘ylakda
yotib bo‘lmaydi), keyin esa o‘z joylariga yotadilar.
Ikkinchidan, bolalar tomonidan oldindan tayyorgarlik ko‘rishni talab
qiladigan o‘yin harakatlarini bajarish asosida o‘rgatiladi. Masalan, bolaga
taklif qilinadi: «Kel sening «qizingni» cho‘miltiramiz. Buning uchun
nima qilish kerak?» Bola pedagog rahbarligi ostida cho‘miltirish uchun
kerak bo‘ladigan hamma o‘yin harakatlarini sanab chiqadi, so‘ngra
ularni amalga oshirishga o‘tadi. Ko‘rsatilgan metodik usullami qo‘llash
aqli zaif bolalarda alohida o‘yin harakatlarini mantiqiy zanjiiga bog‘lashni
to‘g‘ri birlashtirishga o‘rgatishni ko‘rsatadi.
Vaqti-vaqti bilan o‘yinga yangi o‘yinchoqlami kiritish zarur. Ilgari
o‘zlashtiigan harakatlarini yangi o‘yinchoqlaiga yoki o‘xshash bo‘lgan boshqa
narsalaiga ham o‘tkazish, ammo aqli zaif bolalar uchun, ayniqsa, aynan
o‘xshash sharoit bo‘lmaganligi muhim, bu ulaming o‘yinlarini boyitadi,
ilgari egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, faoliyati va fikrlashi
uchun xarakterli bo‘lgan bir xillilikni bosib o‘tishga imkon beradi.
Pedagog bolalami o‘yin o‘ynashga o‘igatar ekan, bola o‘z o‘yinlarini faqat
taibiyachining ko‘rsatib beiganlariga asoslanib emas, balki kundalik turmushdagi
materiallardan foydalanish malakasini ham shakllantirilib boriladi.
Biroq, aqli zaif bolalaming atrofga qiziqishining pastligi bilan bog‘liq
bo‘lgan, hissiy-iroda doirasi va tasawur etishning qaytadan tiklashni
rivojlantirishning yetishmasligi natijasida atrofdagi ko‘rgan holatlarini
mustaqil o‘yinga o‘tkaza olmaydilar. Ko‘pincha katta tayyorgarlik ishlari
bolalarda ko‘igan narsalarini o‘yinda tasvirlab berishning paydo bo‘lishiga
olib kelmaydi. Bu mavzudagi ekskursiya yoki sayr vaqtida bevosita
qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, hatto o‘yinga mustaqil tortinchoq
urinishlar ham yo‘q. Bola o‘yinini boshqara borib, u hayotda ko‘p
kuzatgan sujet harakatlarini aytib turish zarur: «Sening «qizing» betob
bo‘lib qoldi?, Nima qilish kerak?, Unga qanday yordam berish kerak?»
yoki: «Sen Lolani ovqatlantirdingmi, idish-tovoqlar iflos-ku? Nima
qilish kerak?» va boshqalar. Bu turdagi savollar bolalar tomonidan yaxshi
qabul qilinadi, kundalik hayotda o‘zlari kuzatgan yoki ishtirokchisi
bo‘lgan voqealar aks etishiga imkon beradi. Defektologning rahbarligi
bolada aniq bir rolga qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
0 ‘yinga aniq narsalar va tabiiy mahsulotlar kiritish asosida ularda o‘yinga
nisbatan qiziqish paydo blishiga imkon beradi. Kichik yoshdagi aqli zaif
bolalar haqiqiy mahsulotlardan tushlik tayyorlashni xush ko‘radilar, haqiqiy
rulni astoydil aylantiradilar, haqiqiy suvda, haqiqiy sovun bilan qo‘g‘irchoqning
kiyimlarini yuvadilar va boshqalar. Natijada, bolalar o‘yinning predmet rejasini
egallab olib uning shartlarini osongina qabul qiladilar.
Dastur o‘zining mazmuni jihatidan ancha yaqin bo‘lgan sujetli-rolli
o‘yinga bolalar rollarini egallashi bilan o‘igatishga boshlashni taklif
qiladi. Awalida, bola kundalik hayotda muloqot qiladigan yaqin katta
qarindoshlarining rollari (onasi, tarbiyachisi, enagasi)ni egallab boradilar.
Bunda bola o‘rganish paytida faqatgina o‘yin harakatlarini tushunibgina
qolmay, balki qabul qilingan rolga binoan ulami amalga oshirishi kerak,
hamda agar bunga oldindan bo‘lgan tayyorlov ishlari bo‘lsagina hayotda
bor bo‘lgan munosabatlami to‘g‘ri tasvirlab berishi mumkin. Shunday
qilib, masalan, pedagog bolani «onalar-qizlar» o‘yiniga o‘rgatar ekan
unga mos o‘yin holatini yaratishga yordam beradi, uni suhbat yo‘li
bilan rolga olib kiradi. Pedagog qiz bolaga murojaat qilib, aytadi: «Mana
bu qo‘g‘irchoq sening qizing bo‘ladi. Sen esa uning onasi. Sening isming
nima? — Lola oyi. Sening qizingni qanday ataymiz? — Nargiza. Qaragin,
sening yaxshi qizing bor. Uning qanday qora rang kzlari, yumshoqqina
sochlari bor. Uni boshini silab qo‘ygin. Mana bunday, yaxshi. Qizing
Naigiza yaxshi, u seni yaxshi ko‘radi va gapingga kiradi. Sen uni yaxshi
ko‘rasanmi? U hali kichkina, unga rahm qilish, yaxshi ko‘rish kerak.
Sen uni kiyintirasan, u bUan sayrga chiqasan, uni ovqatlantirasan. Hozir
esa Nargiza uchun bo‘tqa tayyorla, uning ovqat yegisi kelyapti».
Bolalarni rolli o‘yinga o‘rgatishning keyingi bosqichi ularning
haydovchi, shifokor, oshpaz, sotuvchi rollarini egallashlari hisoblanadi.
Har qanday rolli o‘yin tayyorlov ishlarini olib borishni talab qiladi.
Shunday qilib, bolalami «haydovchi» o‘yiniga o‘rgatish uchun pedagog
turli ekskursiyalar olib borishi, haydovchi bolalar oldida faqat qator
maxsus harakatlami bajaruvchi emas, balki yo‘lovchilari bor avtobusning
haydovchisi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Munosabatlaming hissiy-axloqiy
nuqtayi nazariga alohida e’tibor qaratish kerak (haydovchi odamlarga
yordam beradi, u mehribon, shafqatli. U bolalami bog‘chaga, kattalami
ishga olib borib qo‘yadi va boshqalar).
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar o‘yinni boshlar ekan, odatda,
taklif qilingan rolga bajonidil rozi bo‘ladilar va awalida unga muvofiq
harakat qiladilar, biroq juda tez o‘yindan chiqib ketadilar. Pedagog bunday
hollarda o‘yinga qo‘shilishi lozim, bolaga o‘ziga olgan rolini eslatishi,
o‘yinning kelgusidagi ahvolini qanday tasawur qilishini aniqlashi kerak.
Masalan, bola «haydovchi» o‘yinini o‘ynash niyati borligini bilib, pedagog
o‘yin holati turini yaratadi: «Sen haydovchisan, avtobusni boshqarasan.
Seni bekatda odamlar kutib turishibdi. U yerda bolalar o‘z ota-onalari
bilan turishibdi — ular bolalar bog‘chasiga otlanishgan, avtobus esa hali
ham yo‘q. Tezroq bekatga hayda...» va boshqalar. Pedagogning o‘yinga
hayajonli qo‘shilishi bolaning o‘z rolini his qilishiga imkon beradi, u kim
uchun o‘ynayapti, uning «ishi» va u kim uchun «ishlayapti» rtasidagi
o‘zaro munosabatlami yaxshiroq tushunishiga olib keladi.
Jamoaviy o ‘yinga pedagogning q o ‘shilishi va o ‘yinda
ishtirokchilaming biri sifatida rahbarlik qilishi o‘yinga samarali ta’sir
ko‘rsatadi. U o‘yinni kerakli oqiniga soladi, voqealar yurishini aytib
turadi, sujetning rivojiga yordam beradi. Shunday qilib, pedagog bola-
haydovchi haydayotgan avtobus yo‘lovchisi rolida chiqar ekan, o‘yin
holatini maksimal haqiqiy bo‘lishiga yaqinlashtiradi: haydovchidan yo‘l
chiptasi sotib oladi, bekatning nomini aytishni so‘raydi va b.
0 ‘rta guruhdagi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning o‘yin
faoliyatini rivojlantirish uchun ularga juda yaxshi tanish bo‘lgan
«Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklaming dramalarini o‘tkazish foydali.
Pedagog uning mazmunini qo‘g‘irchoq teatri personajlari yordamida
ulami hayajonli va jonli qilib ertak bilan tanishtiradi.
Bolalar ertakning mazmunini tushunib olishlari uchun ulami har bir
ishtirok etuvchi obraz bilan tanishtirish, ularga qo‘g‘irchoqlar bilan
harakatlami amalga oshirishga, har bir personajning nomidan chiqishga
imkoniyat beriladi. Hech qachon bolalardan rollarini yodlab olishni talab
qilish кегак emas. Ular ertak matniga yaqin gapirsalar, shuning o‘zi yetarli.
Ularda faraz qilingan vaziyat sharoitlarida maksimal harakat qilishni
uyg‘otadigan dramatik-yinlarni o‘tkazish jarayonida bolalarga o‘zlarini
turli rollarda sinab ko‘rish imkoniyatini berish kerak. Dramatik o‘yinlami
samarali o‘tkazish uchun turli atributlar va liboslardan foydalanish imkonini
beradi. Ular bolalaiga sujetni tushunishga yordam beradi, personaj obraziga,
rolga kirishga, agar bola uni esdan chiqargan bo‘lsa eslatadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning o‘yin faoliyatini
rivojlantirish uchun bolalar bog‘chasida jonli tabiat burchagini tashkil
qilish muhim va foydali. Qushlar, baliqlar, uy hayvonlarini tizimli
kuzatuvini o ‘tkazish bolalarda ular to‘g‘risida to‘g‘ri tasawur hosil qiladi,
odatlari, turmush tarzi bilan tanishadi. Hayvonlarga taqlid qilishni
o‘rgangach, bolalar ularni o‘yinda to‘g‘ri tasvirlay oladilar, hayvonlar
rolini o‘zlariga olganlarida oddiygina sujetlami ham rivojlantira oladilar.
Bolalaming dramatik o‘yinlari sujetlarining muhim manbai bo‘lib
badiiy adabiyot o‘qish hisoblanadi. Defektolog tanlab olgan hikoyalar
bolalar tushunchasiga mos keladigan bo‘libgina qolmay, balki ularda
o‘yinga qiziqishni uyg‘otadigan, ular uchun o‘ziga xos «ozuqa» beradigan
bo‘lishi kerak. Pedagog dramalashtirishni o‘tkazishga tayyorlanar ekan
uni o‘tkazish uchun asarning matnini chuqur tahlil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming o‘ynayotgan jamoasini
tashkil qilish katta qiyinchilik tug‘diradi. 0 ‘qish yilining birinchi-ikkinchi
yillarida butun guruh bilan jamoaviy rolli o‘yinlami tashkil qilish mumkin
emas, lekin bu bosqichda 2—3 kishilik kichik guruhlarda o‘yinlar o‘ynash
imkoni bor. Olti yoshli aqli zaif bolalarning qo‘shma harakatlarga
qobiliyatlari yetadi, ular pedagogning yordamida majburiyatlarini
taqsimlaydilarva ulami o‘yinning oxirigacha bajaradilar. Bolalar guruhida
shunday bolalar borki, unga katta odam tayanishi mumkin, ular o‘z
atroflarida boshqa bolalarni tashkil qilib, odatda, markaziy rollarni
bajaradilar. Pedagog o‘z guruhida har bir bolaning imkoniyatlarini bilgan
holda, qo‘shma o‘yinlarning borishida bolalar qanday muloqot
qilayotganini kuzatishi kerak.
Rol elementlari bor bo‘lgan harakatli o‘yinlar jamoani tashkil qilish
uchun ancha samarali hisoblanadi. Bolalar personajlari hayvonlar
hisoblangan o‘yinlami jon dillari bilan o ‘ynaydilar, masalan, mashhur
ertaklardan «Tulki va tovuqlar», «Bo‘ri va echkichalar» va boshqalar.
Bolalami sujet rivojlanishida birgalikda qurilishlar rivoji bor o‘yinlar
ham yaqinlashtiradi. 0 ‘ynovchilaming har biri qurilishning biron-bir
qismini yasashni bajaradi yoki qurilish paytida o‘z o‘rtog‘iga yordam
ko‘rsatadi. Bolalar qiziqish bilan birgalikda o‘z qo‘g‘irchoqlari uchun
uy, ko‘cha, hayvonot bog‘i, xona va mebel quradilar. Bunday o‘yin
jarayonida tarbiyachi maktab yoshiga yetmagan bolalarda o‘zaro
munosabatni boshqaradi, kim haddan ortiq hayajonli yoki kam aloqali
ekanligini kuzatadi.
Me’yorda rivojlanayotgan maktab yoshiga yetmagan bolalaming
tajribasiga nisbatan, aqli zaif bolalarda ancha chegaralangan, odatda,
atrofdagilar to‘g‘risida juda kam biladilar. Ulaming tasawur doiralari
kambag‘al, ular doimiy turadigan muhit bilan chegaralangan. Shuning
uchun bolalar muassasasidagi ulaming kundalik hayotlarini quyidagi
tarzda tashkil qilish zarur, u yangi taassurotlar va bilim manbai bo‘lib
qolishi, atroflarida sodir bo‘layotgan voqealami kuzatish ko‘nikmalarini
tarbiyalash lozim. Tarbiyachi, enaga, ham shira, bog‘bon va
boshqalaming kundalik ishi aqli zaif bolalar ustidan tizimli kuzatish
hisoblanadi, keyin esa ulaming o‘yinlari mazmunida aks etadi. Bolalarni
ular kattalaming turli harakatlarini kuzatishlari mumkinligi uchun sayr
vaqtida tez-tez bolalar bog‘chasi tashqarisiga, ko‘chaga olib chiqishlari
zarur. Bunday sayrlar vaqtida bolalar idrokini tashkil qilish kerak,
ulaming e’tiborini eng asosiysiga, qiziqarlisiga qaratish, sayrdan qaytgach
esa ko‘iganlarini muhokama qilish va qisman bo‘lsa ham ma’lum bo‘lgan
o‘yinlar sujetiga yangi elementlar kiritishga harakat qilinadi.
Hamma aytilganlaridan kelib chiqib, bolalarda hayot va o‘yin
tajribalarining shakllanishiga yo‘naltirilgan, ularda maxsus o‘yin
bilimlarini rivojlantirish, ya’ni korreksion-tarbiyaviy ish har tomonlama
aqli zaif bolalaming o‘yin faoliyatini shu darajada yurgizishi mumkinki,
bunda uning psixik rivojlanishiga ijobiy ta’simi ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |