0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Maktabgacha yoshdagi bolaiarda elementar matematik tasavvurlami
shakllantirish metodikasiningyuzaga kelishi va rivojlanishi haqida aytib bering.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlami
shakllantirish metodikasining yuzaga kelishi va rivojlanishiga hissa qo ‘shgan
olimlami sanab bering.
3. Elementar matematik tasavvurlami shakllantirish metodikasi qandav
masalalami hal etadi?
4.2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning miqdoriy
tasawurlarini shakllantirish
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida matematika
o‘qitishning umumtaiimiy, korreksion-tarbiyaviy va amaliy vazifalarini
hal qilish defektologning kasbiy tayyorgarligiga bogiiq.
Matematika qitish aqli zaif bolalarning maium bilim, knikma
va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina emas, balki ulaming psixik
jarayonlarini korreksiyalash uchun ham imkoniyat yaratadi. Kuzatishlar
shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun aqliy
yetishmovchilik xarakterli xususiyatlardandir. Bu hol ularda mavhum
umumlashtirishga, atrof-muhitdagi narsalarva voqealar o‘rtasidagi aloqa
hamda bog‘liqlikni belgilay olmaslikka, tahlil va sintez qilishga qobiliyat
yo‘qligida ifodalanadi. Aqli zaif bolaning tafakkuri yaqqol-obrazli
situatsion xarakterda bo‘ladi va bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘ladi.
Aqli zaif bolalaming matematikani muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari
ko‘pincha bir tomondan, ulaming matematik bilimlami o ‘zlashtirish
xususiyatlariga va qiyinchiliklarni hisobga olishga, ikkinchi tomondan
aqli zaif bolalaming mavjud imkoniyatlarini hisobga olishga, shuningdek,
matematika o‘qitishni to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil qilishga bog‘liq.
Bu bo‘limda quyidagi masalalar hal qilib boriladi:
— maxsus bolalar bog‘chasining har bir guruhida elementar matematik
tasawurlami rivojlantirishga oid ishlami tashkil qilish;
— maxsus bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlami rejalashtirish va tashkil
qilish;
— matematika mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik talablar;
— elementar matematik tasawurlami shakllantirish usullari.
Bu bo‘limda maxsus bolalar bog‘chasi sharoitida matematika
o‘qitishning tashkiliy masalalari ochib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ushbu o‘quv yilida bir
turdagi, keyinchalik esa har xil turdagi buyumlar ichidan taqlid qilish,
namunaga qarab, so‘z instruksiyasi bo‘yicha bitta va ko‘p buyumlami
ajratishga o‘rgatishdan ish boshlanadi.
Bir xil va har xil turdagi buyumlar ichidan ikkita va uchta buyumni
ajratib, «qancha?» degan savolga javob berishga o‘rgatiladi. 1, 2, 3 ta
buyumni barmoqlar soniga moslashtirish bo‘yicha mashqlar bajartiriladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar 3 ichida buyumlar guruhini
ustma-ust qo‘yish yoki yonma-yon qo‘yish usulidan foydalanib
taqqoslaydilar. 3 ichida buyumlarni sanash va «hammasi nechta?» degan
savolga javob berishga o‘rgatiladi.
Kattaligi bo‘yicha keskin farq qiluvchi buyumlarni taqqoslash,
geometrik jismlardan shar, kub (kubik), uchburchakli prizma (tom),
parallelepiped (brusok), geometrik shakllardan kvadrat, doira, to‘g‘ri
to‘rtburchaklami nomlamasdan farqlashga o‘rgatiladi. Kichik guruhda
sutkaning keskin farq qiluvchi boMaklari (kun va tun) bilan tanishtiriladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan ishni tashkil qilishda
didaktik materiallar bilan ishlashi, vazifalarni ma’lum tartibda bajara
olishi katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulotga tayyorlanayotgan material
bola uchun amaliy-hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Maktabgacha
yoshdagi aqli zaif bolalar mashg‘ulotda o‘zlashtirayotgan bilimlar o‘yin
va amaliy faoliyatda, kundalik turmushda zarurligini anglab yetishlari
lozim.
Matematika o‘qitishda defektolog suhbat, ekskursiya, kuzatish,
taqqoslash usullari bilan bir qatorda, mo‘yqalamda aylantirib chiqib
yelimlash, plastilindan berilgan miqdorda sharchalar, kubiklar yasash
kabi amaliy ishlami va didaktik o‘yinlami keng qo‘llaydi.
0 ‘qitish jarayonida didaktik o‘yinlarning ahamiyati shundan
iboratki, ular o‘rgatish maqsadlarida o‘ylab topiladi, bolalami o‘qitish,
tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. 0 ‘yinlar vaqtida paydo
bo‘ladigan ijobiy tuyg‘ular bolalar faoliyatini faollashtiradi. 0 ‘yinda
bolalar o‘zlari payqamagan holda matematik tushunchalami o‘zlashtirib
boradilar.
0 ‘rta guruhda ko‘p buyumlar ichidan taqlid qilish, namunaga qarab
so‘z instruksiyasi bo‘yicha 4 ta buyumni ajratish, uni sanash, sanalgan
buyumlaming natijasini aytish (masalan, hammasi 4 ta quyoncha), 4
ichidagi buyumlar sonini barmoqlar soniga mos keltirishga o‘rgatib
boriladi. Rasmda turli joyda tasvirlangan buyumlarni idrok etib,
miqdorini aytish byicha mashqlar olib boriladi.
4 ichida ikkita guruh buyumlami yonma-yon va ustma-ust qo‘yish
usuli orqali taqqoslash malakalari shakllantiriladi. Buyumlaming miqdori,
ulaming fazoda joylashishi, rangi, shakli, kattaligiga bog‘liq emasligini
bolalarga misollar asosida tushuntiriladi.
Kattalik bo‘yicha buyumlami taqqoslashga o‘rgatiladi. Geometrik
shakllar haqida olgan bilimlarini tasviriy faoliyat, o‘yin jarayonida
qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar davomida guruh xonasidagi buyumlami o‘ziga nisbatan
mo‘ljal olishga o‘rgatiladi. Sutka bo‘laklaridan ertalab, kunduzi,
kechqurunni farqlash bo‘yicha mashqlar olib boriladi. Yil fasllaridan
kuz, qish, yozning asosiy belgilarini tabiat qo‘ynida kuzatish orqali
tanishtiriladi va mustahkamlanadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar tomonidan bilimlar turli
darajada o‘zlashtirilishini va materialning asta-sekin o‘rganilishini
hisobga olish uchun defektolog materialni to‘g‘ri rejalashtirishi muhim.
Shuningdek, defektolog aqli zaif bolalaming bilim imkoniyatlarini hamda
ulaming bilimlari holatini, ko‘nikma va malakalarini aniq, tasawur
qilishi shart.
Katta guruhda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaiga 5—6 ichida
buyumlaming sanash va natijasini aytish, ko‘p buyumlar ichidan so‘z
instruksiyasi bo‘yicha 4 ta, namuna va taqlid qilish asosida 5 ta buyumni
sanab ajratish, 5—6 ichida buyumlar sonini barmoqlar soniga
moslashtirishga o‘igatiladi.
Buyumlar guruhini miqdori bo‘yicha taqqoslash: kattaligi va miqdori
bo‘yicha teng, kattaligi bo‘yicha bir xil, ammo miqdori bo‘yicha turlicha
(ko‘p, kam), kattaligi va miqdori bo‘yicha turli xil 5 ichida ochiq natija
bilan 4 ichida yopiq natija bilan arifmetik misollami yechish bo‘yicha
mashqlar beriladi. Katta guruhda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar
sodda masalalar tuzish va yechishga o‘rgatiladi.
Buyumlarni balandligi, uzunligi, qalinligi bo‘yicha solishtirish
malakalari shakllantiriladi. Bolalarning turli faoliyatlarida tanish
geometrik shakllardan foydalanishga o‘rgatish davom ettiriladi hamda
ulami qo‘lda paypaslab ko‘rib, nomlash bo‘yicha didaktik o‘yinlar
qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlarda, kun tartibining barcha vaqtlarida va turli
faoliyat jarayonlarida aqli zaif bolalarga fazoda mljal olish byicha
ishlar olib boriladi.
Sutka bo‘laklarini bir-biridan farqlashga, hafla kunlarining nomini
to‘g‘ri aytishga, to‘rt faslning asosiy belgilarini bilishga o‘rgatiladi.
Maktabga tayyorlov guruhida kuchli o‘zlashtiruvchi bolalar guruhi
bilan 10 ichida, kuchsiz o‘zlashtiruvchi bolalar bilan 7 ichida sanash
malakalari rivojlantirib boriladi.
Ko‘p buyum lar ichidan so‘z instruksiyasi bo‘yicha beshta
buyumni ajratish, beshdan birgacha teskari sanash, 7 ichida
berilgan sondan berilgan songacha sanash, 10 ichida to ‘g‘ri sanash
malakalari shakllantiriladi. 5 raqami bilan tanishtirib, buyumlar
miqdorini ko‘rsatilgan raqamlarga, har qaysi raqamni buyumlar
miqdoriga moslashtirish bo‘yicha amaliy mashqlar olib boriladi.
4—5 sonlar doirasida sodda m asalalar yechishga o ‘rgatiladi.
Buyumlarni teng ikki qismga bo‘lish bo‘yicha amaliy mashqlar
o ‘tkaziladi.
Maktabga tayyorlov guruhida geometrik shakllar haqidagi tasawurlari
mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Bolalar tevarak-atrofdan o‘ziga
tanish shakllarni topadilar, geometrik shakllarni shakli bo‘yicha
guruhlarga ajratadilar.
0 ‘ziga, boshqa buyum, boshqa odamga nisbatan hamda qog‘oz
varag‘ida mo‘ljal olishga o‘rgatiladi.
Sutka bo‘laklari, hafta kunlari, yil fasllarining asosiy belgilarini aytib
berish malakalari shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |