Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

Savollar-javoblar
M azkur usul birinchi navbatda bolalar nutqini faollashtirish uchun 
q o ‘llaniladi. Savol bolalami og‘zaki nutqdan foydalanishga undaydi. 
N utqiy kom m unikatsiyada ular bilim va ko‘nikm alarini tekshirish 
im konini beradi. Savollar y ordam ida bolalarda q aratilg an n u tq
mazmunini tinglash ko‘nikmasini rivojlantirish mumkin. Bu bolalam ing 
savollaiga to ‘g‘ri javob qaytarishga o‘rganishlari uchun lozim. M azkur 
usulning qo‘llanilishi, shuningdek, bolalaming turli grammatik shakldagi 
so‘zlar, so‘z birikmalarini to ‘g‘ri qo‘llash, gaplami qurishda mashq 
qilishlarini nazarda tutadi. Agarda ta ’limning boshida balalarga ixtiyorsiz 
bayon etishga ruxsat berilsa, ularning ixtiyoriy nutqi taqiqlanm aydi, 
aksincha rag‘batlantiriladi va stimullanadi. Keyinchalik esa savollar 
ayniqsa shaxsiy savollar bolalar nutqi va faoliyatini boshqaradi ham da 
yo‘naltiradi.
So‘zlashuv dialogik nutq uchun savollarga qisqa, shu qatorda b ir 
so‘zli javoblami qoilash xarakterli. 0 ‘zaro so‘zlashayotganlaming bir- 
birlarini tushunishlari uchun bu xalaqit bermaydi. Shuning uchun 
bolaning savol bilan mazmuniy birlikdagi bir so‘zli javobini to iiq gap 
sifatidagi javob ko‘rinishida qabul etish kerak.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar muloqot davomida, shu qatorda 
kattalar tom onidan savollar berish y o ii bilan tashkil etishgan dialogik 
nutqda ifodalanuvchi qator o‘ziga xosliklaiga egalar. Kichik maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun qoilashda defektolog savollaming 2 turini ajratish


va ulardan turli vaziyatlarda to ‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak; bular — 
barcha bolalarga qaratilgan savol va aniq bir bolaga berilgan shaxsiy 
savol. Gap shundaki, bu yoshdan bolalar uzoq vaqt davomida barcha 
bolalarga qaratilgan savolni o ‘zlariga tegishli deb bilmaydilar. U lar 
faqatgina shaxsiy murojaatlargagina javob qaytaradilar. Shuning uchun, 
barcha bolalarga savol ko‘rinishidagi murojaatdan foydalanishga uni 
konkret bola nomini aytgan holda darhol aniqlashtirish kerak.
Bolalar nutqiy muloqotining rivojlanishi uchun quyidagi savollar 
guruhi nisbatan oson va dolzarb: Bu kim? Bu nima? Qanday predmet? 
Predmet nim a qilmoqda?
Savollarning birinchi guruhi predm etlarning nomi va ularning 
qismlariga doir. Savollar bolalar predmetni kuzatishlari davomida beriladi. 
Ta’rif qisqa va keng blishi mumkin. Masalan, qisqagina: «Bu nima?»
— «Chana» — «Qo‘lqop»; «Bu Kim?» — «Mushuk» — «Kuchuk» — «Xola» 
yoki keng: «Bizga Sardor nimani ko‘rsatayapti?» — «Nodiraning qo‘lida 
nima bor?» — «Ushbu rasmda nima tasvirlangan?».
Bir predmetni ko‘zdan kechirishda savollami quyidagi ketma-ketlikda 
berish mumkin: «Bu nima?» — «Archa» — «Bu archaning nimasi?» — 
«Tanasi» — «Bu nima?» — «Shoxlari» — «Archaning shoxlarida nim a 
bor?» — «Ignalari».
0 ‘zlarining javoblarida bolalar jonli va jonsiz predm etlarning 
nomlaridan foydalanadilar. Savollar turli kelishiklarda ko‘igazmali tayanch 
va u foydalaniladigan vaziyatning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 
beriladi. Masalan, defektolog bolalarga archa g‘o ‘dasini ko‘rsatadi. Bolalar 
predmet nomini takrorlaydilar, so‘ng defektolog bolalarga qo‘llarini 
orqalariga berkitishni taklif etadi. Ularning orqalaridan o ‘ta r ekan, 
bolalaming birining qoiiga g‘o ‘dani tutadi. So‘ng bolalar oldiga turib 
ulardan qo‘llarini ko‘rsatishni sraydi (murojaat faqatgina individual): 
«Sardor, senda g‘o ‘dda bormi?» «Yo‘q» — deydi bola taiim ning boshida, 
chunki nisbatan keng nutq uning uchun murakkab. Kechroq u javob 
beradi: «G‘o ‘dda yo‘q». Yanada kechroq: «Menda g‘o ‘dda yo‘q».
Savollaming ikkinchi guruhi predmetlaming nomi va sifatlaming 
nomlanishiga tegishli. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar ta iim i 
jarayonida savollar konkret boiishi va belgini aniq ifodalash kerak. 
Ushbu savollar predmet shakli, uning bo‘yog‘i, tayyorlangan materiali, 
hajmi, ta ’miga doir b o ia d i. Savollar: qanday, qanaqa so ‘zlaridan 
boshlanadi. Masalan: «Olma qanday shaklda?» — «Sariq (qizil, yashil)»
— ko‘rgazmali tayanchga bogiiq ravishda. T aiim ning boshida «Qanday


olma?» deb so‘rash rnumkin emas. U shbu umumiy savol bolalarga 
kerakli javobni topish imkonini bermaydi.
Alohida e ’tibomi predmetning fazoviy hajmini ifodalovchi belgilaiga 
qaratish lozim (o ‘ng va chap, baland va past). Predmetning hajmiga 
doir savollarni kichik yoshdagi bolalarga aniq ifodalash kerak. U ndan 
tashqari savolni hajm jihatidan sezilarli farqlanadigan ikkita predm et 
mavjud b o ‘lgandagina berish mumkin. Bunda so‘zlarning m antiqiy 
m a’nosi bolalar tom onidan to ‘g‘ri o ‘zlashtiriladi. Agarda biigina predmet 
namoyish etilsa, hajmga doir savolni berish tavsiya etilmaydi.
Natijada endilikda ikki emas, uchta predm et solishtiriladi (so‘ng 
undan ham ko‘proq) keyinchalik o‘rtaga so‘zi ko‘proq va kamroq so‘zlari 
bilan almashtiriladi.
Qanday so‘zidan boshlanuvchi savolni berishdan aw al bolalam ing 
shakl, rang, hajm so‘zlarining m a’nosini to ‘g ‘ri tushunishlariga am in 
bo ‘lish kerak. Agarda bolalar so‘zlami yetarlicha aniq tushunmasalar, 
ular noto‘g ‘ri javoblarni qaytaradilar.
Yuqorida ta ’kidlanganidek, ta ’limning boshida «Qanday koptok?», 
«Qanday shar?» deb so‘rash tavsiya etilmaydi. Biroq, ta ’limning birinchi 
yilining so‘ngida bolalar predmetlaming xususiyatlarini aniqlashtiruvchi 
yuqorida sanab o ‘tilgan barcha so‘z — ta ’riflami egallaydilar, ulam ing 
m a’nosini yaxshi bilib oladilar. Shuning uchun yilning so‘ngida qanday 
s o ‘zidan boshlanuvchi savollarni b erish im koni mavjud b o ‘ladi. 
Savollaming uchinchi guruhi predm etning harakatlari yoki holatiga 
doir b o ‘ladi. Savollar bola yoki kattalar (yoki kattalar bola bilan 
hamkorlikda) biron-bir harakatni bajarayotganlarida yoki uni endilikda 
tamomlaganlarida beriladi.
M azkur savollami qo‘llashdagi b a’zi qiyinchiliklar ular ko‘proq 
mantiqan harakatga nisbatan va harakat amalga oshiriladigan predmetga 
taalluqli b o ‘lishi bilan belgilanadi.
0 ‘z -o ‘ziga xizmat ko‘rsatish jarayonida mazkur savollami berish 
maqsadga muvofiq: «Biz yuvinish xonasida nim a qilamiz?» — o ‘yin 
davomida: «Biz qo‘g ‘irchoq bilan nim a qilamiz?»
Predmetning harakati yoki holatiga doir savollami, shuningdek, b a’zi 
rasmda tasvirlaiga nisbatan berish mumkin: «Qizcha nim a qilayapti?»
— «Chizayapti», «Buvi nima qilayapti?» — « 0 ‘qiyapti».
Odatda, mashg‘ulotlarda birinchi guruh savollari (Bu kim? Bu nima?), 
so‘ng ikkinchi (qanday predmet?) va kam holatlarda uchinchi guruh 
(nim a qilayapti?) savollari jaranglaydi.


Savollami boshqa usullar: defektolog hikoyasi, topshiriqlar, bolalar 
harakatlarini sharhlash, predmetni ko‘zdan kechirish bilan birgalikda 
qo‘llash mumkin.
Qo‘g‘irchoq orqali muloqot (o‘yinchoq) mazkur usulning qo‘llanilishi 
idrokli rivojlanishiga va bolalar nutqining faollashuviga misol bo‘ladi. 
0 ‘yinchoq orqali muloqot nutqiy kommunikatsiyaning rivojlanishi uchun 
muhim bo‘lgan tinch vaziyatni yaratadi, shuningdek, predmet bilan 
tanishishga katta qiziqish uyg‘otadi, nutqiy vositalami boyitadi, bolalarda 
mustaqil tashabbusli nutqning hosil bo‘lishini tezlashtiradi.
M azkur usulni qo‘llash davomida bolalar nutqni idrok etishni 
o ‘rganadilar, so‘ng savollarga birgina so‘z, so‘z birikmasi va nihoyat 
gap bilan javob beradilar.
Boshqa usullar singari, o‘yinchoq orqali bolalar bilan muloqot etish usulini 
turli-tuman mashg‘ulotlarda va ulardan tashqarida ham qo‘llash mumkin.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish