1.3. Maxsus bolalar bog‘chasida lug‘at ishi metodikasi
Maxsus bolalar bog‘chasining ta ’lim va tarbiya dasturida bolalarni
tevarak-atrof bilan tanishtirish va ular lug‘atini boyitishga katta o‘rin
berilgan.
Aqli zaif bolalaming so‘z boyligini oshirish maxsus pedagogikaning
dolzarb masalalaridan bo‘lib kelgan.
So‘z nutqning eng asosiy xomashyosidir. Madomiki shunday ekan,
maktabgacha oligofrenopedagogika fanining
oldida turgan eng asosiy
talablardan biri bolalami so‘zlar xazinasiga olib kirish, bu xazinadan
bahramand qilishdir. Bu murakkab vazifani so‘z ustida muttasil ish
olib bormay turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Aqli zaif bolalar bilan olib borilgan
kuzatishlar tah lili shuni
ko‘rsatadiki, ular predm etlar va holatlarni bildiruvchi so‘zlarning
m a’nosini tushunishda qiyinchilik va xatolarga duch keladilar, hayotiy
tajribalarida kam uchraydigan predmetlarni hatto ko‘rsata olmaydilar.
Shuning uchun maxsus bolalar bog‘chasida bolalaming faol luatini
ularga notanish va qiyin so‘zlar hisobiga boyitish ustida ishlash muhimdir.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar lug‘atini kengaytirish ishi
uni qurshab olgan olam bilan tanishtirish asosida olib boriladi.
H ar bir insonning faol va passiv lug‘ati boiadi.
Faol lug‘at so‘zlovchining
faqat tushunibgina qolmay, balki o ‘z
nutqida qoilaydigan so‘zlaridir. Passiv lug‘at so‘zlovchining muayyan
tilda tushunadigan so‘zlaridir.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif
bolalaming passiv so‘z boyligi salm ogi faol nutqidan yuqori turadi.
Rasmdagi tasvirlami mazkur toifadagi bolalar ko‘rsatib bera oladi, ammo
nomlashga aqliy imkoni yetmaydi. Faol so‘z boyligining kamligi aqli
zaif bolalaming atrofdagilar bilan muloqot qilishda qiyinchilik tug‘diradi.
Aqli zaif bolalar b a’zi so‘zlarning rasmdagi tasvirini
aytib beradi, lekin
boshqa sharoitda va vaziyatda shu so‘zlarning m a’nosini tushunmaydi.
Shu bilan birga, so‘z boyligining kambag‘alligi tufayli bolalar bir
gum h so‘zlardangina foydalanishi natijasida
nutqning bir yoqlama,
noaniq boiishiga olib keladi.
Maxsus bolalar bog‘chasidagi lug‘at ishining vazifalari quyidagilardan
iborat:
a)
Bolalar lug‘atini boyitish — bolalami yangi va mustaqil o ‘zlashtirib
olishlari uchun qiyin boigan so‘zlar bilan reja asosida muntazam ravishda
tanishtirib borish demakdir. Bolalaming lug‘ati ulaming tevarak-atrofdagi
24
voqealar bilan bevosita tanishishlari asosida, bilish faoliyatlari jarayonida:
kuzatishlar, ko‘zdan kechirish, ekskursiyalar vaqtida boyib boradi. Yangi
so‘zlami o ‘zlashtirib faqat muomala qilishgagina yordam bermay, u
bolalaming tafakkurini takomillashtirish vositasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Chunki bu jarayonda bolalar butunni qismlarga bo‘lish, alohida belgilami
bir-biridan farq qilish, taqqoslash,
umumlashtirish, bir tizimga solishni
o ‘rganadilar.
b)
Bolalar nutqida bo‘lgan bor lug‘atni mustahkamlash va unga aniqlik
kiritish. Bu vazifa bolalarning xususiyatlariga, ulam ing nutqining
taraqqiyot xususiyatlariga muvofiq ravishda ilgari suriladi.
Aqli zaif
bolalar so‘zlami ko‘p marta takrorlashga muhtojdir. Awalo bolalar uchun
qiyin boMgan so‘zlarni ularning xotirasida mustahkamlash bilan maxsus
shug‘ullanish lozim. Bolalar uchun yangi bo‘lgan tovushlami to ‘g‘ri
talaffuz etilishiga e’tibor berib boriladi. Ko‘pincha so‘zlam i xotirada
mustahkamlash bilan bir qatorda boshqa vazifalar so‘zlaming m a’no-
sini aniqlash, ulaming m a’nosini chuqurlashtirish ham amalga oshiriladi.
Bu jarayon butun maktabgacha tarbiya yoshida davom etadi.
So‘zlarning m a’nosini aniqlash uchun defektolog aqli zaif bolalar
ko‘rib turgan narsani krsatish va ularning nomini aniq aytib berish
usulidan keng foydalanadi.
d) Bolalaming lug‘atini faollashtirish maxsus bolalar bog‘chasidagi
lug‘at ishining eng muhim vazifalaridandir. Lug‘atni faollashtirish nutqda
foydalanadigan, mazmuni bolalarga aniq tushunarli bo‘lgan so‘zlami
ko‘paytirishdir.
T urli yosh g u ru h larid a qilinadigan lug‘at
ish in in g m azm u n i
«M aktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o ‘qitish va tarbiyalash»
dasturida belgilab berilgan. Dasturda lug‘at ishi bolalami tevarak-atrof
bilan tanishtirish asosida olib borishni nazarda tutadi. D asturda
bolalarning faol lug‘atiga muayyan talablar qo‘yiladi. Tevarak-atrofdagi
b u y u m la r h a m d a h o d is a la r h a q id a g i b ilim
va ta s a v v u rla rn i
chuqurlashtirish asosida bolalaming faol lug‘atiga buyumlar, ulaming
sifati, qanday materialdan tayyorlanganligini anglatuvchi so‘zlar kiritib
b o r ila d i. L u g ‘at is h in in g m a z m u n i h a r b ir y o sh g u r u h id a
murakkablashtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: