Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Nutgning tovush madaniyati deganda nimani tushunasiz?
2
.
Eshituv idrokini shakllantirish 
boyicha 
qanday ishlar olib boriladi?
3. Artikulatsiya va burro gapirishni (diksiyani) tarbiyalash bo yicha
qanday ishlar olib boriladi?
4. Ritm, su r’atni tarbiyalash boyicha qanday ishlar olib boriladi?
5. Ovozni tarbiyalash bo‘yicha qanday oyinlar tkaziladi?
Maxsus bolalar bog‘chasida nutq o‘stirishga oid ish formalari
Bolalar nutqini o ‘stirish ikki xil shaklda olib boriladi.
1. Mashg‘ulotlarda ona tiliga o ‘rgatish.
2. Kundalik hayot davomida (o‘yin, m ehnat, maishiy faoliyat va 
sayr vaqtlarida nutq o ‘stirishga rahbarlik qilish).
Aqli zaif bolalar bilan nutq o ‘stirish mashg‘ulotlarini tizimli ravishda 
olib borish lozim. Mashulotlar vaqtida kattalami diqqat bilan eshitishga, 
vazifalami bajarishga, savollarga javob berishga, o ‘zining harakatlari 
haqida aytib berishga o ‘rgatib boriladi. S huning u chun h ar bir 
rejalashtirilgan mashg‘ulotlar faqat o‘ziga xos vazifalamigina emas, balki 
nutqiy vazifalami ham hal qiladi.
Nutq o‘stirish bo‘yicha maxsus tashkil qilingan mashg‘ulotlarda bolalar 
tomonidan o ‘zlashtirilgan amaliy materiallar bir tizimga solinadi. Bolalar 
muloqot jarayonida so‘z boyligida mavjud barcha so‘zlardan foydalanishi 
kerak. Ko‘pgina aqli zaif bolalarda nutqning to ‘liq rivojlanmaganligidan 
tashqari nutqning lokal buzilishlari kuzatiladi. Bu buzilishlar dislaliya, 
dizartriya, nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganliklarida namoyon 
bo‘ladi. Ular maxsus logopedik mashg‘ulotlami talab etadi. Shuning uchun 
nutq stirish bo‘yicha ishlar aqli zaif bolalar bilan ham ommaviy, ham 
yakka mashg‘ulotlarda olib boriladi.
Nutq stirish b o ‘yicha ommaviy mashg‘ulotlar jadval asosida barcha 
yosh guruhlarida haftada 2 marta olib boriladi. Uni o ‘tkazish uchun 
guruh ikki guruhchalarga bo‘linadi. IV o ‘quv yilida frontal mashg‘ulotlar 
barcha guruh bolalari bilan olib boriladi.
Yakka logopedik mashg‘ulotlarda har bir bola haftada kam ida 3 
m artadan qatnashishi shart. Logopedik tashxisni bolani sinchiklab 
tekshirgandan keyin defektolog qo‘yadi.
Individual korreksion mashg‘ulotlar mazmuni aqli zaif bolaning ruhiy 
va nutqiy rivojlanishidan kelib chiqib aniqlanadi.


Mashg‘ulot materiallari o ‘quv yili bo‘yicha o ‘rganilayotgan mavzuni 
kengaytirish va yangiliklar kiritish asosida murakkablashtirib boriladi. 
Bunda aqli zaif bolalar tom onidan m aterialni o ‘zlashtirish uchun 
takrorlashga ko‘p vaqt talab etilishini hisobga olish kerak.
Bolalar bilan doimo muloqotda bo‘ladigan defektolog, tarbiyachi va 
boshqa xodimlarning nutqi, ularga taqlid qilish uchun namuna, to ‘g ‘ri 
nutq madaniyatini shakllantirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Aqli 
zaif bolalar bilan ishlash jarayonida buni hisobga olish muhimdir. 
Shuning uchun kattalar nutqi to ‘liq yetarli darajada baland, grammatik 
jihatdan to ‘g‘ri bo‘lishi kerak.
Bolalar nutqini o ‘stirishda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi: 
tabiiy materiallar bilan ishlash va ularni nomlash (bolalar uchun tanish 
m ateriallardan foydalaniladi), buyum larning tasvirini ko‘rsatish, 
buyumlar bilan harakatlami bajarish va ulami nomlash, didaktik o ‘yinlar 
(tanlash, guruhlash, solishtirish, materialni topish), nutq mashqlar (nutq 
mashqlarini bajarish), rasm bilan ishlash (predmetli va sujetli), yoki 
matn ustida ishlash, matn tuzishda o ‘zlashtirgan nutq vositalaridan 
foydalanish va hokazolar.
Nutq o ‘stirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar defektolog tom onidan 
o ‘tkaziladi. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasida nutq o ‘stirish 
bo‘yicha kundalik ishlar barcha bog‘cha xodimlari tom onidan olib 
boriladi.
Nutq o ‘stirishning muvaffaqiyati mashq qilishga, nutq tajribasiga 
bog‘liq. Mashg‘ulot jarayonida hamma vaqt ham har bir bolaning nutqini 
o ‘stirishga sharoit boim aydi.
Defektolog aqli zaif bolalarda shunday ko‘nikma hosil qilishi kerakki, 
u mashg‘ulotdan tashqari vaqtda ham o ‘z nutqini o ‘stirish bilan 
shug‘ullansin.
0 ‘yin, m ehnat, maishiy hayot faoliyatlarini tashkil qilish orqali 
defektolog, tarbiyachi bolalarning nutq faolligini o‘stirib borish, har bir 
bola bilan suhbatlashishi, u o ‘z nutqida ishlatishi lozim bo ig an so‘zni 
aytib berish, bola nutqidagi xatoni tuzatib borishi lozim.
Bolalar muloqotini turii faoliyat ko‘rinishlarida tashkil qilish kerakki. 
ular yangi so‘zlami o ‘zining faol nutqlarida doimo qo‘llash imkoniyatiga 
ega boisinlar.
Korreksion-pedagogik jarayonda maktabgacha yoshdagi aqli zaif 
bolalaming o ‘z-o ‘ziga xizmat va maishiy xo‘jalikdagi mehnatiga katta 
o ‘rin ajratiladi. Bu aqli zaif bolalarning ijtim oiy adaptatsiya va


reabilitatsiyasi rejasida muhim amaliy ahamiyatga ega.
0 ‘z -o ‘ziga xizmat qilishni shakllantirish, m a’naviyatning barcha 
sohalarida mustaqillikni oshirish, o ‘ziga ishonch, hissiy iroda sohalarini 
va nutqdagi kamchiliklami korreksiyalash imkonini beradi. Nutq o ‘stirish 
uchun maishiy-ijtimoiy faoliyatning turli usullaridan foydalaniladi. 
Predm et va harakatlarni nomlash, ularni tasvirlab berish, predm etlam i 
taqqoslash, ularning qism larini aytish, amalga oshirilgan faoliyat 
mahsullari bo‘yicha hisobot berish va boshqalar shular jumlasidandir. 
Bular natijasida aqli zaif bolalarning nutqi ham rivojlanib boradi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming psixik va jismoniyjihatdan 
rivojlanishida o ‘yinning ahamiyati kattadir. 0 ‘yin vaqtida bola o ‘z xulqini 
o ‘zi boshqarishga, uni o ‘zi bajarayotgan, o ‘z zimmasiga olgan rolning 
q oidalariga b o ‘ysundirishga, o ‘z - o ‘zida sodir b o ‘layotgan psixik 
jarayonlami boshqarishni o ‘rganib boradilar (u aniq maqsadga qaratilgan 
harakatlam i, o ‘yin sujetiga qarab rivojlanib boradigan fikrlarga muvofiq 
harakatlar qilishni, harakatlarga mos nutqdan foydalanishni va shunga 
o ‘xshash ishlami bajarishni o ‘rganib oladi).
Sayrlar aqli zaif bolalarga katta quvonch, tabiat quchog‘ida bo‘lish 
esa lazzat baxsh etadi; sayrlarga bolalar diqqatini mavsum o ‘zgarishi 
bilan o ‘simliklar, hasharotlar, hayvonlar hayotida, xatti-harakatida, 
tashqi ko‘rinishida yuz beradigan o ‘zgarishlarga jalb qilish, solishtirib 
aniqlash, yuz beigan o ‘zgarishlarni so‘z bilan ifodalashga o ‘rgatish orqali 
ularda bilimga qiziqishni uyg‘otadi, sinchkovlikka o ‘rgatadi, tafakkurini 
rivojlantiradi, nutqini o ‘stiradi.
Shunday qilib, defektolog, tarbiyachilar bolalaming kun davomidagi 
hayotini turli yo‘llar bilan tashkil qilgan holda, ularning nutqini 
o ‘stirishga ahamiyat berib boradi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish