Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

Lug‘at ishining usullari
Lug‘at ishi — bolalami tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtirish ishining 
ajralmas qismi bo‘lib, u turli metod va usullar bilan amalga oshiriladi.


Lug‘at ishida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Lug‘at ishining y etak ch i vositasi o ‘rg atish d ir. 0 ‘rg atish
mashg‘ulotlari bolalar lug‘atini boyitishning samarali yo‘lidir. Lug‘at 
ishi usullari bolalarni tarbiyachi nutqidagi kerakli so‘zni aniqlab, uning 
m a’nosini tushunib, puxta esda saqlab qolishiga, shuningdek, u so‘zni 
o ‘z nutqida ishlatilishiga yordam berishi kerak.
2. Yangi va qiyin so‘zni aytib berish bolalar lug‘atini boyitishning 
faol usulidir. Yangi so‘z aniq, adabiy jihatdan to ‘g‘ri qilib b o ‘g‘inlarga 
bo‘lmasdan talaffuz etiladi. N omini aytib berishda buyum ning o ‘zi 
ko‘rsatilib, tushuntirilib beriladi.
3. Tarbiyachi bolalaming yangi so‘zlarni eslab qolishlariga erishish 
uchun takrorlash usulidan foydalanib, mashg‘ulot davomida bir o ‘zi 
ayrim bolalar bilan birgalikda yoki butun guruh bilan o ‘sha so‘zlami 
bir necha marotaba takrorlashlari mumkin. Yangi so‘zni barcha bolalar 
bilan takrorlash usulidan bolalar bog‘chasining barcha guruhlarida 
foydalaniladi. Bu usul bolalaming nutq faolligini kuchaytiradi, bir bolaga 
yangi so‘zni aytish imkonini beradi.
Lug‘at ishi uchun ba’zi mashqlar va didaktik o ‘yinlar ham usul 
sifatida qoilanilishi mumkin. Masalan: katta guruhlarda so‘z tanlash 
mashqlaridan foydalaniladi. Buyumlarni klassifikatsiyalash, taqqoslash, 
topishmoq, o‘yinlardan katta guruhlarda bolalar lug‘atini faollashtirish 
uchun foydalaniladi.
Tarbiyachi lug‘at ishini rejalashtirayotganida bolalar bilan maxsus 
ishlashni talab etadigan so‘zlarni aniqlashi va bu so‘zlarni o ‘rgatish 
usullarini tanlashi zanir.
L u s‘at ishini olib borishda surat bilan ishlash.
Bolalar lug‘atini o ‘stirishda suratlar muhim ahamiyatga ega. Lug‘at 
ishining barcha vazifalarini hal etishda suratdan foydalaniladi.
Bolalar surat yordamida pedagog bevosita ko‘rsata olm aydigan 
buyumlar, hayvonlar, hodisalar bilan tanishadilar. «Xirmon», «paxta 
dalasi», «paxta terish mashinasi» kabi yangi so‘zlarni bilib oladilar.
Boshqa hollarda esa suratdan bolalarning bilim i va lug‘atin i 
mustahkamlash, aniqlashtirish hamda faollashtirish vositasi sifatida 
foydalaniladi. Bunda suratlardan kuzatish, ko‘zdan kechirish va 
ekskursiyalardan keyin foydalaniladi.
Aqli zaif bolalaiga moijallangan suratlar pedagogik jihatdan qiymatli, 
qiziqarii va bolalaiga tushunaiii boiishi lozim. Suratning mazmuni maktabgacha 
yoshdagi bolalarga tarbiya berish vazifalariga mos bo‘lishi kerak.


Kichik, o‘rta guruhlarda predmetli va sujetli rasmlardan foydalaniladi. 
Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida asosan sujetli suratlardan 
foydalaniladi, vaqti-vaqti bilan predmetli suratlardan ham foydalaniladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar diqqatining tarqoqligi sababli 
mashg‘ulot boshlanmasdan oldin defektolog suratni guruh xonasiga 
berkitilgan holda olib kiradi. Surat uchun taglik va uni ko‘rsatish uchun 
tayoqcha tayyorlaydi. M ashg‘ulot ko‘pincha kichikroq m uqaddim a 
suhbat tarzida o ‘tkaziIadi. Bu suhbat jarayonida defektolog bolalami 
suratning mazmunini tushunishga yaqinlashtiradi.
S avollardan foydalanib, b o lalarn in g o ‘z tajrib alarid ag i su rat 
mazmuniga yaqin hodisalami eslashlariga yordam beradi.
Surat asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulot jarayonida yangi so‘zlam i 
izohlab berish, qiyin so‘zlami xor bo iib takrorlash, taqqoslash usullaridan 
foydalanish mumkin.
Bolalarga suratning mazmunini tushunib olishlarida yordamlashish 
uchun defektolog savollarni to ‘g ‘ri ifodalay olishi kerak. C hunki 
bolalaming to ‘g‘ri javob berishlari savollaming qanday qo‘yilishiga va 
uni to ‘g‘ri tushunishga bogiiq.
Masalan: «Suratda nima tasvirlangan?» degan savol bolalami suratda 
tasvirlangan hamma narsani aytib chiqishga majbur qiladi. Shuningdek, 
aqli zaif bolalar diqqatini asosiy narsaga emas, balki ikkinchi darajali 
narsalarga qaratadi.
«Bu surat nima haqida?» degan savol esa bolalarga uning mazmunini 
tushunib olishga yordam beradi.
Surat bilan ishlashda savollaming turli shakllaridan keng foydalaniladi.
1. Suratning umumiy mazmunini aniqlash uchun: Nima to ‘g‘risida, 
qanday aytamiz?
2. Buyumlami aytish uchun: nima, qanaqa, qayerda, nima qilyapti?
3. Suratning tarkibiy qismlari o ‘rtasidagi aloqalarni aniqlash uchun 
nimaga, nima uchun, kimniki, nega?
4. Tasvirlangandan chetga chiqish uchun: Siz qanday o ‘ylaysiz? Keyin 
nima qiladilar? Bungacha nima boigan?
5. Surat mazmuniga yaqin bolalaming shaxsiy tajribasi b o ‘yicha 
savollar: Senda shu n d ay o ‘y in c h o q lar borm i? Y aqinda b izn in g
guruhimizga kim keldi? Biz yangi bolani qanday kutib oldik?
6. Lug‘atlarini faollashtirish maqsadida katta bolalarga sinonim lam i 
tanlash uchun savollar beriladi: Bu haqda yana qanday aytish mumkin! 
(yuraksiz, qo‘rqoq va hokazo).


Lug‘atni faollashtirishda stol ustida ko‘riladigan mayda suratlar ham 
juda muhim.
Pedagog mashg‘ulotlar uchun suratlar, illustratsiyalar, otkritkalar 
majmualarini tanlab olishi lozim.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish