O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
H i mo y a g a t a v s i y a e t i l s i n “Kompyuter tizimlari”
kafedra mudiri
« » 20 y.
Individual loyiha 1
Mavzu: Multitasking va koʼpoqimli tizimlar.Superskalyar protsessorlar
Bajardi: Eshdavlatov Abdulla
(imzo) (F.I.O.)
Rahbar: Navruza Irmuhammedova
(imzo) (F.I.O.)
Baholash: /
(max=100 ball) / (5-ballik baho)
Komissiya
a’zolari
(imzo) (F.I.O.)
(imzo) (F.I.O.)
(imzo) (F.I.O.)
Toshkent-2022
INDIVIDUAL LOYIHA
haqida ma’lumotlar
1.
|
Loyiha ishini bajargan talaba haqida ma’lumot
|
Eshdavlatov Abdulla Axmedovich 3-kurs. KIF
211-20 KiF guruhi talabasi
Ta’lim yo’nalishi: Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
Yutuqlari:
Tel nomeri: (+998) 93 315 29 20
|
Talaba rasmi
|
2.
|
Tanlangan mavzu nomi
|
Multitasking va koʼpoqimli tizimlar.Superskalyar protsessorlar
|
3.
|
Anatasiya
|
Ushbu loyiha ishida turli sohalarga oid kompyuterlarni va kompyuter tizimlariga oid ishlar qilindi.Shuningdek qanday qilib shaxslar o’z sohasiga oid kompyuterlarni tanlash va kompyuter tizmilariga oid bilimlarni qo’llay olish ko’nikmalari keltirildi.Sohalarga oid ishlatildagan kompyuter harakteristikalarini to’g’ri tanlab olish va qo’shimcha kompyuter ko’nikmalariga oid bilimlar keltirildi.
|
4.
|
|
|
Loyiha ishini bajarishdan olingan natijalar
|
Loyihani bajarish davomida men o’zim uchun muhim bo’lgan bilimlarni
Egalladim,jumladan...
1. Multikasting haqida
2. Super konveyrli qayta ishlash
3. Superskalyar protsessorlar
degan savollarga javob topdim
|
5.
|
Ishni topshirish muddati
|
19.12.2022
|
MUNDARIJA
KIRISH.
|
5
|
I.
|
MULTITASKING VA KO’P OQIMLI (POTOKLI) TIZIMLAR. VLIW, SMT
|
|
|
|
1.1
|
Multitaskingning xususiyatlari
|
6
|
|
|
1.2
|
Ko’pmasalali (multitasking) operatsion tizimlar tarixi
|
8
|
1.3
|
Psevdoparallel multitasking
|
9
|
|
|
|
II.
|
KONVEYRLI HISOBLASH, SUPERSKALYAR HISOBLASHLAR
|
|
2.1
|
Buyruq darajasida moslik
|
11
|
|
|
2.2
|
Konveyerli qayta ishlash
|
12
|
|
|
|
2.3
|
Super konveyerni qayta ishlash
|
15
|
XULOSA. ……………………………………………………...………..........
|
28
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. …………….....………...………...
|
28
|
|
|
Kirish
Hozirda kompyuter injineringi va dasturiy injinering, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
Shunday ekan demak biz kompyuterning eng muhim qurilmasi protsessorni ham ishlash arxitekturasini bilishimiz kerak.
Multitaskingning xususiyatlari
Mutitasking (ing – ko’pmasalalilik) operatsion tizimning (yoki masalani bajaruvchi muhitning) bir nechta masalalarni parallel (yoki psevdoparallel) bajara olish xususiyatidir. Opertasion tizimning ko’pmasalalilik xususiyati asosan tarmoqlangan hisoblash tizimlarida ko’zga tashlanadi. Multitasking ning 2 xil turi mavjud:
jarayonli multitasking – bir vaqtda bajariladigan jarayonlarga asoslangan bo’lib, bunda bajariladigan dastur eng kichik element sifatida qaraladi. Ko’p tarqalgan hisoblanadi (masalan audio tinglab o’tirgan xolda matn yozish va shu kabilarda namoyon bo’ladi)
potokli multitasking – potokka asoslangan bo’lib, bunda potok eng kichik element sifatida qaraladi. Bitta dastur 2 ta va undan ortiq jarayonni bajarishi mumkin
Ko’p potoklilik multitaskingning maxsus formasidir.
Multitasking xususiyatlari.
Oddiy ko’pmasalali muhitlar resurslarni bo’lishib olish yo’nalishida ishlaydi, har bir masala (yoki jarayon) uchun alohida xotira qismi ajratiladi va masala aniq taqsimlangan vaqt intervallarida ishga tushiriladi. Boshqa multitasking tizimlarida resurslar taqsimotini dinamik amalga oshiradi, bunda masala xotirada ishlanishi boshlanadi va tizim strategiyasiga va ustunlik darajasiga qarab xotirani tark etishi ham mumkin. Bunday multitasking tizim quyidagi xususiyatlari bilan ko’zga tashlanadi:
1) Har bir masala o’zining ustunlik darajasiga ega, shunga mos ravishda protsessor vaqti va xotirani egallaydi
2) Tizim masalalar tartibini shunday tashkil qiladiki, barcha masalalar o’zlarining ustunlik darajasiga va tizimning strategiyasiga ko’ra resurslardan foydalana oladi
3) Tizim masalalarni faollashtirish, passivlashtirish, o’chirishni ta’minlovchi uzilishlar ishini tashkil qiladi.
4) Ajratilgan kvant vaqtida tizim yadrosi boshqa masalalarga resurslarni taqsimlash maqsadida masalani bajarilish holatidan tayyorlik holatiga o’tkazadi. Xotira kamlik qilgan holat sodir bo’lsa, bajarilmayotgan masalalar sahifalari diskka chiqarilib turishi mumkin (svopping), keyinchalik, tizim belgilagan vaqtdandan keyin xotiraga qayta tiklanadi
5) Tizim masalaning adres muhitini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
6) Tizim o’zining yadrosini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
7) Tizim har bir alohida masalani (jarayonni) ishdan chiqishini va “osilib” qolganligini biladi va ularni to’xtatadi
8) Tizim bir nechta masala (jarayon) bir vaqtda bir joyga murojaat qilib, ularning umumiy “osilib” qolishini oldini olish uchun resurslar va qurilmalarga kirishni tartiblaydi
9) Tizimda har bir masala qachondir albatta faollashuvi ta’minlanadi
10) Tizim real vaqt so’rovlarini qayta ishlaydi
11) Tizim jarayonlar orasida aloqani ta’minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |