Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Suhbatlami tashkil qilish



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

Suhbatlami tashkil qilish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ta ’lim 
tarbiyaviy ish olib borishda suhbat muhim ahamiyatga ega. Suhbat — 
bu defektologning savol-javob uslubidirki, bunda u bolalarni bilim lam i 
o ‘zlashtirganliklarini aniqlaydi va amaliy tajribalariga tayangan holda 
maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar yo‘li bilan 
bolalami qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaviy va tuzatish masalalarini hal qilishga 
olib keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalami tevarak-atrof bilan tanishtirish narsa 
va hodisalami bevosita kuzatish, ko‘rish, eshitish, sezish, hid bilish 
imkoniyatini berish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish jarayoni bilan 
birga boradigan nutq hissiy tajribani tushunib olishga yordam beradi. 
Kuzatishdan olayotgan taassurotni pedagog aniq so‘zlar bilan tushuntirish 
orqali to ‘ldirib boradi. Bu kuzatilayotgan obyekt to ‘g‘risida to ‘laroq 
tasaw um i shakllantiradi, bolalaming lug‘atini boyitadi, faol nutqi o ‘sadi. 
Kuzatish va ekskursiyalar jarayonlarida boyib boradigan sezgi, idrok 
tasaw urlam i aniqlash, chuqurlashtirish, mustahkamlash va sistema- 
lashtirish zarur. Bu bolalarda bilimlami axloqiy tasaw ur va hislam i,


tevarak-atrofga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish jarayonida 
katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalami tevarak- 
atrof bilan tanishtirishda kuzatishlar, ekskursiyalar o ‘tkazish, surat va 
diafilmlami ko‘rsatishni, pedagogning suhbati, so‘zlab berishi va didaktik 
o ‘yin bilan qo‘shib olib borish kerak. Masalan, katta guruh bolalarini 
pochtalon m ehnati bilan tanishtirish uchun yaqin pochta bo‘limiga 
ekskursiya uyushtirish, pochtalon bilan uchrashuv tashkil qilish, so‘ngra 
bolalar bilan bu haqda suhbat o ‘tkazish kerak. Suhbatning mavzusi 
mazmuni bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish b o ‘yicha dastur 
materiali bilan belgilanadi.
Katta guruh bolalarini ona shahar bilan tanishtirishda defektolog uning 
ko‘chalari, maydonlari va ko‘zga ko‘ringan namoyandalaming haykallari 
va boshqa joylaiga ekskursiyalar uyushtiradi. Ona shahar haqida hikoyalar, 
she’rlar beradi, ulami so‘zlab beradi va suhbat o‘tkazadi.
Suhbat orqali pedagog bolalaming oilada, turli faoliyat jarayonida 
va tarbiyachining rahbarligida o ‘tkazilgan kuzatishlar vaqtida egallagan 
tajribalari, ya’ni kishilar hayoti, tabiat haqidagi tasawurlari va bilimlarini 
maqsadga qarata aniqlaydi, mustahkamlaydi va tizimga soladi. Pedagog 
bolalar bilan ota-onalarining mehnati, ona shahar haqida suhbatlashish 
orqali ularda tevarak-atrofga nisbatan to ‘g‘ri munosabatni, ya’ni ota- 
o n a la r m e h n a tig a h u rm a tn i, q a riy a la r va o ‘z id an k ichik larg a 
g‘amxo‘rlikni, onalarga, tug‘ilgan joylariga nisbatan muhabbat hislarini 
uyg‘otadi va hokazo.
Suhbatning savol-javob xarakteri bolalarda so‘zlashuv nutqi malaka- 
larini tarkib toptirishga yordam beradi. U lam i o ‘z fikrini sodda va 
tushunarli bayon etishga, so‘zlashish vaqtida o ‘zini to ‘g‘ri tutishga 
o ‘rgatadi.
Suhbat o ‘qitishning savol-javob shaklidirki, bunda pedagog bolalaiga 
tayyor bilimlami bermaydi, balki ustalik bilan q o ‘yilgan savollar orqali 
bolalarning o ‘zlari oldin o ‘zlashtiigan bilimlari, kuzatishlari, shaxsiy 
hayotiy tajribalari asosida yangi tushunchalaiga, xulosalarga olib keladi.
Suhbat deb tarbiyachining guruhdagi ham m a bolalar bilan qandaydir 
bir mavzu yuzasidan tashkiliy so‘zlashiga aytiladi.
Suhbatning mavzusi va mazmunini aniqlashda bolalarning yosh 
xususiyatlari, kuzatishlari, ekskursiyalar va m ehnat faoliyatlari jarayonida 
egallagan bilimlari hisobga olinadi.
Suhbat mavzusi bolalar yoshiga mos va qiziqarli b o ‘lishi hamda 
ijtimoiy hayotimizdagi voqea va hodisalami aks ettirishi lozim. Masalan:


«Bizning bog‘chamiz», «Bizning sevimli shahrimiz», «Mening oilam», 
«Biz yaqinda o ‘quvchi b lam iz», « 0 ‘zbekistonning poytaxti — 
Toshkent», «Biz kutubxonada nimalarni ko‘rdik».
Ko‘p suhbatlar mehnat mavzusiga bag‘ishlanadi: ularda ota-onalar 
mehnati, pochtalon mehnati, bolalar bog‘chasi xodimlarining mehnati, 
ishchi va quruvchilar m ehnati, uning natijasi: m asalan, «Ishchi, 
quruvchilar maktab qurdilar», bolalarga loyiq, m ehnat jarayonlari: 
«K iyim ni q an d ay tik a d ila r» , «M eva va s a b z a v o tla rn i q an d ay
yetishtiradilar» va hokazolar haqida gap boradi.
Aqli zaif bolalar uyda va bolalar bog‘chasida har kuni duch keladigan 
buyumlar: « 0 ‘yinchoqlar haqida», «Kiyim-bosh va poyabzal haqida», 
«Idishlar haqida», «Maktab qurollari haqida», «Yuvinish uchun kerakli 
narsalar haqida» suhbatlar o ‘tkazish kerak. Shuningdek, «Bahorda 
bizning bog‘», «Qishlovchi va uchib ketuvchi qushlar», «Uy va yowoyi 
hayvonlar», « 0 ‘rmonda hayvonlar qanday qishlaydi», «Yil fasllari», 
«Meva va sabzavotlar» kabi mavzu o ‘tkaziladigan tabiat haqida suhbatlar 
alohida o ‘rin egallaydi.
Katta guruh bolalari bilan «Xushmuomala bo‘l», «Yaxshi o ‘rtoq boiib
o ‘s», «Kattalami hurmat qil», «Nima yaxshi-yu, nima yomon» kabi 
axloq-odob mavzularida ham suhbatlar o‘tkazish mumkin.
Bolalar bilan ular kuzatgan, ko‘rgan narsalar, surat, diafllm va 
kinofilmlar haqida ham suhbatlashsa boiadi. Aqli zaif bolalar bilan 
olib boriladigan suhbatlar ko‘proq uning bevosita kuzatishlari bilan 
bogiangan b o iish i lozim. 4—5 yoshli bolalar bilan so‘zlashish juda 
aniq ulaiga yaxshi tanish b o ig an buyum va hodisalar haqida b o iish i 
kerak. Hamm a vaqt suhbatning mazmuniga defektolog q o ‘shimcha 
tushuntirishini talab etmaydigan bolalarga tanish b o ig a n narsa va 
hodisalarni kiritish kerak.
Suhbat davomida defektolog bolalaiga ular ko‘rgan, ekskursiyada 
tanishgan narsa va hodisalar haqida yangi bilim beradi. Masalan, bolalar 
qushlarni kuzatib, qaig‘a va chumchuqlarning qishlab qolishini, boshqa 
ko‘p qushlarning uchib ketishini biladilar.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish