bolala^ga ona tilini o ‘zlashtirishda umumiy
nutq madaniyatini tarkib
toptirishda yordam beradigan, gram m atik formalarni o ‘rgatadigan
maxsus mashqlar o‘tkazish yaxshi natija beradi. Buning uchun bu ish
mustaqil b o ‘lim qilib ajratilib, o ‘zining mazmuniga ega bo‘lishi, muayyan
maqsadni ko‘zlagan holda sistemali ravishda o ‘tkazilishi lozim. Bu vaqtda
bolalam ing e ’tiborini konkret grammatik formalami o ‘zlashtirishga jalb
qilish lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘proq quyidagi gramm atik
formalarda qiynaladilar:
1. Bolalar ko‘pincha otlami kelishiklarda noto‘g‘ri turlaydilar. U lar
so‘zlaganda ko‘pincha shunday xatoliklami uchratish mumkin: M en
xolamnikida bordim, bog‘chada boram an, bog‘chaga o ‘yinchoq ko‘p,
manga ber,
mani kitobim, men bog‘cha bordim.
2. Otlaming sonlar bilan turlanishida, ayniqsa, ko‘plik qo‘shimchasini
noto‘g ‘ri ishlatadilar: bolalar uy keldi, kapalakla uchvotdi, gul ochildi
va boshqalar.
3. Bolalar fe’llami ishlatishda ham xatoliklaiga yo‘l qo‘yadilar, ayrim
fe’llam i qisqartirib talaffuz etadilar. Olib kel,
olib bor, olib tush yoki
olib keldim, olib bordim, olib tushdim o ‘miga obke, obor, obtush
deydilar yoki «Men bog‘chaga bormadim» deyish o ‘miga «Man bochaga
bor yo‘q» deydilar.
4. Ba’zan fe’llaming zamon bilan turlanishida ham xatoliklarda yo‘l
q o ‘yadilar. «Men kecha xolamnikiga bordim» deyish o ‘rniga «Men
ertaga xolamnikiga bordim».
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalar nutqidagi grammatik
xatolar:
1) b o la la r on a tilin in g m o rfo lo g ik siste m a sin i h a li yaxshi
o ‘zlashtirmaganliklaridan;
2) kattalar nutqidagi nuqsonlar ta ’siridan;
3) pedagogik ishning yaxshi yo‘lga q o ‘yilm aganligidan, ya’ni
kattalam ing bolalar nutqidagi xatolaiga e ’tibor berib,
ulam i tuzatib
bormasliklaridan, ba’zi ular nutqidagi nuqsonlarga taqlid qilishlaridan;
4) bola nutqining buzilishi sheva ta ’siridan kelib chiqadi. Masalan,
«koptok-koptov», «choynak-choynay», «soch-choch», «soat-sog‘at».
Pedagog doimo mashg‘ulotlar davomida va mashg‘ulotdan tashqari
vaqtlarda bolalar nutqini nazorat qilib borishi, kun tartibining barcha
vaqtlarida aqli zaif bolalar nu tq ini o ‘rganishi va ular nutqidagi
nuqsonlam i tuzatib borishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining grammatik tuzilishi
ustida ishlash jarayonida ularning yosh xususiyatlari va o ‘zlashtirish
imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Aqli zaif bolalar nutqining grammatik tuzilishi
quyidagi sabablarga
ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1. Bolaning umumiy psixologik va jismoniy o ‘sish qonuniyatlari.
(Aqli zaif bolalaming bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida
bilish faoliyati, ya’ni psixik jarayonlari tuig‘un buziladi. Bu bolaning
jismoniy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.)
2. Artikulatsion nutq apparatining ahvoli, fonematik eshituvi so‘z
boyligining holati. (Aqli zaif bolalar nutq organlarida nuqsonlar bo‘lishi,
nutq organlari
harakatining sustligi, fonematik eshitishning yaxshi
rivojlanmaganligi, so‘z boyligining kambag‘alligi kuzatiladi.)
3. Grammatik kategoriyalarni o ‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.
4. Tevarak-atrofdagi kattalar nutqining grammatik jihatdan qurilish
ahvoliga, pedagogik nazoratga bogiiq.
Do'stlaringiz bilan baham: