IX bob. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
1-§. Ijtimoiy rivojlanish
93. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijtimoiy rivojlanish talablari hisoblanadi:
tanish va notanish odamlarni ajrata olish;
boshqa bolalar va katta yoshdagilar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish qobiliyatiga ega
bo‘lish.
94. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijtimoiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
yaqin kishilari bilan muloqot qilishda tashabbus bildirish (ko‘zlariga qarash, jilmayish, yopishish,
qo‘llariga chiqib olishga harakat qilish, qichqirib yuborish, yengini tortish);
tanish chehralarni topish uchun ko‘rsatma bo‘yicha atrofiga nazar tashlab chiqish;
o‘z harakatlariga e’tibor qaratib, aloqaga kirishish;
unga tanish odamlarning ovozini o‘xshatish (taqlid qilish);
xayrlashish vaqtida qo‘lini silkitish;
boshqa bolaning harakatlari ketidan kuzatish, kulish yoki yig‘lash, tengdoshlariga faol taqlid qilish;
katta yoshdagilarning aksariyat murojaatlariga javob berish, lekin ularning ayrimlarini inkor etish;
boshqa bola bilan muloqot qilishga qiziqish bildirish, quvonish, zavqlanish (qarash, jilmayish, kulish,
qichqirish, bidirlash), muloqot qilishdan chalg‘imaslik;
imo-ishoradan foydalanish, baholash, yordam, hamdardlik izlab nigoh tashlash, biror xavf yuzaga
kelganligini tushunish va tanish odamdan yordam so‘rash;
katta yoshdagilarning harakatlariga kuzatib turish, taqlid qilish, katta yoshdagilarning so‘zlari bo‘yicha
turli harakatlarni bajarish orqali javob qaytarish;
o‘z o‘yinchog‘ini boshqa bolalarga taklif qilish, lekin boshqa bola undan o‘yinchog‘ini olsa, yig‘lash,
norozilik bildirish.
95. Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:
tashabbus uchun maqtash;
notanish kishilardan qo‘rqishni kamaytirishga harakat qilish;
o‘zaro hurmat va ishonch muhitini yaratish;
bolani kuzatib turish, unga yordam berishga doimo tayyor bo‘lish;
bolaning iltimoslariga mos ravishda javob berish;
bolaning o‘zi uchun yangi va notanish muhitda xavfdan holi ekanligiga ishonch hosil qilishi uchun uni
quchoqlash va qo‘llaridan ushlab turish;
bolaning iltimoslariga mos ravishda javob berish;
bolaning harakati va tashabbuslariga tegishli ravishda munosabat bildirish;
xayrlashish vaqtida qo‘llar bilan harakat qilishni amalda qo‘llash;
agar bola katta yoshdagilar eslatmasdan turib o‘zi qo‘lini silkitsa, uni maqtash;
bolaning tengdoshlari bilan muomala qilishi uchun sharoit yaratish;
katta yoshdagilar bolaga murojaat etganda, javob berganligi uchun bolani maqtash;
boshqa bolalar bilan toza havoda birgalikda aylanishlarni uyushtirish;
bolani har qanday vaziyatda ruhan qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lganda bolaga yordam berish va uning
uchun ko‘proq qulaylik yaratish;
bolani yordamga ehtiyoj sezish tabiiy hol ekanligiga ishontirish;
bolaning faol harakatlarini rag‘batlantirish;
bola bilan ko‘proq muomalada bo‘lish va so‘zlashish;
bolaning o‘z o‘yinchoqlarini boshqalar bilan birga o‘ynashini rag‘batlantirish.
96. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash maqsadida quyidagilarga
rioya qilish lozim:
bolaning e’tiborini noto‘g‘ri xatti-harakatlarga qaratmaslik;
harakatni qanday qilib to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish;
har qanday vaziyatda ham pand-nasihat qilmaslik;
muloqot yuritishda sabr-toqatli bo‘lish.
Quyidagi vaziyatlar bolaning yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin:
sovqotganligi yoki isib ketganligi;
taglikning ho‘l bo‘lib qolganligi;
ortiqcha siqib yo‘rgaklanganligi;
ochiqqanligi yoki og‘riq sezganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |