Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda har jihatdan yetuk bo’lgan barkamol shaxsni tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda va bu yo’lda yoshlarni turli ma’naviy xurujlardan saqlash, ularda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kabi vazifalar ustuvorlik qilmoqda.
Yoshlarning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan har qanday tahdid va tajovuz bevosita mustaqil yurt xavfsizligiga, uning milliy kelishga qaratilgan desa bo’ladi. Tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo’lib yashash, sog’lom avlod kelajagiga, oxir-oqibatda, jamiyatni inqirozga olib keladi. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o’ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin.
G‘OYAGA QARSHI – G‘OYA, JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT BILAN KURASHAYLIK !
“Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.”Barcha zamon va makonlarda ham Vatanga xiyonat eng og‘ir kechirilmas gunoh, jinoyat hisoblangan. Yurtimiz osmonini bir necha bor qora bulutlar qoplagan mash’um qo‘poruvchilik qilingan kunlarda og‘ir jinoiy ishlarga aralashib, adashganlarning ayrimlari sizu bizning atrofimizda yurganlar edi. Ularning shu holga tushib qolishlariga atrofidagi kishilarning, jamoatchilikning beparvoligi, tomoshabinligi ham sabab bo‘lganligini inkor etib bo‘lmaydi.
Ekstremistlar tinch aholiga nisbatan ochiqdan ochiq
«jihod» e’lon qilib, yuzlab begunoh odamlarning hayotiga tajovuz qilishga qaratilgan terrorizm, zo’ravonlik kabi usullarni keng qo’llaydilar. Hattoki, ayrim o’ta radikal oqimlar «jixod — islomning oltinchi arkoni», deb bundan terrorchilik amaliyotlari uchun g’oyaviy-aqidaviy asos sifatida foydalanayotganlari ham alohida qayd etib o’tilgan.
Mafkuraviy immunitetni
shakllantirish-farovon hayot qurish mezoni bo‘lmog‘i kerak
Ma’naviyat insoniyat qalbiga ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, vatan tuyg‘usi bilan singib boradi. Jahon xalqlari tajri-basi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashash uchun yetarli sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkonlar tug‘iladi.
Bugun Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekistondagi barqarorlikka tahdid soluvchi diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, doimo ogoh va hushyor bo‘lish – dolzarb ahamiyatga ega. O‘sib kelayotgan yosh avlodning turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, yoshlarni bilimli, vatanparvar va har tomonlama yetuk etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni chuqur tahlil qilish lozim.
Aqidaparastlikka qarshi kurash o‘quv muassasalaridagi ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar, yoshlar bilan turli shakldagi uchrashuvlar, suhbatlar, ommaviy nashrlar, radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlar vositasida olib borilayotir. Bu jarayonda tegishli tadbirlar o‘quv muassasalari, jamoat va diniy tashkilotlar hamkorligida yoshlar bilan tizimli ravishda va zamonaviy multimedia vositalaridan keng foydalangan holda tashkil etilayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Xulosa. Ma’naviy dunyosi yuksak, teran bilimli odam hayot yo’llarida o’zini yo’qotmaydi, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata oladi, o’zgalarning ta’siriga berilmaydi. Ma’naviy qashshoq insonning jaholat komiga tushishi oson. Biz bugungi kun yoshlari teran fikrlamog`imiz kerak. Har xil insonlar qatoriga qo`shlimasligimiz o`z fikrimizga ega bo`lmog`imiz kerak. Fikrga qarshi – fikr, g‘oyaga qarshi
– g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat orqali kurash g‘oyasi shiori ostida barchamiz bahamjixat bo‘lib, milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirishimiz va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |