O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ilm-fan va ta’lim
sohasidagi hamkorligi [2017-2021 yillar misolida]
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlatlar tarixi shuni ko’rsatmoqdaki, qaysi davlatda boshqa davlatlar bilan hamkorlik va sog’lom raqobat, o’zaro ko’mak va faol muloqot uchun keng yo’l ochilgan bo’lsa, o’sha davlat rivojlandi va rivojlanmoqda ham. Bu hamkorlik ilm-fan va ta’lim sohasida bo’lsa, uning ijobiy rivojlanishga ko’rsatadigan tendensiyasi yana ikki karra ortadi, agar mazkur sohadagi hamkorlik o’zaro qo’shni va qardosh davlatlar o’rtasida kechsa, uning ko’lamini tasavvur qiling. 1924-yil sovetlar tomonidan Milliy hududiy chegaralanishga qadar, bir xalq bo’lib kelayotgan Markaziy Osiyo respublikalari bugun mana shunday faol hamkorlik yo’liga qadam qo’ydilar.
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O’zbekiston o’z hududida qadimdan Dor-ul Hikma va Maorif [Bilimdonlik va Maorif uyi] yoki Somoniylar davridagi yuqori sifatga asoslangan ta’lim tizimi, X asrdagi Farjak, XII asrdagi Faqihlar madrasasi, XV asrdagi Ulug’bek akademiyasi va abservatoriyasi joylashgan ziyo maskani edi. Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Al-Buxoriy, Al-Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy singari jahon ilmiga o’z hissasini qo’shgan mashhurlarni kamol topdirgan O’zbekiston qadimdan Markaziy Osiyoning ajralmas bo’lagi, qisqa qilib aytganda esa, madaniyat tarqatuvchi yuragi ham edi. Biz bugun ko’p va xo’p ishlatayotgan Markaziy Osiyo atamasi nisabatan yangi tushuncha bo’lib, mazkur atama birinchi marta taniqli nemis olimi, geograf Aleksandr fon Gumboldt tomonidan 1843-yilda Parijda nashr etilgan uch jildli “Markaziy Osiyo. Tog’ tizmalarini tadqiq qilish va iqlimlarni taqqoslash” asarida qo’llanilgan edi.1 1991-yildan keyingi, ya’ni mintaqa davlatlarining siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritganlaridan keyingi davrda ushbu hududni «Markaziy Osiyo» atamasi orqali atash keng tarqala boshladi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1993-yilda Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ular mintaqaga nisbatan bundan buyon Markaziy Osiyo atamasini qo‘llash to‘g‘risida kelishib olishdi.2 Aslini olganda, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Bizning ota-bobolarimiz ham, momolarimiz ham bir”3 deya, haq gapni aytgan edilar.
1991-yildan Sobiq Sovet davlati qaramog’idan qutulib birin-ketin o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, yangi zamon - yangi rivojlanish yo’liga qadam qo’ygan Markaziy Osiyo Respublikalari o’zining avvalgi mushtarak tarixini esdan chiqarishmadi va o’zaro hamkorlik tomon dastlabki qadamlar tashlandi.
Biz maqolamiz mavzusidan chiqmagan holda qardosh Markaziy Osiyo respublikalarining ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorligini atroflicha yoritib berishga harakat qildik. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingi davrda olib borilayotgan islohotlar, faol hamkorlik va boshqa faol ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tarixchilar ikki bosqichga bo’lishmoqda: 1) 1991-2016; 2) 2016-yildan keyingi yillar. Biz ham mavzu obyekti sifatida ikkinchi davrdagi aloqalarni yoritishni belgilab oldik. Negaki, aynan biz so’z yuritmoqchi bo’layotgan ikkinchi bosqich Markaziy Osiyo davlatlari uchun o’ziga xos integratsion davr bo’ldi.
Shuni alohida aytish kerakki, Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida Markaziy Osiyo respubliklari bilan manfaatli aloqalar yangi pallaga kirdi. “Biz o’zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish asosida xorijiy davlatlar, eng avvalo, qo’shni davlatlar, shu bilan birga, xalqaro insitutlar bilan yaqindan hamkorlik qilishni bugungi kun talablari darajasida tashkil etamiz”.4 Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi va aynan shu mavzuda 2017-yil avgustda xalqaro anjuman ham bo’lib o’tdi. Unda BMT rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili X.Freyzer O‘zbekistonda qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va unga muvofiq qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashqi siyosat kelgusida nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning yanada farovonlashuvi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi.5
E’tiboringizni birgina 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo respublikalariga qilgan davlat tashriflariga qaratsak, 2017-yil 4 marta Qozog’iston, 3 marta Turkmaniston, 1 marta Qirg’izistonga tashrif buyurishi hamkorlik istiqbollari uchun zamin hozirladi. 2018-yilning Qozog’istonda “O’zbekiston yili” deb e’lon qilinishi, 2019-yil O’zbekistonda “Qozog’iston ta’lim kunlari” nishinlanishi6 ma’naviy-ma’rifiy soha rivoji yaratilgan keng zamin uchquni bo’ldi. Birgina 2018-2019-yildan boshlab har yili o’zbekistonliklar uchun 10 ming o’rinlik Qozog’iston oliygohlariga frantlar ajratildi.7 2019-yil O’zbekistonda “Qozog’iston yili” nishonlandi. Qozog‘iston yili doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda qo‘shni davlatning 42 ta oliy o‘quv yurti delegatsiyalari ishtirok etdi. Ko‘rgazmalarda qo‘shni davlat universitet va institutlaridagi kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim tizimi haqida taqdimotlar tashkil etildi. Shuningdek, bugungi kunda malakali kadrlar tayyorlashdagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida oliy ta’lim tizimida tajriba almashishlar amalga oshirib kelinmoqda. Toshkent farmasevtika va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kabi qator oliy ta’lim muassasalarida Qozog‘istonning yetakchi universitetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv seminarlar tashkil etilgani shular jumlasidan.8
Do'stlaringiz bilan baham: |