2-§. Hissiy rivojlanish
97. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda hissiy rivojlanish talablari hisoblanadi:
bola o‘zining “men” konsepsiyasini rivojlantirishi;
bola boshqalarning his-tuyg‘ulariga munosabat bildirish va o‘z hissiyotlarini ifodalash qobiliyatiga ega
bo‘lishi.
98. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda hissiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
o‘z ismini bilish, chaqirganda boshini o‘girish, o‘z ismini eshitganda imo-ishora, tovushlar bilan javob
qaytarish;
katta yoshdagilarning “qayerda?” degan savoliga tana a’zolari (boshi, qo‘llari, oyoqlari, burni) bilan
javob qaytarish;
ko‘zgudagi o‘z aksiga jilmayish, o‘zining qayerdaligini so‘rashganda, o‘zini ko‘zgudan ko‘rsatish;
qarama-qarshi xususiyatli (quvnoq-g‘amgin, tez-asta) musiqaga nisbatan hissiy munosabat bildirish;
turli vositalar yordamida katta yoshdagilarning e’tiborini tortish;
katta yoshdagilarning imo-ishorasiga taqlid qilish;
o‘zi xohlagan narsaga erishganda, zavqlanishini namoyon etish yoki yoqtirmaydigan taom berilganda,
norozilik bildirish va ovqat yeyishdan bosh tortish;
hissiyotlar bildirilganda, javob qaytarish, yurishni boshlayotganda, ma’qullashlarga javoban jilmayish;
kimdir yuzini kulguli burishtirsa yoki g‘ayrioddiy harakatlarni bajarsa, quvonish yoki kulish,
atrofdagilarning kulgisini uyg‘otgan narsalarni o‘z tashabbusiga ko‘ra takrorlash;
yoqtiradigan buyumni undan olib qo‘yayotganda norozilik bildirish;
boshqalarga ta’sir ko‘rsatayotganini payqaganda, chapak chalish, xursand bo‘lish, quvonish, ma’lum
tovush va harakatlarni takrorlash;
uzoqdagi buyumga etib olishga qattiq intilish va unga etib olganda, mamnuniyat bildirish.
99. Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:
bola bilan muomala qilishda doimo uning ismidan foydalanish;
bolaga tana a’zolarini ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida nomini aytish;
bolaning harakatlarini tabassum bilan rag‘batlantirish, bolaning turli o‘yinlarni ko‘zgu ro‘parasida
o‘ynashini ta’minlash;
bolaga muntazam ravishda qo‘shiq kuylab turish;
turli vaziyatlarda bolaning hissiyotlarini aytib eshittirish;
bolaning harakatlariga nisbatan ochiqchasiga fikr bildirish (xursand bo‘lish, tabassum qilish yoki qosh-
qovog‘ini solish);
bolaga u o‘ziga e’tibor qaratish uchun qilgan harakatlariga muvofiq munosabat bildirish, unga o‘z
istaklarini bildirishiga ruxsat berish hamda uning ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash;
bolani har bir erishgan yutug‘i uchun maqtash va ma’qullash;
bolaning qiziqarli yo‘llar bilan turli his-tuyg‘ular va harakatlarni bilib olishiga imkon berish;
qiziqarli yo‘llar bilan bolani turli his-tuyg‘ular va harakatlarni bilib oladigan faoliyatga undash;
bolaga o‘z tuyg‘ularini ifodalash imkoniyatini berish va hissiyotlarini namoyish etishini qo‘llab-
quvvatlash;
ruhiy jihatdan qulay sharoitni yaratish va bola bilan har kuni shaxsan o‘ynash;
bola bilan o‘ynayotganda, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun unga yaqinroq turish va bola
bilan birga qilinayotgan harakatlarni unga izohlab berish.
100. 6 — 12 oylik bolalar bilan munosabatlarda quyidagilarga rioya qilish lozim:
bolalarda miya po‘sti yetarlicha rivojlanmaganligi sababli, ular o‘zlarining organik ehtiyojlarini
qondirishda hatto kichik o‘zgarishlarga nisbatan ham kuchli sezgirligi bilan ajralib turishini hisobga olish;
kun tartibining izchilligiga amal qilish;
bolani hech qachon shoshiltirmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |