Kurs ishining maqsadi: bu kurs ishini qilishdan maqsad maktabgacha ta’lim soxasidagi joriy qilinayotgan texnalogiyalarni o’rganib chiqish.
Kurs ishining vazifasi: bosqichma bosqich qarorlarni amaliyotda qo’llanilishini ko’rib chiqayabdilar.
Kurs ishining ob’ekti:maktabgacha ta’lim texnalogiyalarni joriy qilishdagi texnologik kansebsiyalari.
Kurs ishining predmeti:texnologik asoslari.
Kurs ishining metodlari:kuzatuv,savol-javob,tahlil,umumlashtirilgn adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining metodologik asoslari: Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo‘yish bo‘yicha elektron dastur”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Kurs ishining tuzilishi : 2ta bob 4ta paragrf,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB.MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA ILG‘OR AXBOROT VA PEDAGOGIKA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-oktabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. O‘zA xabariga ko‘ra, unda bosh vazir, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta’lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi.
Prezidentning 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |