Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


O‗RTA OSIYODA MAVJUD MILLIY MEHNAT AN‘ANALARI NEGIZIDA HUNARMANDLAR



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet454/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

O‗RTA OSIYODA MAVJUD MILLIY MEHNAT AN‘ANALARI NEGIZIDA HUNARMANDLAR 
TAYYORLASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TIZIMI 
 
HAYDAROV D., JDPI., HAYDAROV M. JDPI talabasi 
 
O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim tizimini isloh qilishniig o‗ta muhim prinsiplaridan biri uning milliy 
yo‗naltirilganligi — ta‘limning milliy tarixi, xalq an‘analari va urf - odatlari bilan uzviy uyg‗unligi, O‗zbekiston 
xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va yanada boyitish, ta‘limni milliy taraqqiyotining o‗ta muhim omili sifatida 
e‘tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash‖dir. 
Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‗lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma‘naviyatimizni tiklash va 
yanada yuksaltirish, milliy ta‘lim — tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon 
talablari bilan uyg‗unlashtirish asosida isloh etib, oldimizga qo‗yilgan buyuk maksadlarimiz, ezgu niyatlarimizga 
erishishimiz mumkinligiga amin bo‗lmoqdamiz. 
O‗rta Osiyo pedagogik tafakkuri antologiyasiga va o‗zbek milliy madaniyati hamda xalq hunarmandchiligi 
tarixiga oid adabiyotlar tahlili ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlashning fundamental asoslari chuqur tarixiy ildizlarga 
ega ekanligini va ular VIII-XIII asrlardayoq O‗rta Osiyoda yuksak darajada bo‗lganligini ko‗rsatadi. 
O‗rta asrlarda Yaqin va O‗rta Sharq mintaqasida yashab, ijod qilgan xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
hayotidagi ilg‗or o‗zgarishlar shaharlarda ulkan tarixiy obidalarni, savdo-sotiqni, hunarmandchilikni, san‘atni,
ayniqsa ta‘lim - tarbiya tizimini gullab yashnashiga imkoniyat yaratib bergan. 
―Hozirgi O‗zbekiston deb ataluvchi xudud, ya‘ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‗lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk 
allomalar, fozilu fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ishlarning 
asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari,
shu kungacha ko‗rku fayzini, mahobatini yuqotmagan osori atiqlarimiz qadim — qadimdan yurtimizda 
dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me‘morchilik va shaharsozlik san‘ati yuksak darajada bo‗lganligidan
dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun
kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‗lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, 
san‘at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me‘morchilik, dehqonchilikka oid o‗n 
minglab asarlar bizning beqiyos ma‘naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‗lgan xalq 
dunyoda kam topiladi‖. 
Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom va boshqalarning adolat, umumxalq baxti, fozil odamlar shahri, 
do‗stlik va tinchlik, fan va ma‘rifat, ustoz va shogirdlar o‗rtasidagi munosabatlar, inson tarbiyasi haqidagi 
insonparvarlik ruhidagi qarashlarini ijtimoiy - pedagogik yo‗nalishlar desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Keyinchalik bu 
g‗oyalar al-Hamadoniy, Abdurahmon Jomiy, Jalol-al Din Davoniy, al—Kashiy, Burxon-ad-Din Zarnujiy, al-Xanafiy, 
Mir Abu Tohir Sadriy Samarqandiy, Ahmad Ibn Nosr as-Sidiqiy, al-Buxoriy va boshqa buyuk olim-fuzalolarning 
pedagogik dunyoqarashlarining konseptual negizlariga aylandi. O‗rta asr mutafakkirlarining ilmiy, manaviy va 
intellektual merosi XIX asrlarning oxiri va XX asr boshlarida Yaqin va O‗rta Sharq mamlakatlarini milliy ta‘lim 
tizimiga tadbiq qilingan, qolaversa xalq hunarmandchiligi sohalari bo‗yicha ustalarini tayyorlash tizimiga ta‘siri 
dunyoviy ta‘lim doirasida inson shaxsini ijtimoiy - pedagogik ishlab chiqish bilan uzviy bog‗liqligini yaratish omili 
bo‗ldi. O‗rta asr olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlari, sharhlari, badiiy va san‘at asarlari, Markaziy Osiyoda 
VIII-XIII asrlar davomida ta‘lim-tarbiyaniig bir butun falsafiy-pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqilganligidan va kasb-
hunar egallab mehnat faoliyati bilan shug‗ullanishning konseptual negizlari yo‗lga qo‗yilganligidan dalolat beradi. Shuning 
bilan bir qatorda, mazkur davrda hunarmandlarning muayyan sohalar bo‗yicha tabaqalanishi, ular tashkiliy-tarkibiy 
jihatdan birlashib hunarmandchilik uyushmalari yuzaga kelgan. Shaharlarda istiqomat qiluvchi usta-hunarmandlar o‗z 
umumiy ijtimoiy tarkibiga ega bo‗lgan ―uyushmalar‖ ga birlashganlar. Har bir ―uyushma‖, ya‘ni hunarmandchilik 
tashkiloti, o‗z a‘zolarining ma‘naviy hayoti, kasb-hunarga oid faoliyati, ta‘lim-tarbiyasi va shu kabilarni o‗zida 
mujassamlashtiruvchi o‗ziga xos nizomiga - «risola»siga ega bo‗lgan. O‗rta asrlarda usta-hunarmandlar oilalari kasb-
hunarga oid bilim va mahoratni avloddan avlodga o‗z shogirdlari va izdoshlariga meros qilib qoldirganlar. Demak, har 
bir hunarmand oilasi o‗sha zamonlarda mavjud bo‗lgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada o‗zining ijtimoiy-iqtisodiy va 
kasbiy maqomiga, ya‘ni o‗zining «iqtisodiy o‗rniga» ega bo‗lgan. 
Afsuski, O‗rta asrlar davridagi kasb-hunar sirlarini o‗rgatishga oid tajribalar, o‗zbek xalqi an‘analarida bo‗lgan 
usta-hunarmandlar tayyorlash tizimi va ularning mohiyatini ilmiy anglash hozirgi zamon kasb-hunar pedagogikasining 
predmetiga aylanmagan. Shuningdek, O‗rta asrlarda islom jamiyatining ma‘naviy, moddiy, ijtimoiy taraqqiyotini 
yuksaltiruvchi asosiy omillardai biri bo‗lgan va o‗rta asrlarda Sharq pedagogik tafakkuri taraqqiyotini ta‘minlab bergan 
ta‘lim-tarbiya konsepsiyasi, shu jumladan kasb-hunar ta‘lim-tarbiya konsepsiyasi, yetarli darajada o‗rganilmagan.


472 
―O‗rta asrlarda usta-hunarmandlar tayyorlash ijtimoiy-pedagogik tizimi‖ ni o‗rganib chiqish quyidagi ijtimoiy-
pedagogk shart-sharoitlar bilan xarakterlanadi:1) ta‘lim, tarbiya jarayonini demokratlashtirish, insonparvar-lashtirish va 
ijtimoiylashtirish. Davlat va ijtimoiy siyosatda shaxs manfaatlari va ta‘lim-tarbiyaning ustuvorligini e‘tirof etish; 
2) milliy o‗zlikni anglashning yuksalishi, vatanparvarlik, vatan g‗ururi hissini, xalqning milliy madaniy-tarixiy 
an‘analari va intellektual merosini hurmat qilish va e‘zozlash; 
3) ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini hozirgi paytda, jamiyatimizda o‗tkazilayotgan tub o‗zgarishlar 
bilan uzviy bog‗lash; 
4) kadrlar tayyorlash tizimining mazmun-mohiyati va tuzilmasi tarkibini, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyot istiqbollari, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan
kelib chiqqan holda, qayta tashkil qilish; 
5) yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berishda hamda ma‘naviy-axloqiy va jismoniy rivojlantirishda oila, korxona, 
ijtimoiy tashkilotlar, mahalla, xayriya va xalqaro jamg‗armalarning rolini kuchaytirish bo‗yicha tegishli tadbirlarni 
amalga oshirish. 
Shuniig uchun ham milliy o‗zlikni anglash, xalqning manaviy-axloqiy va aqliy qadriyatlarini tiklash borasida, 
o‗rta asr Sharq buyuk mutafakkir-olimlarining tarixiy merosini va ular tomondan ishlab chiqilgan kasb —hunar ta‘lim 
texnologiyasini qayta tiklash muhim ahamiyatga ega vazifa deb bilamiz. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish