Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


BO‗LAJAK BOSHLANG‗ICH SINF O‗QITUVCHILARIGA KOMPYUTERLI TA‘LIM BERISH USULLARI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet455/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

 
BO‗LAJAK BOSHLANG‗ICH SINF O‗QITUVCHILARIGA KOMPYUTERLI TA‘LIM BERISH USULLARI 
 
HAYDAROV D., JDPI 
 
Bugungi kunda ta‘lim sohasida olib boriladigan islohatlar ta‘lim tizimini — uni tashkil etish prinsiplari
mazmunini, ta‘lim-tarbiya jarayonining shakl va usullarini yangi ta‘lim texnologiyalari talablari darajasida tubdan isloh 
qilishni taqozo etmoqda. Shuning uchun ham bugungi kun muammolardan biri ta‘lim jarayoniga axborot 
texnologiyalarini olib kirishdir. 
Ta‘limni axborot texnologiyalari bilan boyitish jamiyat hayotining barcha sohalariga ma‘lumotlarni jadal olib 
kirish shakllaridan biri hisoblanadi. Inson faoliyatida uning kompyuter bir ishlashida u yetakchi komponent hisoblanib, 
mashina uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bo‗ladi. Talabalarning o‗quv faoliyatini kompyuter 
yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘limni 
kompyuterlashtirish uzluksiz ta‘lim tizimini, qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini tashkil etishi bugungi 
kunda hech kimga sir emas. 
Ta‘lim-tizimini axborotlashtirish – yoshlar faoliyatining barcha jabhalarida intellektual faoliyat turlari va rolini 
oshirish bilan bog‗liq ob‘ektiv jarayon. 
Ta‘lim-tarbiya jarayonlariga axborot texnologiyalarini olib kirish xalq turmush darajasining tubdan 
yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishiga, iqtisodning o‗sishiga, fan-texnika taraqqiyotining 
jadallashishiga olib keladi. Bu masala davlatimiz va hukumatimiz diqqat markazidagi masalalar qatorida turibdiki, buni 
mazkur yo‗nalish bo‗yicha qabul qilingan farmon va qarorlar tasdiqlaydi. 
Respublikamiz axborot tizimidagi eng muhim yo‗nalishlardan biri uzluksiz ta‘lim tizimini axborotlashtirishdir. 
Uzluksiz ta‘lim tizimini axborotlashtirish ta‘lim-tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim shartlaridan 
biridir. Bu borada ta‘lim maqsadini samarali amalga oshirishda axborot texnologiyalar muhim rol o‗ynaydi. Bo‗lajak 
boshlang‗ich sinf o‗qituvchilariga axborot texnologiyalarini o‗rgatib borish, undan ta‘lim-tarbiya jarayonlarida 
muaffaqiyatli foydalanish albatta katta yutuqlar garovi hisoblanadi. 
Ta‘limni kompyuterlashtirish insonning aql-zakovati rivojlanishiga ulkan hissa qo‗shishini hisobga olgan holda 
bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarini tayyorlashda induksiya va deduksiya, umumlashtirish va konkretlashtirish, 
tahlil va sintez, tasniflash va tizimlashtirish, abstraklashtirish va o‗xshatish kabilarga alohida e‘tibor beriladi. Chunki 
ular mantiqiy xulosalar chiqarish, fikrlarni ifodalash, asoslash va isbotlashga, shu asosda mantiqiy fikrlashning 
o‗sishiga xizmat qiladi. 
Bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarini, ta‘lim-tarbiya jarayoniga tayyorlashda kompyuter bilan muloqat 
qilishga o‗rgatib boriladi. Bu esa o‗z navbatida, talabalarga o‗quv jarayonini to‗liq boshqarishda uning mazmunini 
boyitish va takomillashtirishga yordam beradi.
Bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarini tayyorlashda ta‘limni tashkil etish – talaba bilan o‗quv materiali 
o‗rtasidagi bog‗lanishni kompyuter vositasida yo‗lga qo‗yishdan iboratdir. Talaba bilan o‗quv materiali o‗rtasidagi 
bog‗lanishni tashkil etish uchun ta‘lim loyihalanadi. Talabalarning o‗quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini 
rag‗batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta‘lim jarayoniga kampyuterni olib kirish elektron ishlanmalarda mujassamlashgan didaktik vazifalar, o‗quv 
topshiriqlari, o‗quv materiali, o‗qitish uslublarini qamrab olishi bilan ajralib turadi. Bo‗lajak boshlang‗ich sinf 
o‗qituvchilarini ta‘lim-tarbiya jarayoniga tayyorlashda ta‘lim jarayonidagi kompyuter quyidagi didaktik vazifalarni 
bajaradi: talabalarga o‗quv materialini o‗rganishga tayyorlaydi; bilim, ko‗nikma, malakalarini mustahkamlaydi, tizimga 
soladi, zaif o‗rinlarini aniqlaydi va to‗ldiradi.
O‗qituvchilar bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarini ta‘lim jarayoniga tayyorlashda yangi o‗quv 
materialini o‗qitish mohiyatidan kelib chiqib, o‗quv materiali, o‗quv topshirig‗i, ta‘lim uslubi, vositalarini tahlil etish 
bilan bir qatorda kompyuter xotirasidagi materiallarni tanlaydi. Shundan so‗ng talabalarga zarur ma‘lumotlarni beradi. 


473 
Kompyuterdan foydalanib bo‗lajak boshlang‗ich sinf o‗qituvchilariga ta‘lim berish bugungi kunning eng ilg‗or 
g‗oyalariga asoslanadi.
Kompyuterlarni o‗quv jarayonida qo‗llash quyidagi imkoniyatlar yaratadi:
- talabalarda yangilikni bilish ehtiyojini paydo qiladi;
- talabalarda kuproq axborot olishi imkonyati oshadi;
- talabalarda mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda boshqa fanlarga ham kompyuter bilan ishlash orqali 
o‗rganib boradi;
- kompyuter ijodiy yondashuvni ta‘minlaydi;
-talabalar keng qamrovdagi ma‘lumotlarga ega bo‗ladi;
-internet bilan bog‗lanib yangi materiallarni o‗rganib boradi; 
-o‗ziga bo‗lgan ishonchi oshadi va o‗z-uzini baholab boradi. 
Umuman olganda ta‘lim tizimini axborot texnologiyalari bilan boyitish yosh avlodni xar tamonlama yetuk 
shaxs qilib tarbiyalashga muhim vositalardan biri bo‗lib qoladi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish