446
steriotiplarini yengish, muammolarni his etish, kuzatuvchanlik, fikrlash qobiliyatini; xarakterini – mustaqillik,
maqsadga intiluvchanlik, irodaviy sifatlarni qamrab oladi.
Ko‗pgina kasb-hunar kollejlarining rahbarlari bugungi kunda kasb ta‘limi o‗qituvchilari
faoliyatiga qanday
pedagogik talablar qo‗yilayotganligi haqida to‗la tasavvurga ega emaslar. Kasb ta‘limini amalda muvaffaqiyatli joriy
etish uchun o‗qituvchi qanday bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lishi lozim? Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan mezonlar
kasb-xunar kollejlari uchun pedpgogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Bo‗lajak kasb ta‘limi o‗qituvchisining kasbiy kompetetligini baholash ko‗rsatkichlari
Ular bilishlari kerak:
O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi qonini va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, kasbiy
ta‘lim konsepsiyasi mazmunini;
-
ta‘limdagi shaxsga yo‗naltirilgan, individual va kompetent yondashuvlarni hamda ularni amaliy
joriy etishning metodologik asoslari;
-
predmetlar bo‗yicha ta‘lim mazmuni (tayanch va kasbiy bilimlarni);
-
elektiv kurslarni ishlab chiqish va tashkil
etish metodkasini;
-
o‗quvchilarning loyihalash va ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish metodikasini.
Kasb ta‘limi o‗qituvchisi quyidagilarn uddalay bilishi kerak:
-
o‗qitishni maksimal darajada individuduallashtirishga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini loyihalash,
o‗quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati asoslarini kuchaytirish, tadqiqot faoliyati va ijtimoiy amaliyotini rivojlantirish;
-
o‗quvchilar faoliyatini xilma xil shakl va turlaridan foydalanish(loyiha, individual va guruxiy
shakllari , axborotning turli manbaliri) va tayanch ma‘lumotlari bilan mustaqil ishlash; ijtimoiy amliyot; o‗quv muxitini
tabaqalashtirish: sinf –o‗quv xonalari, labortoriyalar va boshqalar);
-
o‗quv jarayonida o‗quvchilarning bosqichma-bosqich rivojlanishini aniiqlashning yangi shakl,
metod va vositalaridan foydalanish (bunda o‗quvchilarning o‗ziga xos xususiyalari hisobga olinadi);
-
o‗quvchilarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda predmetini o‗qitish
mantiqini
qurish; jamoa va har bir o‗quvchining rivojlanish vaziyatini tashxis etish hamda nazorat qilish; o‗quv jarayonida
uchraydigan qiyinchiliklarni bashorat qilish, ularning sabablarini va bartaraf etilishi yo‗llarni aniqlash;
-
o‗quvchilarning axborot larni to‗rlash va tahlil etish byo‗icha amaliy malakalarini shakllantirishga,
mustaqil ishini qullab quvvatlashga, tajribalarni mustahkamlash va ma‘suliyat bilan faoliyat ko‗rsatishiga , o‗zini o‗zi
kamol
toptirishiga, qadriyatiy yo‗nalishlarining shakllanishiga imkon beruvchi zamonaviy o‗vitish texnologiyalari va
metodlarini qo‗llash;
-
o‗quv jarayonida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
-
ta‘limning amaly yo‗nalganligini ta‘minlash, o‗quvchilarda ma‘lum kompetensiyalarni
shkllantirish (intellektual, kommunikativ, bilish, informatsion, fuqoroviy-huquqiy va boshqalar);
-
o‗quvchilarning kasbiy o‗z-o‗zini belgilashga ko‗maklashish.
Ushbu mezonlar asosida kasb ta‘limini tashkil etish jarayonida o‗qituvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o‗rganish
mumkin. Olingan natijalar asosida pedagogning kasbiy kompetentligi rivojlantiriladi.
Ba‘zi mualliflarning fikricha , ―pedagogning kasbiy kompetentligi‖ tushunchasini ―pedagogning kasbiy
faoliyatga tayyorgarligi‖ tushunchasini ma‘nosini anglatadi.
Ularning fikricha, kasbiy kompetentlik o‗qituvchining
pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarlik darajasini belgilab beradi.
Pedagogning kasbiy tayyorgarligi tizimi o‗z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
-
psixologik tayyorgarlik;
-
ilmiy-nazariy tayyorgarlik;
-
psixofiziologik va jismoniy tayyorgarlik.
Bizning fikrimizcha, ―kasbiy tayyorgarlik‖ va ―kasbiy kompetensiya‖ mezonlari ma‘no jihatidan bir-biriga
yaqin, ammo aynan teng emas.
Shunga e‘tibor qratish lozimki, ―kasbiy kompetensiya‖ atamasi bilan bir qatorda ilmiy pedagogik
adabiyotlarda unga ma‘no jixatdan yaqin bo‗lgan ―professionalizm‖, ―kasbiy mahorat‖, ―malaka‖, ―o‗z
kasbining
ustasi‖ kabi tushunchalar ham qo‗llanib kelinadi. Ko‗p xollarda tadqiqotchilar mazkur atamalar o‗rtasidagi muhim
farqlarga unchalik e‘tibor qaratishmaydi. Shu bois, ko‗p ma‘noli ―kasbiy kompetensiya‖ tushunchasini tahlil etishda
qiyinchilikka duch kelinadi.
Komponentlik yanada kengroq tushuncha – ―pedagogning kasbiy kompetentligi‖ tushunchasining tarikbiy
qismi hisoblanadi.
S.M.Vishnyakovning ta‘kidlashicha, kasbiy komponentlik umumta‘lim negizida shaxs va jamiyat uchun
kasbiy ahamiyatga ega sifatlarning shakllanishi xarakterlaydi. Bu sifatlar esa, insonga mehnatning aniq turlarida o‗zini
to‗la namoyon etishi uchun imkon beradi.
Pedagogning kompetentligi tuzilishini tavsiflashda biz uni darajalarga ajratdik (jadvalga qarang).
Insonning umumiy kompetentligi o‗z ichiga muhim mazmuniy va muhim funksional kompetentliklarni qamrab
oladi.
Pedagogning kasbiy kompetentligi deyilganda ma‘lum kasbiy soha bo‗yicha faoliyat ko‗rsatadaigan pedagog-
mutaxassisning tayanch kompetentliklari tushuniladi. (masalan, o‗qituvchi, tarbiyachi,
pedagog-psixolog, ijtimoiy
pedagog, pedagog-defektolog va boshqalarning kasbiy kompetentligi).
Endi har bir ierarxik bosqich (pog‗ona) haqida qisqacha to‗xtalib o‗tamiz. Insonning umumiy kompetentligi
darajasida muhim mazmuniy kompenentliklar (qadriyatiy-ma‘naviy, umummadaniy, intelektual, informatsion, shaxsiy
447
komillik) va muhim funksional kompetentliklar (o‗quv, ta‘limiy, ijtimoiy-kasbiy va ijtimoiy-rolli) shakllanadi.
Pedagogning kasbiy kompetentligi darajasida tayanch kasbiy kompetentliklar shakllanadi. Bunda umumiy darajadagi
muhim kompetentliklarning mazmuniy sohasida kasbiy faoliyat uchun quyidagilar aniqlashtiriladi: qadriyatiy-
motivatsion, madaniy, intellektual-pedagogik, informatsion, kasbiy va shaxsiy komillik.
Funksional soha muhim kopetentliklar tizimi orqali izoxlab beriladi:
diagnostik, prognostik, tadqiqot,
konstruktiv, tashkiliy, kommunikativ, texnologik va korreksion kompetensiyalar.
Ushbu kompetentliklarni operatsion kompetentliklar deb ham atash mumkin. Mazkur kompetentliklar
ro‗yxatini pedagogning faoliyat turlariga qarab tuzish tavsiya etiladi.
Keyingi daraja (maxsus kasbiy kompetentliklar) uchun muhim mazmuniy (motivatsion, kognitiv va refleksiv)
kompetentliklarni aniqlashtirish xarakterlidir. Bu bosqichdagi muhim funksional kompetentliklar tizimi pedagog
faoliyat davomida konkretlashib boradi.
Shaxsiy kompetentliklarning tarikbiga kirgan kompetensiyalar ham pedagogning oldiga qo‗yilgan vazifalarni
bajarishi barobarida yanada yaqqolroq ko‗zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: