444
KASB TA‘LIMI O‗QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA
ELEKTRON O‗QUV METODIK
MAJMUALARNING AHAMIYATI
KARIMOVA N.N., RUSTAMJONOVA H., ISLOMOVA F. TDPU
Jahon tajribasini o‗rganish natijasida shuni aytish kerakki ta‘lim tizimiga kompetensiyaviy yondashuv zamon
talabidagi mutaxassislarni yetishtirish garovidir.
Kasbiy ta‘limning zamonaviy shakllari bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, mamlakatni yuqori
malakali ishchi
va mutuxassislarga bo‗lgan extiyojlari bilan to‗liq belgilanadi.
Kasbiy ta‘lim sohasiga ―kompetentlik‖ tushunchasini olib kirish zarurati masalalari E.F.Zeerning ilmiy
ishlarida har tomonlama keng yoritilgan. Olimning ta‘kidlashicha, kompetentlik konkret vaziyatlarda (ijtimoiy va
kasbiy) yaqqol ko‗zga tashlanadi.
―Kompetentlik‖, ―Kompetensiya‖ egasi deganda, pedagogning pedagogik faoliyat uchun tayyorgarligini
hamda o‗qish davomida egallagan bilim va tajribalariga suyangan holda faoliyat yurgazish
qobiliyati deb tushunish
mumkin.
Pedagogik - psixologik adabiyotlarda ―kompetentlik‖ tushunchasi nisbatan yaqindan boshlab keng qo‗llanila
boshlagan. Hozircha ―kompetentlik‖ tushunchasini ochib beruvchi yagona ta‘rif yo‗q. Bu masala yuzasidan turli olimlar
turlicha taxminlarni ilgari surmoqdalar. Ba‘zi olimlar ―kompetentlik‖ bu raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modeli deb
qarasalar, boshqa bir guruh olimlar shaxsning shaxsiy sifatlari bilan bog‗laydilar.
―Kompetensiya‖ va ―kompetentlik‖ bo‗yicha tadqiqotlar olib borgan mashxur olim Edinburg universiteti
professori Djon Reven xisoblanadi. U kompetentlikni konkret predmet miqyosidagi xarakatni samarali boshqarish
uchun zarur bo‗lgan va tor doiradagi bilimlarni o‗z ichiga oluvchi, o‗ziga xos malakalarni, fikrlash yo‗llari va shu bilan
birga o‗z xarakatiga ma‘suliyat bilan yondasha olish kabi o‗ziga xos qobiliyat deb ta‘riflaydi. Bevosita kompetentliklar
ichida kasbiy kompetentlikni o‗rganadigan bo‗lsak adabiyotlarda va olimlarning ilmiy tadqiqotlarida kasbiy
kompetentlikning tarkibiy tuzilmalariga nisbatan ham turlicha qarashlar mavjud.
A.V.Xutorskiy kasbiy kompetentlikni uch bosqichga bo‗lib ko‗rsatadi:
- muxim – ta‘limning umumiy mazmuniga tegishli;
- umumpredmetlilik – o‗quv predmetlarinig va ta‘lim jabxalarining ma‘lum darajasiga tegishli;
- predmetlik – kompetentlikning yuqoridagi tarkibiy qismlariga nisbatan xususiy bo‗lib, aniq ta‘rifga ega av
o‗quv predmetlari chegarasida shakllantirish imkoniyatini mavjudligi;
V.N. Vvedenskiy ham kasbiy kompetentlikni uch bosqichini ajratadi:
- umumiy – muhim va tezkor kompetentlik;
- xususiy – konkret mutaxassislik kompetentlikni;
- aniq – alohida pedagog kompetentligi;
Shu bilan birga u kompetentlikning mazmuni va tarkibiy qismlarini aniqlash uchun uchta yo‗lni taklif etadi:
professiografik, bosqichli va masalali, bularning har birini o‗ziga xos tomonlari mavjud. Ushbu metod yordamida avtor
kommunikativ, axborot bir tartiblilik va intelektual – pedagogik kompetentliklarni ajratadiki,
bunda eng oxirgisi
qolganlari uchun baza hisoblanadi.
Mutaxassisning kompetentligi quyidagi jihatlarni o‗z ichiga oladi:
Intellektual – bilim orttirish qobiliyati bo‗lib, insonning bilim va tajribalarini o‗zlashtirish va ulardan
foydalana olishga, muammoli vaziyatlarda o‗zini oqilona tuta bilish,amalga oshirilishi kerak bo‗lgan faoliyatning
maqsadlari, vazifalari, me‘yorlarini o‗zaro moslab qo‗ya bilish va ularni samarali ravishda bajara olishga tayyorgarligini
ifodalaydi;
Amaliy – qayta o‗zgartirish faoliyati bo‗yicha malaka va ko‗nikmalar,
mehnat texnikalarini va
texnologiyalarini yuqori darajada egallaganlik;
Qadriyatlardan xabardorlik – madaniy-marifiy qadriyatlarning ustunligiga tayanganlik;
Kasb ta‘limi o‗qituvchilarining kasbiy faoliyat ko‗rsatishga tayyorgarligi darajasining shakllanishi uchun
ta‘lim yo‗nalishlarida kompetensiyaga asoslangan yangi me‘yorlarni tatbiq etish bilan birgalikda o‗quv jarayonlari
uchun elektron o‗quv-metodik majmualarni ishlab chiqish va ta‘lim jarayoniga tatbiq etish zarur.
Elektron o‗quv uslubiy majmualar nafaqat o‗qituvchi balki talaba va o‗quvchilar uchun xam ta‘lim
jarayonida muhim vosita bo‗lib xizmat qilishi lozim.
Elektron o‗quv uslubiy majmualarnini yaratishdan maqsad – o‗quv materiallarini mustaqil o‗rganishga keng
imkoniyatlar yaratishdir. O‗quv materiallarining elektron shakli an‘anaviy qog‗oz shaklidan farqli ravishda o‗rganishga
qulay muqobil variantdir.
Kasb ta‘limi o‗qituvchilarining kasbiy kompetentlikni rivojlantirish uchun bir-biri bilan bog‗langan o‗quv
vositalari kompleksini ishlab chiqish va tatbiq etish talab qilinadi. Pedagogik texnologiyalarni va o‗qitishning
yangi
shakl va metodlarini qo‗llash ham ana shular jumlasiga kiradi. Bu aloqalarning samarodor shakllaridan biri elektron
O‗UM sanaladi.
Elektron O‗UM sifati uning tarbiyaviy funksiyalari (informatsion, davomli, integrativlik, o‗z bilimini oshirib
borish, mazmundorlik)dan iborat bo‗lib:
- har bir talabani individual harakat doirasi bilan ta‘minlaydi;
- amaliy va nazariy bilimlarini mutanosib ravishda qo‗llay olish imkonini beradi;
445
- talabalarni turli-tuman axborotlar bilan ta‘minlaydi (ular matn, nutq, va jadvallardan iborat);
O‗quv mashg‗ulotlari asosiy mazmunini, uni amalga oshirishning tuzilishini
asosiy darslik beradi,
mazmunini aniqlashtirish va ajratib olishni esa boshqa o‗quv vositalari ta‘minlaydi. Bularning barchasi darslik bilan
birgalikda elektron O‗UM ni tashkil etadi.
Asosiy darslik tuzishning beto‗xtov bosqichlari — ta‘lim dasturlarini bir qolibga solish, o‗quv darsliklari
mazmun-mundarijasini tanlash, ularni o‗quv materiali darajasiga ko‗tarish darslik mualliflari
faoliyatini aniqlovchi
ko‗rsatkich sanaladi. O‗quv-rejalarini o‗zida jamlagan hujjatlarni unifikatsiya qilish, ya‘ni bir xil qolibga tushirish va
shu asosda o‗quv darsliklarini ishlab chiqish bizning nazarimizda, bir-biriga yaqin bo‗lgan turli kasblarni guruhlarga
ajratish bilan bog‗liq.
O‗quv darsliklarining ilmiy jihatdan yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlovchi asosiy yo‗nalish uning tarkibida
zamonaviy g‗oyalar, tushunchalar, qoida va nazariyalar bo‗lib, ular o‗rganilayotgan kasb asoslarini tashkil etishi lozim.
O‗quv jarayonlari natijalari o‗zida o‗quv mashg‗ulotlari mazmunini ilmiy asoslaydi. U olingan natijalarni aks
ettiradi. Ana shu natijalar o‗quv materiallari va qo‗llanmalarida qayd etilib boradi. Xuddi shuni o‗quv qo‗llanmalari
tizimi yoki bosqichlari deb atash mumkin. Bunda esa, har bir unsur o‗zining alohida funksiyasiga ega bo‗ladi. O‗zining
maxsus funksiyasiga ko‗ra, O‗MK talabalarda amaliy kompetentlikni shakllantiradi.
Darslik funksiyasini aniqlashda, O‗MKning boshqa bo‗laklarining vazifalariga ham e‘tibor qaratish lozim:
o‗quv qo‗llanmalari, ma‘lumotnomalar, plakatlar, filmlar, multimedia dasturlari va boshqalar ana shular jumlasidandir.
Kasb ta‘limi o‗qituvchilarining amaliy kompetentligi shakllanishi uchun O‗MKni ishlab chiqish jarayonlari
quyidagi bosqichlardan tarkib topadi:
- malaka bo‗yicha talablar (professional me‘yorlar),
ishlab chiqish, bunda har bir soha bitiruvchilari uchun
yagona ta‘lim loyihalari, me‘yorlari inobatga olinadi;
- o‗quv-metodik komplekslarini loyihalash asosi sifatida ta‘lim me‘yorlarini
ishlab chiqish;
- bir-biriga yaqin bo‗lgan kasblarni (mutaxassisliklar) guruhlashtirish hamda o‗quv dasturlari va kasbiy ta‘lim
dasturlarini ishlab chiqish;
- asosiy darslikni ishlab chiqish;
- nazariy va amaliy o‗quv metodlarini ishlab chiqish;
- ma‘lumotnoma va o‗quv qo‗llanmalari yaratish;
- o‗quv-vertual va audivizual qo‗llanmalarni yaratish (plakatlar, o‗quv filmlari, multimedia o‗quv dasturlari
va bosh.);
- ishlab chiqilgan o‗quv-metodik komplekslarini eksperemental-tajriba sinovlaridan o‗tkazish;
- o‗quv dasturlarini tahlil qilish va zarur o‗zgartirishlar kiritish;
- asosiy darslikni takomillashtirish;
- o‗quv-metodik komplekslarga qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritish.
Elektron shakldagi o‗quv materiallarining eng asosiy yutug‗i – uning ixchamligi va tejamligidadir. Elektron
shakldagi axborotga barcha turdagi axborotlarni(matn, grafik, animatsiya) joylashtirish va ularga ishlov berish mumkin.
Axborot texnologiyaning bunday yutuqlari multimediali elektron o‗quv uslubiy
majmualarnini yaratish
imkonini beradi.
O‗qituvchi uchun xam bunday elektron shakldagi o‗quv materillari bilan ishlash qulay bo‗lib, ularga
o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish xamda zamonaviy uzatish usullari orqali(tarmoq, server, elektron pochta, flesh-
xotira va CD disklar) talabalarga taqdim etishi mumkin bo‗ladi.
Elektron axborotlarning yana bir muxim xizmati ularda vizual va chizmali materiallarni berish imkoniyatidir.
Bunday interaktiv o‗qitish usullarining yana bir yutug‗i talaba o‗rgangan bilimlarini o‗z-o‗zini tekshirish testlari orqali
tekshirib olishidir. Shuning uchun xar bir fandan barcha o‗quv materiallarini (darslik,o‗quv qo‗llanma, uslubiy
qo‗llanma, laboratoriya ishlari, nazorat savollari) elektron shaklda CD disklarga saqlash va nomlash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: