Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


ONA TILI TA‘LIMIDA UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIK



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

ONA TILI TA‘LIMIDA UZVIYLIK VA UZLUKSIZLIK 
 
AHMEDOVA N., Alisher Navoiy nomidagi o‗zbek tili va adabiyoti universiteti 
 
Ona tili o‗quvchilarda nutq tuzish, o‗qish va yozish bo‗yicha ko‗nikma va malakalarini shakllantiradigan asosiy 
fan hisoblanadi. Ona tili boshqa fanlarni o‗qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili 
yordamida o‗rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, dunyoni tanishida, ma‘naviy 
shakllanishida ham asosiy ahamiyatga ega. 
Ona tili ta‘limi bolalarning tafakkur doirasini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‗zgalar fikrini anglash, o‗z 
fikrlarini og‗zaki va yozma ravishda bayon qila olish, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda bo‗la olish ko‗nikma va 
malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‗rinda ona tili ta‘limiga o‗quv fani emas, balki butun ta‘lim tizimini 
uyushtiruvchi ta‘lim jarayoni sifatida qaraladi. 
O‗zbekistoning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash 
qobiliyatiga ega bo‗lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy 
maqsadi va vazifasi bo‗lishi lozim‖
.
Ta'lim va tarbiyada ona tili fani ana shu vazifaning asosiy qismini o‗z zimmasiga 
oladi. ―Ona tilini o‗qitishdan asosiy maqsad o‗quvchilarda o‗z ona tilida fikrni to‗g‗ri, aniq, ravshan va go‗zal 
ifodalay olish ko‗nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir‖

Mahmudxo‗ja Behbudiy bundan bir asr 
oldin adabiy til va shevalar, ularning ahamiyati haqida shunday yozadi: "Sodda til nima uchun kerak? Atrofingdagi 
qavm-u qarindoshing ila so‗zlashmoq uchun. Adabiy va ilmiy til nimag‗a kerak? Mavjud ilm-u fan va tarixni bilmoq va 
alardan faydalanmoq uchun. Endi bizg‗a lozimki, atrof, ya‘ni tevaragimizni adabiylashtirsak…".
Millatni adabiy til bilan birlashtirish, shevaviy farqlarni yo‗qotish juda ulkan va qiyin, lekin o‗ta zarur ish 
ekanligini taraqqiyparvar adib o‗sha davrdayoq uqqan va u kuyinib yozadi: "Taraqqiy etgan turkiy shevadagi ilmiy va 
fanniy kitoblarni anglamoqqa sa‘y va harakat etayluk. Kelar zamon uchun hozirlanayluk, o‗tgan zamon uchun 
emas."Ona tili, ona tili" − bu yaxshi orzu. Ammo tilsiz onalar tilig‗a maktabiy kitoblar yozila bersa, Turkistonda 
adadsiz kitoblar yozmoq lozim kelurki, Andijonda yozilgani Buxoroda, Avliyootada yozilgani Qarshida 
anglashilmaydur. Chunki bu onalarni tili bir-biridan farqlikdur. Taraqqiy etgan millatlar onalarni o‗qutar ekan, biz avval 
onamizni o‗qutub, anga til o‗rgatmog‗imiz kerak. Chunki bizni ilm va tilsizligimiz alardandur". Mana shu vazifa − 
"onamizni o‗qutib, anga o‗rgatmoq" − ta‘lim o‗choqlarida ona tilini maxsus o‗quv predmeti qilib kiritishni, uning oldiga 
o‗ziga xos maxsus maqsadni − adabiy til me’yorlarini singdirish va ommalashtirishni qo‗yishni talab etar edi.
Tabiiyki, yangi maqsad yangi mazmun, yangi vositalarni talab etardi. 
Shu maqsadni o‗zida birlashtirgan ona tili fani respublikamizda umumta‘lim maktablarining 1-9 sinflarida, 
akademik litsey va kollejlarda ham o‗qitiladi. Boshlang‗ich sinf partasidan to litsey va kollejni tugatguncha 
o‗quvchilarimiz asosan til qurilishi bo‗yicha, yani tilshunoslikdan bilim oladi. Shu kungacha bo‗lgan darsliklarda asosiy 
e‘tibor tilning grammatik qurilishi, qoidalarni o‗rganishga qaratilgan bo‗lsa, hozirgi kunda ―Ona tili‖ darsliklari
bolaning yozma va og‗zaki nutqini – nutqiy kompetensiyasini o‗stirishga qaratilgan mavzular, mashqlar bilan 
boyitilyapti.
Darsliklarning yangi avlodida oldingilardan farqli ravishda o‗quvchilarning yozma va og‗zaki nutqini o‗stirishga 
qaratilgan, nutqiy kompetensiyani oshiruvchi ―Matn va mavzu. Matnning tuzilishi‖, ―Matndagi gaplarning o‗zaro 
bog‗liqligi. Matn turlari‖, ―Xat, xabar mazmunidagi matnlar‖, ―Kuzatish, sayohat mazmunidagi matnlar‖ kabi yangi 
mavzular ham kiritilganini uning yutug‗i sifatida qayd etish mumkin. Bu mavzular orqali o‗quvchi shaxsida og‗zaki va 
yozma nutqni shakllantirish, o‗z fikrini aniq va sodda ko‗rinishda ifodalay olish, bog‗lanishli matnlar tuzish kabi 
ko‗nikmalarni shakllantirishga alohida e‘tibor qaratiladi. 
Ma‘lumki, ona tili ta‘limida fikrni yozma shaklda ravon, sodda va to‗g‗ri bayon qila olish malakasini 
shakllantirish ham asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Ammo turli sabablarga ko`ra bu maqsadga to‗la yetyapmiz, 
deb ayta olmaymiz. Umumiy o‗rta ta‘lim bitiruvchilarining hammasi ham yozma nutq savodxonligini to‗liq 
egallamagan. O`ylaymanki, yozma nutq savodxonligini oshirish uchun ona tili darslarida yozma ishlarga alohida e‘tibor 
qaratish lozim. O‘quvchi va talabalarning yozma nutqini hamda savodxonligini tekshirishda bu usul samarali natija 
berishi mumkin. Yozma nazorat shakllari o‘quvchini o‘ylashga, fikrlashga, ijodiy mulohaza yuritishga, ba‘zi hollarda 
tegishli adabiyotlarga murojaat qilishga undaydi. Yozma nutq savodxonligi davr muammosiga aylanayotgan hozirgi 


71 
kunda ona tili darslarida bunga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak.
Darsliklarga e‘tibor qiladigan bo`lsak, bugungi ona tili ta‘limi faqat lingvistik takroriylikdan iborat. 
Boshlang‗ich sinfdagi lingvistik ma‘lumotlar tayanch sinflarda chuqur, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 
yanada chuqurroq qilib beriladi. Holbuki, yangi davrda ona tili darslari faqat adabiy til ta‘limi bilan cheklanib qolishi 
mumkin emas. Bizningcha, amaldagi ona tili ta‘limi faqat bo`lg`usi tishunoslarni tarbiyalamaydi. Shunday ekan
darsliklardagi qoidalarning amaliy xarakteriga e‘tibor qaratish juda zarur. Ona tili darslari jonli va go‗zal til saboqlariga, 
so‗zshunoslikka, madaniy nutq, madaniy muloqot mashg‗ulotlariga aylanmog‗i lozim. 
Xullas, davr ona tili darsliklarida yoshlarimizga til qurilishi haqidagi bilimni emas, balki tom ma‘noda ona tili 
imkoniyatini egallash mexanizm va usullarini berishni taqozo etmoqda. Ona tili ta‘limi natijalari bolani fikrlay olish, 
ifodalangan fikrni anglash va o‗z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‗rgatish nuqtayi nazaridan 
belgilanadi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish