Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Ehtimollar va statistikasi 5-laboratoriya ishi. Tanlanmani boshlang‘ich statistik tahlili. Guruh: 050-20 TTF Talaba: Sharofiddinov Shahzod. Laboratoriya ishining maqsadi: Matematik statistikaning asosiy masalalari bo‘lgan tanlanma usulni o’rganish, variatsion qatorni, empiri funksiyani tuzish, poligon va gistogramma chizish va xulosalar chiqara olish Topshiriq 1.1 Matematik statistikada tadqiqotning asosiy ob'ekti bu tanlanmadir. Hajmi n bo’lgan tanlanma deb bir hil sharoitda n– marta bitta tajribani o’tkazish natijasida olingan x1 , x2 , …, xn sonlarga aytiladi.Amaliyotda tanlanma ko’pincha statistic qator ko’rinishida yoziladi. Buning uchun sonlar o’qi k ta (5 dan 10 gacha bo’lgan ixtiyoriy son) o’zaro teng oraliqlarga bo’linadi, oraliqlarning o’rtalari zi topiladi va ushbu oraliqlarga tegishli tanlanma elementlari miqdori ni hisoblanadi. Statistik qator deb (zi , ni) ketma-ketliklar juftligiga aytiladi. Quyidagi misolni kompyuterda excel dasturidagi yechimini ko’ramiz.
Statistik qator tuzamiz, poligon va gistogramma chizamiz. EXCEL dasturini ochamiz. A1 – katagiga “Boshlang’ich ma’lumotlar” deb yozamiz. Birinchi ustunga (A2-A26 kataklariga) boshlang’ich ma’lumotlarni kiritamiz. Sonlar qaysi sohada yotganini aniqlaymiz. Buning uchun tanlanmaning maksimal va minimal elementlarini topamiz. B1 ga «Maksimum», S1ga «Minimum» deb yozamiz. B2 va C2 kataklarida «MAX» va «MIN» funksiyalarini aniqlaymiz. Buning uchun B2 katagida f(x) funksiyani chaqiramiz, kategoriyada «Statisticheskie»degan qismini tanlaymiz, tagidan MAKS funksiyasini qidiramiz va ustiga ikki marta sichqonchani bosish orqali chaqirib olamiz. Funksiyaning argumenti sifatida A2- A26 kataklarni belgilaymiz.Natija 29 soni bo’ladi. C2 katagini tanlab huddi shu usul bilan MIN funksiyasini kiritamiz. Natija 12 soni bo’ladi.Hamma sonlar [12;30] kesmaning ichida joylashgan.Uni to’qqizta (5 tadan 10 tagacha ixtiyoriy) teng bo’lakka ajratamiz.
D1 katagida «Diapozonlar» deb yozib, D2 katagidan boshlab intervallarni yozamiz:12-14, 14-16, 16-18, 18-20, 20-22, 22-24, 24-26, 26-28, 28-30.
E1 katagiga «Diapozonlarning yuqori chegaralari» deb yozamiz va E2-E10 kataklariga – 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30sonlarini kiritamiz.ni chastotalarni hisoblash uchun «Statisticheskie» ichida joylashgan ChASTOTA funksiyasi tanlanadi. Uni F2 katagiga kiritamiz.«Massiv dannыx» qatoriga tanlanmani ni kiritamiz (A2-A26 kataklar). «Massiv intervalov» qatoriga diapozonning yuqori chegaralarini kiritamiz (E2-E10 kataklar). Natija F2-F10 kataklarida aks etadi.
Gistogrammani chizish uchun вставка/DIAGRAMMA tanlaymiz.Shundan so’ng: “GISTOGRAMMA”, “вид по выбору” tanlanadi va «DALEE» bosiladi, «DIAPAZON» qatoriga F2-F10 kataklari belgilanib kiritiladi, «RYaD»degan joyda «PODPISI OSI X» qismiga E2-E10 kataklarini kiritamiz, «DALEE» bosamiz «Gistogramma» deb nom beramiz: os X – degan joyga «Oraliqlar» va os Y – degan joyga «Chastota» deb yozib «GOTOVO» ni bosamiz.
Poligonni chizish uchun huddi shu ishlar bajariladi faqat «GISTOGRAMMA»o’rniga «GRAFIK» tanlanadi.
Kumulyativ egri chiziq chizish uchun yig’ma chastotalar hisoblanadi.Buning uchun G2 katagiga «=F2»,G3 katagiga – «=G2+F3» ni kiritamizva avtoto’ldirish orqali G10 katagigacha davom etamiz. Shundan so’ng poligon kabi grafik chizamiz, faqat «DIAPAZON» qatoriga yig’ma chastotalar kiritamiz, G2-G10.
Topshiriq 1.2 XULOSA Men ehtimollik va statistika fanidan bajardan tanlanmaning boshlang’ich tahlili mavzusidan juda ko’p narsalarni o’rganib oldim. Laboratoriya ishini excel dasturi yordamida bajardim. Avvalliga na’munada aytilganiday 1.1 topshiriqni ko’rsatmalar asosida bajardim. Undan so’ng 1.2 topshiriqni 1.1 topshiriqni na’muna sifatida olib bajardim.Laboratoriya ishida chastotani hisobladim poligon va gistogramma kommulyativ egri chiziqni excel grafiklari yordamida chizishga harakat qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |