Maktabgacha pedagogika


"Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi" Nizom o'z ichiga nechta bo'limni olgan?



Download 3,99 Mb.
bet14/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

5. "Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi" Nizom o'z ichiga nechta bo'limni olgan?

A) 9 B)8 C)7 D)6

6. Maktabgacha ta'lim muassasasi Ustavi qanday xujjat hisoblanadi?

A) Muassasa faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir

B) Muassasa faoliyatini moliyalashtirishnt tartib soluvchi hujjatdir

C) Muassasaning huquq va burchlarini belgilab beruvchi hujjatdir

D) Muassasa rahbari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatdir
Mavzu: Xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik va nazorat.

Reja:

1. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari

2. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlari

3. Uzluksiz ta'lim tizimida shaxs

4. Davlat va jamiyatning kadrlar tayyorlash jarayonidagi asosiy vazifalari
O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekan, o'z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog'lagan, o'sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bо’ib voyaga yetishiga alohida e'tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta'lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz 1.A.Karimov ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro' – e’tibori awalambor farzandlarimizning unib -o'sib, ulg'ayib, qanday insonbo'lib hayotgakirib borishigabog'liqdir."-deb alohida ta'kidlaganlar.

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida yuz berayotgan ijtimoiy - iqtisodiy, ma'naviy - ma'rifiy o'zgarishlar ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob bemvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ta'lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirishni taqozo etmoqda.

Ta'lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy g'oyalarida o'z aksini topgan.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da uzluksiz ta'lim tizimida bolalarni o'quv fanlari bo'yicha muayyan bilim-larni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyat-larga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli mu-nosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashva ta'lim-tarbiyaishlariningsamaralishakl-lart va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotgajoriy etish ko'rsatilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik fao-liyat ko'rsatadigan tarbiyachilar zimmasiga yuklanadi.(.A. Karimov «Yuksak ma:naviyat-yengilmas kuch» Toshkent, «Ma'naviyat», 2008-yil.)

"Kadrlar tayyorlush milliy dasturi" yuksak umumiy madaniyatga va kusb-hunur muduniyutiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ij-timoiy hayotdn to'g'ri yo'l topa bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda, dav-lat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g'oyani ilgari suradi.

Ushbu pedagogik g'oya ta'lim tizimi oldiga:

- ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayot-gan yangilanish, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurilishi jaray-onlariga moslash;

- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iq-tisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

-ta'lim oluvchilami ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shak-llari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish vazifalarini ko'n-dalang qilib qo'ydi.

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta'lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari hi-moyasi borasida ota-onalarning o'rni va javobgarligi oshirildi.

O'zbekiston Respublikasida "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Nizomga muvoflq bola maktabgacha ta'limni oilada, maktabgacha ta'lim muassasalarida oladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyani tarbiyachi peda-goglar amalga oshiradi. Har bir ota-ona o'z farzandining bilimdon, yuk­sak mahoratli, odobli pedagog-tarbiyachi qo'lida ta'lim-tarbiya olishini xohlaydi.

Jamiyat talabi darajasidagi tarbiyachi-pedagoglarni yetishtirish peda-gogika oliy ta'lim muassasalarining "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi zimmasiga tushadi. Mutaxassislik fani bo'lgan Maktabgacha pedagogika fanining nazariy asoslari, ta'lim-tarbiya bertshning tartib-qoidalari O'rta Osiyo va jahon ma'rilutparvar, mutafakkir olimlaming asarlariga suyan-gan holda komil insonni lurbiyalashga asoslanadi.

Totalitar boshqaruv usuli asosida ish yuritilayotgan xalq ta'limi tizimida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta'lim tizimida ham jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi sa'i-harakatlarning samarasi sifatida 1992-yil iyul oyida mustaqil O'zbekistonning ilk "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika ta'lim tizimi, uning asosiy yo'nalishlari, maqsad-vazifalari. ta'lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o'z ifodasini topdi. Biroq, 1997-yilga kelib, O'zbekiston Respublikasining "Ta'­lim to'g'risida"gi qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalar-ning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo’l qo'yilganligi aniqlandi. O’tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o'rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo’lmaganligi ma'lum bo'ldi hamda kadrlar tayyor­lash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir3.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturr'da ilgari surilgan maqsadlarni to'laqonli ro'yobga chiqarish bir qator vazifalaming ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Dasturda bu boradagi vazifalaming quyidagilardan iboratligi ko'rsatiladi:

- "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;

-ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;

- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish;

- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;

- ta'lim oluvchilarni ma'naviy axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlaming samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

- ta'lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;

- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta'limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta'minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

- ta'lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta'minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan(. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - Т.: «Sharq», 1997, - ,25-b.)

davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;

- uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag'lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

- kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. O'zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

2. Kadrlar tayyorlash Milliy modelining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

3. Uzluksiz ta'lim tizimida shaxs qanday vazifalarni bajaradi?

4. Davlat va jamiyatning kadrlar tayyorlash jarayonidagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish