Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar



Download 3,99 Mb.
bet17/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,99 Mb.
#266234
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
Мактабгача пед.ка. 3-курс мажмуа

Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarga oid munozara ко pdan buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday? Fanda biologikyo 'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Arastu, Afiotunlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadilar. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, degan g'oyani ilgari suradilar.

XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim -bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyonda­lari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan beril-gan, deyishadi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Preformizm oqimi va uning vakillari D.Dyul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazardan asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydilar. ,

Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishini ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psi-xik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuni-ladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtmoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga yetishida nasi (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagog olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar.Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy hayot mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin.

Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amal­ga oshiriladi. Ya'ni, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bi-lim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qo-tish mumkin.

To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, tarbiya doimiy va uzluksizdir.

Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, ijtimoiy muhit ta'sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.




Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish