Malaka talablari:
• o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
• xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot-kom-munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
• uch yildan kam bo'lmagan ish staji.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Menejment deganda nimani tushunasiz?
2. Ta'lim menejmenti qanday o'ziga xosliklarga ega?
3. Boshqaruv deb nimaga aytiladi?
4. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim muassasalari qay tartibda boshqariladi?
5. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom qachon qabul qilingan?
6. Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomning bo'limlari va ularning mazmunini yoritib bering.
7. Maktabgacha ta'lim muassasasining Ustavi haqida ma'lumot bering.
8. Mudira va uslubchi lavozimiga qo'yilgan talablarni yoritib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |