Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1 –modul. Maktabgacha oligofrenopedagogikaning umumiy masalalari
–mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogika predmeti, vazifalari, metodlari
Maktabgacha oligofrenopedagogika - maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitish haqidagi fan. Shaxsning shakllanishida maktabgacha tarbiya yoshining ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni rivojlantirish va korrektsiyalashda maktabgacha tarbiyaning roli. Maktabgacha tarbiya yoshi aqli zaif bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda eng senteziv (jadal) davr. Maktabgacha oligofrenopedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, uning defektologiya fanlari tizimidagi o‘rni. Maktabgacha oligofrenopedagogika metodlari. Maktabgacha oligofrenopedagogikaning bugungi kundagi dolzarb muammolari, maktabgacha oligofrenopedagogika atamalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |