Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta`limni tashkil etishning mashg‘ulotlarining asosiy metodlaridan biri bo‘lib, u o‘quv-tarbiya ishlarining barcha jabhalarini qamrab oladi. Mustaqillik – faoliyatning barcha turlari va insonning aqliy, irodaviy va hissiy faolligi bilan chambarchas bog`liq bo’lgan eng fundamental psixologik –pedagogik kategoriyalardan biridir.
Mustaqillikning asosiy belgilariga ishning maqsadga yo‘naltirilgan metodi va usullarini bilish, jadallik va faoliyatga ijodiy yondoshish, o’zini nazorat qila olish qobiliyati, faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish kiradi.
Ana shularga bog‘liq ravishda “Maktabgacha oligofrenopedagogika” fani boyicha talabalar mustaqil ta`limni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo‘lishlari uchun qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganadilar, taxlil qiladilar, mashg`ulotlarning ishlanmalarini, referatlar tayyorlaydilar,
Maktabgacha oligofrenopedagogika” kursi bo‘yicha mustaqil ta`limlar talabalarning kelajakdagi amaliy faoliyatini samarali bo’lishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |